Yagona interaktiv davlat xizmat portal my gov uz dan amaliyotda foydalanish


-bob. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar mansabdor shaxslarining huquqlari va javobgarligi


Download 0.59 Mb.
bet7/10
Sana02.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1422547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
elektron hukumat amaliy

6-bob. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar mansabdor shaxslarining huquqlari va javobgarligi
26. Tekshiruv (inspeksiya) o‘tkazayotgan nazorat subyektlari tekshiruv (inspeksiya) o‘tkazish davomida atom energiyasidan foydalanish obyektlariga xizmat guvohnomasini va xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar rahbarining (rahbarlar o‘rinbosarlarining) tekshirish (inspeksiya) tayinlash to‘g‘risidagi buyrug‘ining ko‘chirma nusxasini taqdim etgach, qarshiliksiz kirish huquqiga egalar.
27. Tekshiruv (inspeksiya) o‘tkazishda nazorat subyektlari texnik vositalardan va foydalanishni nazorat qilish vositalaridan (shu jumladan, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalar tarkibini tekshirish va nazorat qilish vositalari, audio, foto va video qayd etish vositalari, plombalovchi qurilmalardan) foydalanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Davlat nazoratini amalga oshirishda nazorat subyektlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlardan foydalanadi, taqiq va cheklovlarga rioya qiladi hamda o‘z majburiyatlarini bajarmaganliklari yoki yetarlicha bajarmaganliklari uchun javobgar bo‘ladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
29. Nazorat subyektining harakatlari yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar va ularning mansabdor shaxslari qarorlari va harakatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlarning tomonidan atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va Tekshiruv (inspeksiya)ini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlarning atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va Tekshiruv (inspeksiya)ini amalga oshirish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling