Yagona interaktiv davlat xizmat portal my gov uz dan amaliyotda foydalanish


-bob. Rejalashtirilgan tekshiruvlar (inspeksiyalar)


Download 0.59 Mb.
bet5/10
Sana02.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1422547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
elektron hukumat amaliy

3-bob. Rejalashtirilgan tekshiruvlar (inspeksiyalar)
11. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari tashkil etadigan yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining tekshiruvlar (inspeksiyalar) belgilangan tartibda Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olingan reja asosida o‘tkaziladi.
12. Tekshiruvning (inspeksiyaning) maqsadlari, vazifalari va predmetini batafsil bayon qilish uchun uning ajralmas qismi bo‘lgan rejalashtirilgan tekshiruv (inspeksiya) dasturi tasdiqlanadi.
13. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organ tekshiruv (inspeksiya) tayinlagani to‘g‘risida tekshiruv boshlanishidan 30 kalendar kunidan kam bo‘lmagan muddatda tekshiruv (inspeksiya) o‘tkazilishi haqida bildirishnoma (xat) yuborish orqali yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari rahbarlarini xabardor qiladi, bildirishnomada (xatda) quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
tekshiruv (inspeksiya) turi;
tekshiruv (inspeksiya) o‘tkazish uchun asos;
nazorat obyektining nomlanishi;
tekshiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi (tekshiruvchilar guruhining tarkibi, tekshiruv (inspeksiya rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi);
tekshiruv (inspeksiya) dasturida nazarda tutilgan tekshiruv (inspeksiya) o‘tkazilishi kerak bo‘lgan masalalar (savollar) ro‘yxati;
tekshiruv (inspeksiya) o‘tkazish muddati (tekshirish boshlanish va tugallanish sanasi);
boshqa ma’lumotlar (zarurat bo‘lganda).
Obyektining rahbari bildirishnoma hujjatini olishdan bosh tortishi tekshiruvni (inspeksiya)ni bekor qilish uchun asos hisoblanmaydi.
14. Tekshiruv (inspeksiya) o‘tkazishda quyidagi masalalar (savollar) o‘rganiladi:
aniqlangan majburiy talablar, litsenziya hamda ruxsatnoma talablari va shartlarining buzilishini bartaraf etish to‘g‘risida avval berilgan ko‘rsatmalarning bajarilishi;
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar talablarining bajarilishi;
davlat ekologik ekspertizasi xulosasi talablarining ijrosi, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining bajarilishi, shuningdek, atrof tabiiy muhit — ishlab chiqarish monitoringining o‘tkazilishi;
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining uskunalar va tizimlar resursini boshqarish tartibiga rioya qilinishi;
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining uskunalari va tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini o‘tkazish tartibiga rioya qilinishi;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining uskunalari va tizimlarini sinovdan va ko‘rikdan o‘tkazish ishlari davriyligi va hajmi;
Oldingi tahrirga qarang.
nazorat obyektining unga atom energiyasidan foydalanish sohasidagi qonunchilik hujjatlari bilan berilgan atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini ta’minlash qismidagi vakolatlarining to‘liq amalga oshirilishi;
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga atom energiyasidan foydalanish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq yadroviy qurilmalar, radiatsiya manbalari va saqlash punktlarining xavfsizlik holati to‘g‘risida taqdim etilayotgan ma’lumotning ishonchliligi;
(14-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
nazorat obyektlari tomonidan yadroviy qurilmalar, radiatsiya manbalari va saqlash punktlarini barpo etish, ulardan foydalanish va foydalanishdan chiqarishning barcha bosqichlarida sifatni ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, ushbu dasturlar bajarilishini nazorat qilish;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini jisman himoya qilishning holati;
yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarni hisobga olish va nazorat qilish holati;
yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarning fakt bo‘yicha mavjudligi;
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini ta’minlashga ta’sir ko‘rsatuvchi tizimlar va ularning elementlarining zarur tavsiflarini qo‘llab-quvvatlash;
kadrlarni tanlash va tayyorlash, ishchilar (xodimlar) bilimini tekshirish va ishlashga ruxsat berish tizimini tashkil qilish;
foydalanish va texnologik hujjatlar talablariga rioya qilinishi;
litsenziya va ruxsatnoma talablari va shartlariga, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish obyektlari xodimlariga beriladigan atom energiyasidan foydalanish sohasida ishlarni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma talablari va shartlariga rioya qilinishi;
avariyalarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishg uchun nazorat obyektlarining shayligi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishi;
texnologik jarayonlarni amalga oshirishda atom energiyasidan foydalanish obyektlari xavfsizligini ta’minlash;
radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlar tartibiga rioya qilish;
majburiy talablar ijrosi bilan bog‘liq boshqa masalalar.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling