Yahudiylik. Buxoro yahudiylari jamoasi tarixi
Download 35 Kb.
|
Yahudiylik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dinning jamiyatdagi o‘rni va vazifasi
Ikkinchisi, Xudo bilan insonlarni bog‘lab turuvchi kult yoki kultlar majmuasi. Yuqorida aytilganidek har bir dinda topinish obekti - Xudo bo‘lishi lozim. Yaratuvchi bilan insonni bog‘lab turadigan ibodat va marosimlar majmui (qurbonlik, ro‘za, bayramlar) kult deb ataladi. Kultlar kundalik yoki mavsumiy, yakka tartibdagi yoki jamoaviy kabi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Jumladan, islom dinida «Namoz mo‘minning me’roji» (ya’ni Alloh taoloning huzuriga ko‘tarilishi) hisoblansa xristianlikdagi «sirli marosimlar»da Muqaddas Ruhning o‘zi ishtirok etadi, deb hisoblanadi. Shu tariqa, mavjud barcha dinlarda kultlar vositasida e’tiqodchilar o‘z ilohlari bilan bog‘lanadilar.
Uchinchisi esa e’tiqodchilarni o‘zida jamlaydigan diniy tashkilotlarning mavjudligi. Diniy tashkilot, bu bir din izdoshlarining jamoaviy ravishda o‘z diniy rasm-rusum, ibodat marosimlarini o‘tkazadigan, diniy ta’lim oladigan muassasalaridir. Bu, islomda - masjid, madrasa, xristianlikda - cherkov, seminariya, yahudiylikda - sinagoga va hokazo. Dinlar tarixi, ular bilan bog‘liq jarayonlar, dinning inson hayotining turli jabhalari bilan o‘zaro ta’sirlashuvini o‘rganuvchi fan «Dinshunoslik» deb ataladi. Dinshunoslik barcha ijtimoiy fanlar qatori ham o‘zining o‘rganish obektiga ega. U dinning paydo bo‘lishi, ijtimoiy mohiyati va jamiyatdagi rolini tadqiq qilish bilan birga diniy e’tiqodlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi evolyutsiyasini ilmiy jihatdan o‘rganadi. Dinning jamiyatdagi o‘rni va vazifasi Dinni yopiq va izolatsiya qilingan tizim sifatida o‘rganish mukin emas. U kishilarning ma’naviy hayotining o‘ziga xos shakli bo‘lib, kishilik jamiyatini turli davrlarida har-xil mavqega ega bo‘lgan holda ijtimoiy tizimning boshqa elementlari bilan chambarchas bog‘langan va o‘zaro aloqadorlik kasb etgan. Mazkur aloqadorlik ijtimoiy ongda diniy g‘oyalar qay darajada o‘rin egallashiga, diniy faoliyat va diniy munosabatlar bilan bevosita bog‘liq. Dinning jamiyat hayotidagi o‘rni quyidagicha namoyon bo‘ladi: -ijtimoiy g‘oya, me’yor, munosabat, gruh va institutlarni muqaddaslashtiradi; -diniy gruhlar axloqiy mushtaraklikni ta’minlaydi. Diniy faoliyat ijtimoiy faoliyatning ajralmas qismi hisoblanadi. Sotsial institular o‘z ichida diniy va dunyoviy hokimyatni birlashtiradi; -dunyovilik tushunchasi diniy ong bilan bir safda mavjud bo‘lishi. -diniy ongni jamoa dunyoqarashidan keyin, boshqa tizimlarni ustun sanab, uni ikkinchi darajali deb qarash. Diniy guruhlarni etnik jamoalardan farqlanishi va hukumat bilan nomuvofiqlik mavjudligi hamda diniy va dunyoviy hokimyatning turli institutlarga tegishli ekanligi; -dinning hech qanday o‘rni bo‘lmagan jamiyat; Dinning «funksiya» va «rol» tushunchasini farqlash lozim, ular bir biri bilan bog‘liq, lekin o‘xshash emas. Funksiya - bu dinning jamiyatdagi harakat usuli bo‘lsa, rol - bu funksiyani bajarish natijalarining jami yig‘indisidir. Dinning funksiyalari quydagilarda iborat: Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi dinda inson, jamiyat, tabiatga nisbatan aniq bir qarashlarning turlari mavjudligi tufayli amalga oshiriladi. Din hayotni (mavjudotni) ma’lum nuqtai nazardan tushunish (dunyoni to‘la va undagi ayrim hodisa va jarayonlarni alohida tushuntirish), dunyoni kuzatish (his qilish va idrok etish orqali dunyoni aks ettirish), dunyoni his qilish (hissiy qabul qilish yoki rad etish), dunyoviy munosabat (baho berish) va hokazolarni o‘z ichiga oladi. Diniy dunyoqarash Yaratganga nisbatan eng oliy tuyg‘u va mezonlarni belgilaydi. Bunda mavjud borliqqa tushuncha berish dinga ishonganlar uchun turli cheklashlar doirasidan chiqish imkonini beradi, yorqin kelajak, huzur-halovatga erishish uchun umid, azob-uqubat, baxtsizlik, yolg‘izlik, tushkunlikdan ozod bo‘lishni qo‘llab-quvvatlaydi. Kompensator funksiya ham odamlarning ongini qayta shakllanishini, ham turmushning obektiv shart-sharoitlarini o‘zgartirishdagi cheklanish, qaram bo‘lish va ojizlikni to‘ldiradi. Ruhiy erkinlik orqali real jabr-zulm bartaraf etiladi; ijtimoiy guruhlar gunohga botish va azob chekish borasida teng huquqlik bo‘ladi; diniy tashkilotlar tomonidan beriladigan xayr-ehsonlar, mehr-shafqat, tarbiya, daromadlarni qayta taqsimlash mazlumlarning musibatini yengillashtiradi va h.z. Umuman olganda, ruhiy zarbalarni bartaraf etish, tasalli berish, katarsis va ma’naviy ozuqa olish kabi kompensatsiyaning psixologik aspektlari muhim ahamiyatga egadir. Download 35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling