Yagona interaktiv davlat xizmat portal my gov uz dan amaliyotda foydalanish


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV


Download 0.59 Mb.
bet2/10
Sana02.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1422547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
elektron hukumat amaliy

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 10-iyun,
368-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyundagi 368-son qaroriga
ILOVA
Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlar tomonidan atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom atom energiyasidan xavfsiz foydalanishni davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ va atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi alohida vakolatlarga ega bo‘lgan davlat organlarining (keyingi o‘rinlarda — xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar) tomonidan atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar — atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va mazkur sohadagi faoliyatning xavfsizlik talablarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar;
nazorat obyekti — atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat yuritish huquqini beradigan litsenziya talablari va shartlari hamda atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni amalga oshirish huquqini beradigan ruxsatnoma talablari va shartlari bajarilishini ta’minlaydigan yuridik shaxslar;
nazorat subyekti — davlat tomonidan xavfsizlikni tartibga solish organlarining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish jarayonida ekspluatatsiya qilayotgan tashkilot tomonidan xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan majburiy talablar va litsenziyaning amal qilish shartlariga rioya qilinishi, atom energiyasidan foydalanish obyektlarining ushbu sohada belgilangan normalar va qoidalarga muvofiqligini ta’minlaydigan mansabdor shaxslari;
radiatsiya manbalari — tarkibida radioaktiv moddalar mavjud bo‘lgan yoki ionlashtiruvchi nurlanish chiqaradigan, yadroviy qurilmalar jumlasiga kirmaydigan majmualar, qurilmalar, apparatlar, uskunalar va buyumlar;
radioaktiv moddalar — ionlashtiruvchi nurlanishni tarqatadigan, yadroviy materiallar jumlasiga kirmaydigan moddalar;
Oldingi tahrirga qarang.
radioaktiv chiqindilar — keyinchalik foydalanish uchun mo‘ljallanmagan, tarkibidagi radionuklidlarning aktivlik darajasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lgan har qanday agregat holatidagi moddalar;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
saqlash punktlari — yadroviy qurilmalar jumlasiga kirmaydigan hamda yadroviy materiallarni va radioaktiv moddalarni saqlash, radioaktiv chiqindilarni saqlash yoki ko‘mib tashlash uchun mo‘ljallangan statsionar obyektlar hamda inshootlar;
tekshiruv (inspeksiya) — yuridik shaxslar tomonidan xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan majburiy talablar, litsenziyaning amal qilish shartlari bajarilishi, atom energiyasidan foydalanish obyektlarining atom energiyasidan foydalanish sohasida belgilangan normalar va qoidalarga muvofiqligi bo‘yicha xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar amalga oshiradigan bir martalik nazorat;
yadroviy materiallar — tarkibida bo‘linadigan (parchalanadigan) yadroviy moddalar bo‘lgan yoki ularni hosil qilishga qodir bo‘lgan materiallar;
yadroviy qurilmalar — atom elektr stansiyalari, tadqiqot yadro reaktorlari, kritik va subkritik yadroviy stendlari bo‘lgan inshootlar hamda majmualar, yadroviy yoqilg‘idan va materiallardan foydalanish hamda ularni tashish uchun mo‘ljallangan qurilmalar.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat nazorati va tekshiruvi atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar tomonidan atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar (keyingi o‘rinlarda — majburiy talablar) buzilishining oldini olishga, ularni aniqlash va bartaraf etishga qaratiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari uchun yadroviy, radiatsiyaviy, sanoat, yong‘inga oid, sanitariya-epidemiologik, ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiradigan xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarning bevosita yadroviy qurilmalardagi va (yoki) saqlash punktlaridagi doimiy vakilligini nazarda tutuvchi davlat nazorati va tekshiruvi rejimi belgilanadi.
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat nazorati va tekshiruvi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling