Yagona identifikatsiya tizimi


Download 195.55 Kb.
bet3/6
Sana11.10.2023
Hajmi195.55 Kb.
#1698814
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-ma`ruza

2. Kelishuv predmeti

  • 2. Kelishuv predmeti
  • 2.1. Markaz Identifikatsiya tizimi egasi hisoblangan holda elektron davlat xizmatlaridan ruxsat bilan foydalana olish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga Identifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini taqdim etadi.
  • 2.2. Identifikatsiya tizimi tomonidan «Elektron hukumat» tizimidan foydalana olish uchun Foydalanuvchilarni haqiqiy identifikatsiya, autentifikatsiya va avtorizatsiya qilish ta’minlanadi.
  • 3. Kelishuvni tuzish tartibi
  • 3.1. Jismoniy shaxs Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tib, ushbu Kelishuv shartlarini so‘zsiz va to‘liq qabul qiladi hamda «Elektron hukumat» tizimining Foydalanuvchilarini identfikatsiyalash, autentifikatsiyalash va avtorizatsiyalashni ta’minlash uchun o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash va saqlashga rozilik beradi.
  • 3.2. Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tguncha Foydalanuvchi ushbu Kelishuvning barcha shartlari bilan tanishishga majbur. Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tgan Foydalanuvchi ushbu Kelishuvning barcha shartlari bilan tanishgan va ularga rozi hisoblanadi, bunda Kelishuv ushbu ommaviy oferta shartlari asosida yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi va ikki tomon tarafidan imzolangan Kelishuv hisoblanadi. Jismoniy shaxsning Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tgan vaqti ushbu Kelishuv tuzilgan payt hisoblanadi.

4. Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tish shartlari

  • 4. Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tish shartlari
  • 4.1. Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tish uchun Foydalanuvchi – jismoniy shaxs quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatishi kerak:
  • biometrik pasport ma’lumotlari (JSHSHIR, biometrik pasport seriyasi va raqami (keyingi o‘rinlarda – shaxsiy ma’lumotlar);
  • login yoki parol yo‘qolganda, hisobga olish yozuvini birlamchi aktivatsiya qilish kodini olish va hisobga olish yozuvini (uchetnaya zapis) tiklash uchun mobil telefonning haqiqiy raqami;
  • login yoki parol yo‘qolganda hisobga olish yozuvini tiklash uchun elektron pochtaning haqiqiy manzili;
  • Elektron raqamli imzo kalitlari (keyingi o‘rinlarda – ERI)ning sertifikati bo‘lganda ERIdan foydalanib ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘zining hisobga olish yozuvini tasdiqlash huquqiga ega. ERI kalitlarining sertifikati bo‘lmaganda ERIdan foydalanib hisobga olish yozuvini Identifikatsiya tizimida keyingi avtorizatsiya paytida tasdiqlash mumkin.
  • login yoki parol yo‘qolgan holda Foydalanuvchi hisobga olish yozuvini tiklash uchun elektron pochtaning haqiqiy manzilini ko‘rsatishi mumkin;

Download 195.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling