My gov uz dan amaliyotda foydalanish Ishdan maqsad


Download 0.84 Mb.
Sana22.01.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1110182
Bog'liq
1-amaliy


Malika Qurbonova



1-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz dan amaliyotda foydalanish


Ishdan maqsad: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini amalda qo’llash. Uning resurslari, faoliyat maqsadlari, interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish.
Nazariy ma’lumot
Yagona portal O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi “Interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 378-son qarori aosida tashqil etilgan hamda mazkur Qaror bilan qabul qilingan Nizomga ko’ra faoliyat yuritadi.
my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 2013 yilning 1 iyul kuni ishga tushirilgan bo’lib, Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida, shu jumladan «bir darcha» rejimida faoliyat ko’rsatadi.
Yagona portal davlat organlari tomonidan ko’rsatiladigan, shu jumladan pulli asosda ko’rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining maqsadi fuqarolarga interaktiv davlat xizmatlarini ko’rsatishdir. U yagona oyna rejimida faoliyat ko’rsatadi. Yagona portal zamonaviy texnologiya yordamida foydalanuvchining interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo’ljallangan.
Uning vazifalari:

      • foydalanuvchilarga davlat organlariga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish uchun imkoniyat berish;

      • foydalanuvchilarni AKT sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash;

      • foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o’zaro hamkorligi samaradorligini oshirish;

      • davlat organlariga murojaat qilinganda, foydalanuvchilar uchun byurokratik to’siqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish;

      • “elektron hukumat”ni yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy AKT ni joriy etishda ko’maklashish.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali quyidagi imkoniyatlarga ega:

      • Davlat tashqilotlari va xizmatlariga oid ma’lumotlardan foydalanish.

      • Davlat xizmatidan foydalanish uchun elektron shakldagi so’rovlarni va boshqa hujjatlarni to’ldirish imkoniyati.

      • Davlat xizmatidan foydalanish uchun so’rov (Ariza) yuborish.

      • So’rovlarni ixtiyoriy paytda va manzildan yuborish.

      • So’rov qabul qilinishi uchun navbatda turish zarurati bo’lmaydi.

      • So’rovni yuboruvchi arizasining bajarilishiga oid ma’lumotlar- dan ixtiyoriy paytda xabardor bo’lish imkoniyati.

      • Davlat xizmatlari berilishi haqidagi so’rovni berish.











id.uz dan ro’yxatdan o’tish jarayoni

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling