Yagona interaktiv davlat xizmat portal my gov uz dan amaliyotda foydalanish


Download 0.59 Mb.
bet1/10
Sana02.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1422547
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
elektron hukumat amaliy



Yagona interaktiv davlat xizmat portal my.gov.uz dan amaliyotda foydalanish







Elektron hukumat tizimini rivojlantirish sohasining huquqiy ta’minoti. Lex.uz davlat xizmatlari portalidan foydalanish

[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.02.00 Radiatsiyaviy xavfsizlik (shuningdek, 16.04.07.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlarning atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan talablar buzilishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlar tomonidan atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat nazorati va tekshiruvini rejalashtirish, tashkil qilish va o‘tkazish tartibi;
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalarning buzilishi aniqlanganda, tekshiruvlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish va tekshiruv natijalarini rasmiylashtirish tartibi;
nazorat obyektlarida atom energiyasidan foydalanish sohasidagi xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar mansabdor shaxslarining huquqlari, vazifalari va javobgarligi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirishi jarayonida ushbu qaror talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi B.V. Gulyamov zimmasiga yuklansin.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling