Yahudiylik dini reja


Download 49.91 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi49.91 Kb.
#1412138
  1   2   3
Bog'liq
YAhudiylik


YAHUDIYLIK DINI


REJA:


Kirish
Asosiy qism:

  1. YAhudiylik dinining yuzaga kelishi.

  2. Muqaddas manbalari.

  3. Ta’limoti.

  4. Ibodat va bayramlari.

  5. Oqimlari.

  6. YAhudiylik Markaziy Osiyoda.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Dunyodagi eng qadimiy milliy dinlardan biri bo‘lgan YAhudiylik taxminan mil.avv. 2 – ming yillikda Misrda paydo bo‘lgan. Ushbu din ta’limotiga ko‘ra, Xudo 400 yil davomida Misrda qullikda saqlanib kelgan Ibrohim avlodlarini ozod qilib, Misr erlaridan olib chiqib ketgan Muso (Moshe)ga Sinay tog‘ida vahiy yubordi va yahudiylik dini yuzaga keldi, deb hisoblanadi.
Hozirda dunyo bo‘yicha taxminan 15-20 million kishi yahudiylikka e’tiqod qiladi. Ulardan 4,4 millioni Isroilda, 6 millioni AQSHda, qolganlari esa Evropa va dunyoning boshqa mamlakatlarida istiqomat qiladi. YAhudiylikning muqaddas kitoblarida Bani Isroil bilan Tangri orasidagi “ahd”ga keng o‘rin berilgani uning eng muhim xususiyatlaridan biridir. SHuning uchun ham, bu din “Ahd” dini sifatida ham e’tirof etiladi.
YAhudiylik yagona Xudoga, muqaddas kitobga va payg‘ambarlarga imon keltirilishi bilan milliy dinlardan, milliylashtirilishi bilan esa, ilohiy dinlardan ajralib turadi. YAhudiylikda diniylik va milliylik o‘zaro birlashib ketgan bo‘lib, ularni bir-biridan alohida tushunish mumkin emas.
YAhudiylik dini vakillari tarixiy va adabiy – badiiy manbalarda “yahudiy”, “ibroniy” va “isroil o‘g‘illari” kabi nomlar bilan tilga olinadi. Bani Isroilning 12 qabilasiga asos solgan, deb hisoblanadigan Ishoq payg‘ambarning o‘g‘li YA’qubning 12 o‘g‘lidan birining ismi “YUda” yoki “YAhuda” bo‘lgan degan taxmindan kelib chiqqan holda uning ismiga monand ravishda “yahudiy” atamasi shakllangan. Muso payg‘ambarning “Biz senga qaytib, yolvordik” so‘zlariga tayanib bayon etilgan boshqa bir taxminga ko‘ra, yahudiy so‘zi arabcha “هاد”(hoda) o‘zagidan kelib chiqqan bo‘lib, “qaytish” va “tavba qilish” ma’nolariga ega.

Tarixiy manbalarda “ibroniy” atamasi (ibr. “Ibri” – “narigi tomonning odami, kelgindi”) Frot va Iordan daryolarining narigi tarafidan kelgan ko‘chmanchilarga nisbatan ishlatilgan. Bu nom Falastinning Kan’on o‘lkasida yashovchi mahalliy xalq tomonidan YAhudiylarga nisbatan ham ishlatilgan va davrlar o‘tib, ushbu ikki so‘z sinonimlarga aylangan.


YAhudiylarning o‘zlari orasida keng tarqalgan qarashlarga ko‘ra, “Isroil” atamasi “Xudo bilan kurashib uni enggan” degan ma’noni anglatadi. “Ibtido” kitobining 32 – bobi 28 – matnida keltirilishicha, bugungi kunda barcha yahudiylarga nisbatan ishlatiladigan “Isroil o‘g‘illari” nomi YA’qub payg‘ambarga Xudo tomonidan berilgan.
YUqoridagi kabi yondashuvlarni umumlashtirgan holda mutaxassislar orasida bu xalq Kan’on (Falastin)ga joylashishdan oldin yahudiy, Kan’onda ibroniy, keyinroq esa Bani Isroil deb nomlangan va ushbu uch atama bir-birining o‘rniga ishlatilgan, degan qarashlarda muayyan yakdillik mavjudligini alohida qayd etish lozim.
Umuman olganda, yahudiylikda nasl–nasab otaga emas, balki onaga qarab belgilanishidan kelib chiqqan holda yahudiy onadan tug‘ilganlar boshqa din tanlamaydilar. Agar boshqa millat vakillari yahudiylikka o‘tishni istasa, unda u ruhoniylar tomonidan belgilab qo‘yilgan diniy qonun–qoidalarga itoat etishi shart hisoblangan.
Har bir din asoslarini qamrab oladigan manbalar mavjud. “Tanah” va “Talmud” YAhudiylikning ana shunday manbalaridan hisoblanadi. “Tanah” (xristianlarda “Qadimgi ahd”) “Tora” (“Tavrot”), “Naviim” (“Payg‘ambarlar”) va “Ketuvim” (“Kitoblar”) kabi uch bo‘limdan tashkil topgan. “Tanah” nomi esa, ana shu uch bo‘limning ibroniycha bosh harflarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Mazkur manba “Kitve kodesh” (“Muqaddas kitoblar”), deb ham yuritiladi.
“Tanah” (“Qadimgi ahd”) xristianlikning ham muqaddas kitobidir. SHunday bo‘lsa-da, ularning bo‘limlari borasida juz’iy farqlar uchraydi. Jumladan, “Bibliya”da “Qadimgi Ahd” 39 ta kitobni o‘z ichiga olsa, yahudiylikda ba’zi qismlar birlashtirilgani uchun 24 ta kitobdan tashkil topgan.
“Tanax”ning birinchi bo‘limi “Tora” (ibr. – qonun, amr, dars, rahbar)ning o‘zi besh kitobdan iborat. U Xudo tomonidan Muso payg‘ambarga Tur tog‘ida tahminan mil. avv. 1571 yilda nozil qilingan, deb e’tiqod qilinadi. YAhudiylikda mil. avv. 586 yilda ravvinlar va yahudiy dini arboblari tomonidan jamlangan “Bobil Tavroti”ga tayanilsa, xristianlikda uning yunon tiliga tarjima qilinishi natijasida “YUnon Tavroti”, shuningdek, tarjima qilishda 72 ta yahudiy ruhoniy ishtirok etganidan kelib chiqib “septuaginta” deb nomlangan “Tavrot”ga asoslaniladi.
Besh kitobdan iborat “Tavrot”ni ifodalash uchun ibroniycha “Humash”, yunoncha “Pentateukhos” (penta: besh, teukhos: kitob), G‘arb tillarida pentakok (Pentateuch-Pentateuque) kabi so‘zlar ishlatiladi.
50 bobdan iborat “Ibtido” (ibr. – “Bereshit”) kitobi “Tavrot” tarkibidagi birinchi kitob hisoblanadi. Unda ilk inson va koinotning yaratilishidan to isroil xalqining Misrga kelib joylashishigacha bo‘lgan voqealar tadrijiy ravishda bayon qilingan.
40 bobdan iborat “CHiqish” (ibr. – “SHemot”) kitobida esa, isroil xalqining Muso boshchiligida Misrdan chiqishi va shu voqea bilan bog‘liq tafsilotlar hikoya qilingan. 27 bobdan iborat “Loviylar” (ibr. – “Vayikra”) kitobida esa, yahudiylik dinining asosiy axloqiy asoslari va diniy ko‘rsatmalar, gunohlarning kafforati, iste’moli harom qilingan narsalar, taqiqlangan nikohlar, diniy marosimlar, bayramlar va qurbonliklar bilan bog‘liq masalalar yoritilgan.
Bani isroilning cho‘lda o‘tkazgan hayoti va boshdan kechirgan hodisalari, qoya toshdan suv chiqarilishi, o‘lim va ilon vositasida shifo topish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar esa 36 bobdan iborat “Sonlar” (ibr. – “Bamidbar”) kitobida keltirilgan. Musoning o‘limi, dafn etilishi, tutilgan aza va shu kabi masalalarni o‘z ichiga olgan 34 bobdan iborat “Ikkinchi qonun” (ibr. – “Dvarim”) kitobi esa “Tavrot”ning so‘nggi qismini tashkil etadi.
“Tanax”ning 2-bo‘limi bo‘lgan “Naviim” kitobi 8 bobdan iborat. Unda Hokimlar (ibr – SHoftim), I va II-Samuel, I va II Qirollar (ibr. – Malaxim), YOshu’a, Yirmiyax, Ixzqiyol, Hashu’, Yo‘‘el, Amos, Ovadya, Yonah, Miha, Nahum, Xavakuk, Tzefaniya, Xagai, Zakariyyo, Malaxi kabi payg‘ambarlar faoliyati, jumladan, ularning yakkaxudolik g‘oyasini targ‘ib qilish borasidagi harakatlari, hayot yo‘llari va amallari haqida so‘z boradi.
“Ketuvim” kitobi esa, Tehilim (Zabur), Mishle (Sulaymoninng Masallari), Iyov (Ayyub), SHir ashirim (Nashidalar nashidasi), Kohelet (Voiz), Rut, Ester, Eremyaning marsiyalari, Doniyol, Uzayr va Nehemya, Divre Ayamim (I va II Tarixlar) kabi qismlardan iborat bo‘lib, ularda ibodat vaqtida o‘qiladigan duolar, shuningdek, tarixiy voqealar bayon qilingan.
“Tavrot”ning tafsiri sifatida e’tirof etiladigan “Talmud” (ibr. – “o‘rganish”) og‘zaki tarzda avloddan avlodga o‘tib kelgan. Keyinchalik ularni unutish xavfi paydo bo‘lishi, vaqti-vaqti bilan “Tavrot” va tafsir ta’limining taqiqlanishi, yahudiylikning kelajagiga tahdid sola boshladi. Bundan tashvishga tushgan yahudiy ruhoniylari og‘zaki bo‘lgan “Talmud”ni yozma shaklga keltirganlar.
“Talmud” yahudiylar uchun “Tavrot” kabi ahamiyatga ega bo‘lib, uning vahiy va ilhom mahsuli ekaniga ishonilib, uni inkor qilgan kishi yahudiy, deb e’tirof etilmaydi. Qadimdan “Talmud”ning hajmiga alohida e’tibor berishgan. SHuning uchun ham, mavjud “Talmudlar”ning barchasi 2947 varaq va 5894 betdan iborat.
“Talmud” “Mishna” (ibr. – “o‘rganish”, “ta’limot”) va “Gemara” (ibr. – “xotima”) kabi ikki bo‘limga bo‘linadi. 190-200 yillar oralig‘ida patriarx YAhuda ha-Nasi (135-220) tomonidan jamlangan “Mishna”da Xudo tomonidan Sino tog‘ida Musoga vahiy qilingan yahudiylikning diniy, axloqiy asoslari bayon etilgan, deb e’tiqld qilinadi. “Gemara” esa, “Mishna”ning bayoni va sharhidir.
Umuman olganda, ovqatlanish, kiyinish, ozodalik, kun tartibi, ibodatlar, marosimlar va bayramlarga taalluqli masalalarni o‘z ichiga olgan “Talmud”da yahudiylik marosimlari tizimi ishlab chiqilgan, deyish mumkin. SHuningdek, unda yahudiylar butun umri davomida qat’iy amal qilishi va bajarishi lozim bo‘lgan 248 ta buyruq va 365 ta taqiq ham mavjud. Tug‘ilgan o‘g‘il farzand sakkiz kunligida xatna qilinishi, faqat maxsus qassob – shoyixet tomonidan diniy qoidalarga muvofiq so‘yilgan go‘shtnigina iste’mol qilish, erkaklarning bir rangdagi (sidirg‘a) matodan uzun qilib tikilgan, cho‘ntaklari beldan pastda joylashgan kiyim kiyishi, boshni hatto uyquda ham yopib yotishi zarurligi haqidagi talablar shular jumlasidandir.
Ibodat paytida “Talmud”da keltirilgan 248 ta buyruq va 365 ta taqiqqa amal qilishlarini o‘z zimmalariga olganlarning ifodasi sifatida qirg‘oqlarida 613 ta tugun tugilgan maxsus ibodat choyshabi – “tales”ni elkalariga tashlab olishlari ham, ushbu talablarning yahudiylar hayotida nechog‘lik ulkan ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.
YAhudiylikda, Xudo tomonidan Musoga nozil qilingan “O‘n (10) amr”ga katta e’tibor qaratiladi. Ularning e’tiqodiga ko‘ra, O‘n amr Muso payg‘ambarga Tur tog‘ida ikki marta tushirilgan bo‘lib, “Tavrot”ning “CHiqish” va “Ikkinchi qonun” kitoblaridan o‘rin olgan. Bu xususda “CHiqish” kitobining 32 – bobida: “So‘ngra Xudovand Musoga so‘zlashuvdan forig‘ bo‘lganidan keyin, Sino tog‘ida ikkita shahodat lavhasini berdi. Xudovandning qo‘llari bilan yozilgan ikkita tosh lavha...” deyilgan. YAhudiylarga ko‘ra, Muso o‘z qavmini qo‘llari bilan yasalgan buzoqqa sig‘inayotganini ko‘rib, bundan g‘azablanib, uni uloqtirib tashlab sindirganidan keyin Xudo qo‘yidagi O‘n amrni qayta tushirgan:

  • Dunyoni yaratgan, yakka-yu yagona YAhvedan boshqa iloh yo‘qligiga imon keltirish;

  • YAhvedan boshqaga ibodat qilmaslik;

  • Xudoning nomini bo‘lar bo‘lmasga tilga olavermaslik;

  • SHanba kunini muqaddas bilib, u kunda dam olish;

  • Ota–onani hurmat qilish;

  • Qotillik qilmaslik;

  • Zinoqilmaslik;

  • O‘g‘rilik qilmaslik;

  • O‘z yaqinlari (yahudiylar) haqqiga yolg‘on guvohlik bermaslik;

  • O‘z yaqinlari uyiga, ayoliga, quliga, hayvonlariga, umuman unga tegishli bo‘lgan narsalarga ko‘z olaytirmaslik.

SHanba kunini muqaddas, deb bilish yahudiylar nazdidagi eng muhim e’tiqodlardan biridir. Bu borada “Ibtido” kitobida: “SHanba kunini muqaddas deb bilishing uchun eslagin. Olti kun ishlab, ishingni qilib olasan. Ammo ettinchi kun, Xudovandning dam olish kunidir. Sen va o‘g‘ling ham hech qanday ish qilmaysan. Qizing, quling, joriyang, uyingdagi mehmoning ham. CHunkioltikundaXudovandosmon, er, dengizvaulardagibarchanarsalarniyaratdi. Ettinchi kun esa dam oldi. SHuninguchunham, Tangrisabt (shanba) kuninimuborakqildivaulug‘ladi”.
SHanba kunida shubhasiz amalga oshirilishi kerak bo‘lgan diniy rasm-rusumlar bor. YAhudiylar nazdida shanba kunining hurmatiga tajovuz qilishdek katta gunoh yo‘q. Bu kunda dam olish faqatgina insoniyatgagina xos emas. Ularning e’tiqodiga ko‘ra, er, ya’ni tuproq ham har etti yilda bir marta dam olishi kerak. Sabt deb nomlanuvchi bu yilda, erga hech qanday ekin ekilmaydi, hosil olinmaydi.
YUqoridagi O‘n amr yahudiylikning asosiy diniy va axloqiy nizomlarining o‘zagini tashkil etadi va har bir yahudiy hayoti davomida ularga asoslanib yashashi kerak bo‘ladi.
YAhudiylik aqidasi asosidayakkaxudolik g‘oyasi yotadi. “Qadimgi ahd”ga ko‘ra bu Xudoning nomi – YAhvedir. SHunday bo‘lsa-da, “CHiqish” kitobining 20 – bob 7 – matnida qayd etilgan: “..behudaga Parvardigoringni nomini tilga olaverma” degan ko‘rsatmaga muvofiq, Xudoning nomini tilga olish taqiqlangan. SHu bois ibodat vaqtida “Adonay” (ibr. – “Xudo”, “Parvardigor”) nomi zikr qilinadi.
YAhudiylik ta’limotiga ko‘ra, Xudo doimiy ravishda olamni boshqarib turadi. Bu ishni tashlab qo‘ygan kuni esa, olam o‘z nihoyasiga etadi. Uning kuchi etmaydigan ish yo‘q. U barcha mavjudotlarga hokimdir. Olamda uning irodasidan tashqari biron bir mavjudlik, bor bo‘lish yo‘q. Xudo er yuziga xaloskor yuborib, u orqali barcha haqsizliklar va zulmlar yo‘q qilingan olamshumul bir davlat quradi. Bu “Xudo podsholigi” boqiy bo‘ladi. Bu saltanat ko‘kda emas, er yuzida bo‘ladi, u Xudoning irodasida va insonlarning mehnati evaziga quriladi.
“Tavrot”da uchramasa-da, “Payg‘ambarlar” kitobi va “Talmud”da qayta tirilish haqida ta’limot mavjud. Jumladan, Doniyol payg‘ambar kitobida: “Er ostida yotganlar qayta tiriladilar, ularning bir qismi abadiy rohatga erishadilar, bir qismi esa uyat va sharmandalikda qolurlar”, deyiladi. SHundan kelib chiqib, yahudiylikda qiyomat kuni barcha insonlar tanalari bilan birga qayta tiriladilar (ibr. “txiyat xa-metim” – qayta tirilish) va hisob-kitob qilinadilar, deb hisoblanadi.
“Tavrot”da jannat “Adan” nomi bilan atalib, uning sifatlari bayon qilingan. Manbalarda ta’kidlanishicha, jannatga yahudiylardan bo‘lgan solih kishilargina to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiradilar va boshlarida toj bilan ilohiy lazzatni totadilar. Gunohkor yahudiylar esa, boshqalar bilan birga er qa’ri (ibr. – “Ge bne Xinnom” – “Xinnom bolalarining vodiysi” so‘zidan “gexenna”, keyin esa hozir biz ishlatadigan “jahannam” atamasi kelib chiqqan)ga, ya’ni do‘zaxga tushadilar va u erda 12 oy davomida azoblanib, gunohlaridan forig‘ bo‘lgach, jannatga kiradilar.
Hozirda nisbatan keng tarqalgan e’tiqod asoslari ravvin, faylasuf va tabib Moshe bin Maymon (1135-1204) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ular quyidagichadir:

  • Xudo (YAhve) borliqdagi barcha maxluqotlarni yaratgan va ularni boshqarish o‘zining qo‘lida;

  • Xudo birdir va undan boshqa iloh yo‘q;

  • Xudoning jismi mavjud emas va u hech bir shaklda tasavvur qilinmaydi;

  • Xudoning ibtidosi ham, intihosi ham yo‘q. U abadiydir;

  • Xudodan boshqa ibodatga loyiq bo‘lgan zot yo‘q;

  • payg‘ambarlar tomonidan aytilgan har qanday so‘z haqiqatdir;

  • Muso barcha payg‘ambarlarning eng buyugidir;

  • bugungi kundagi “Tavrot”, aynan Xudo tomonidan Musoga nozil qilingandir;

  • “Tavrot” hech qanday o‘zgarishga uchramagan, uchramaydi va bundan keyin Xudo boshqa “Tavrot” nozil qilmaydi;

  • Xudoinsonlarningbarchaxatti-harakatlarinivao‘y-fikrlarinibiladi;

  • Xudoberilgan bo‘yruqlargaitoatetganlarnimukofotlaydi, ungaosiybo‘lganlarni esajazolaydi;

  • xaloskor keladi;

  • inson vafot etgandan so‘ng qayta tiriladi.

Muso bin Maymonga ko‘ra, ushbu asoslardan birortasini qabul qilmagan kishi kofir bo‘ladi va yahudiy jamoatidan chiqadi.
Qayd etilgan g‘oyalar ichida messiya (xaloskor)ning kelishiga e’tiqod qilish alohida va muhim o‘rin egallashini qayd etib o‘tish lozim. Zero, unga ko‘ra, xaloskor ertami-kechmi kelib yahudiylarni qutqaradi, dunyoda tinchlikni ta’minlaydi va oxir-oqibat “Xudo podshohligi”ni qurish orqali yahudiylarning dunyoga hokim bo‘lishdek orzularini ro‘yobga chiqaradi.
XVI asrga kelib, ushbu ta’limot she’riy ko‘rinishga keltirilib, ko‘pgina yahudiy jamoalari tomonidan kundalik ibodatlarda foydalanib kelinmoqda.
Ma’lumki, har qanday dinning asosiy ruknlari tizimida ibodat masalasi alohida va o‘ziga xos o‘rin egallaydi. YAhudiylikda ibodat (“avoda she-ba-lev” ibroniycha – “Qalb xizmati”), tong, peshin va shom paytida qilinadigan kundalik hamda shanba kuni sinagogada bo‘lib o‘tadigan haftalik ibodatdek ikki shaklga bo‘linadi.
Haftalik ibodat (SHabat-Sabt) juma kuni Quyoshning botishi bilan boshlanadi va shanba kuni nihoyasiga etadi. SHanba kuni olov yoqish, ishlash, hatto transportdan foydalanish ham taqiqlanadi. YAhudiylik ta’limotiga ko‘ra, Xudo olamni olti kunda yaratib, ettinchi kuni dam olgan. SHuning uchun ham, yahudiylar ettinchi – shanba kunini dam olish va ibodatga bag‘ishlaydi.
Sinagoga (yun. “jamlanish”; ibr. – “beyt kneset” – “jamlanish o‘yi”)da ibodatlar, balog‘atga etgan (o‘n uch yosh) va kamida o‘nta erkak kishi iborat jamoat bo‘lganda o‘tkaziladi. Bunga “Minyan” deyiladi. Ruhoniy yoki jamoatdan biron kishi boshqaradigan ibodat vaqtidagi eng muhim lahza “Tavrot” o‘ramalarining tugunlar ichidan chiqarilishi va ruhoniy tomonidan o‘qilishidir. Ovozni chiqargan holda “Tavrot”dan parchalar o‘qish sinagogadagi ibodatlarning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
YAhudiylarda faqatgina sinagogada emas, uyda ham ibodat qilinadi. Uylarda kirish eshigining yuqorisida “mazuza” deb nomlangan, uzun bir quvur ichiga o‘rama holida qo‘yilgan “Tavrot”dan jumlalar yozilgan qutichalar osilgan bo‘ladi. Uyga kirish va chiqishda yahudiylar “mazuza”ga tegib barmoqlarini o‘padilar. YAhudiylarga ko‘ra, “mazuza” ularni yovuz ruhlar yomonligidan saqlaydi.
Uyda olib boriladigan ibodat vaqtida boshga bosh kiyim, ustga esa chakmon tashlanadi. Duolarning eng muhimi sanalgan 16 tasi oyoqda tik turgan holda aytiladi. Boshqalarini o‘qiyotganda tiz cho‘kish, vujudni tebratib turish kabi harakatlar qilinadi.
Sinagogalar iqlim, mintaqa yoki konkret madaniyat ta’sirida turli me’moriy uslublarda qurilishi mumkin. Lekin barcha sinagogalarda albatta, uch unsur joy olishi shart. Ular: Aron Kodesh, Ner Tamid va Bimadir. Quddusga yo‘nalgan muqaddas sandiq (shkaf) – Aron Kodesh ichida “Tavrot” tumorlari saqlanuvchi maxsus joy bo‘lib, u masjiddagi “mehrob”ga o‘xshash vazifani bajaradi va kirish eshigining to‘g‘risida bo‘ladi. Ner Tamid esa – (ibr. “abadiy shamchiroq”) sinagogada “Tavrot” solingan sandiq ro‘parasida joylashgan bo‘lib, doimo yonib turuvchi shamchiroqdir. Singogalarda Ner Tamid Menorani eslatib turuvchi ramz sifatida qo‘yiladi. Bima (yoki teva, almemar) esa – sinagoganing markazida joylashgan, “Tavrot” o‘qiladigan minbardir.
Diniy marosim va bayramlar ham sinagogalarda amalga oshiriladi.
YAhudiylikda ko‘plab diniy marosim va bayramlar bo‘lsa-da, ular ahamiyati jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ular 353, 354 yoki 355 kunni tashkil etadigan 12 oydan iborat, mil. avv 3761 yilda – dunyo yaratilgandan boshlangan, deb hisoblanadigan yahudiylik yil hisobiga qat’iy rioya qilgan holda o‘tkaziladi.
YAhudiylarda Rosh Ashona, Yom Kipur, Pesax, SHavuot, Sukkot, Simxa Tora, Purim, Hanuka va boshqa shu kabi diniy va milliy bayramlar (ibr. –Yom tov – yaxshi kun) mavjud.
Rosh Ashona (ibr. – “yil boshi”). YAhudiy milliy taqvimiga ko‘ra yangi yil bayrami tishre (sentyabr-oktyabr) oyining birinchi va ikkinchi kunlarida nishonlanadi. YAhudiylik ta’limotiga ko‘ra, bu kunda ilk inson Odam yaratilgan va shu kunda Xudo tomonidan berilgan taqiqni buzib, jannatdan chiqarilgan. Bu insonga chiqarilgan ilk hukm edi. SHundan buyon mazkur kunda Xudo bandalari ustidan hukm chiqaradi. Masalan, yangi yilda kimning vafot etishi va kimning yashashi o‘lim yoki hayot kitoblariga yoziladi. Biroq, mazkur kunlarda o‘yin-kulgu qilinmay, 10 kun davomida istig‘for aytib, ibodat qilish orqali insonning nomi o‘lim kitobiga emas, balki hayot kitobiga yozilishiga erishish mumkin.
O‘n kun davom etgan Rosh Ashonaning oxirgi kunida Yom Kipur bayrami nishonlanadi. Bu kuni hech qanday ish qilinmay, faqat ibodat bilan mashg‘ul bo‘linadi. YAhudiylar Yom Kipurda ro‘za tutishlari, sinagogada nadomatlar bilan yig‘lab qilgan gunohlariga tavba qilishlari shart. Ularning e’tiqodiga ko‘ra, Rosh Ashonada rejalashtiriladigan insonning bir yillik taqdiri Yom Kipurda qilingan ibodat va tavbasiga qarab belgilanadi.
Pesax (Pasxa)yillik bayramlar orasida eng e’tiborlisi bo‘lib, nisan (mart-aprel) oyininng o‘n beshinchi kunidan boshlanib, sakkiz kun davom etadi. Ushbu bayram yahudiylarning Misrdagi qullikdan ozod bo‘lganlari munosabati bilan nishonlanadi va mazkur kunlarda xamirturishsiz non “matssa” iste’mol qilinadi. Buni tanovul qilish bilan har bir yahudiy ota-bobolarining Muso boshchiligida chekkan mashaqqatlarini his qiladi, deb hisoblanadi.
Pesaxdan keyingi 50-kuni sivon (may-iyun) oyining 6-7 kunlari yahudiylar ikki kun davom etadigan SHavuot (SHeviot) (ibr. – haftalar) bayramini nishonlaydilar. SHavuot dastlab dehqonchilik bayrami bo‘lgan, keyinchalik Sinay tog‘ida Musoga “Tavrot”ning berilishi munosabati bilan nishonlangan. “Talmud”da keltirishicha, Xudo SHavuotning birinchi kechasi O‘n amrni tushirgan. SHuning uchun ham, mazkur kunlarda “Tavrot”, “Talmud” va shu kabi muqddas yozuvlaridan saralab jamlangan “Tikun”ni o‘rganishga alohida e’tibor beriladi.
Sukkot (chodirlar bayrami) yahudiylar Misrdagi qullikdan ozod bo‘lganlaridan so‘ng, cho‘lda chodirlarda kun kechirganlarini xotirlab o‘tkaziladigan marosim. Qadimda yahudiylar mazkur marosim kunlarida Quddusga ziyoratga borganlar. Bugunga kelib bu an’ana tusidan chiqqan. Sukkot tishre (sentyabr-oktyabr) oyining 15-kunidan boshlanib 7 kun davom etadi. YAhudiylar bu muddat davomida an’anaviy ravishda, o‘z uylarining oldiga chodir quradilar.
Har yili bir marta “Tavrot” o‘qib chiqilib, oxirida Sukkot boshlanishining 9-kuni xatm bayrami “Simxat Tora” (ibr. “Tavrot quvonchi”) nishonlanadi. Har bir yahudiy xonadonida “Tavrot” bo‘lib, unga nisbatan hurmat hamma narsadan ustun turadi. Biror yig‘ilishda “Tavrot” erga tushirib yuborilgudek bo‘lsa, u erda bo‘lganlarning barchasi kafforati evaziga 30 kun ro‘za tutishlari shart bo‘lib qoladi.
Milliy xususiyatga egaPurim (SHirinlik bayrami) adar (fevral-mart) oyining 14-kuni nishonlanadi. Ushbu bayram Quddusda 1 kun, boshqa joylarda esa 2 kun davom etadi. Bu bayram Ester ismli qiz tufayli yahudiylarning Eronda qatliomdan qutilib qolishlari sharafiga bag‘ishlanadi va unda ko‘ngilochar bazmlar uyushtirilib, shirinliklar tarqatiladi.
Hanuka(ibr. – “yangilanish”, “yoritish”) yahudiylarning Suriya qiroli Antiokas ustidan qozongan g‘alabalari sharafiga bag‘ishlangan bayram hisoblanadi. 168-yilda yahudiylarning Salavkiylarga qarshi olib borgan kurashlari asnosida, yunonlar ibodatxonaga bostirib kirib, u erdagi yog‘larning barini iflos qilib tashlaydilar. YAhudiylar g‘alaba qozongach, ibodatxonada menorani yoqish uchun, atigi bitta idishda bir kunga etadigan toza yog‘ topadilar. SHunda mo‘‘jiza yuz berib, bir kunga etadigan yog‘ bilan sakkiz kun davomida menora yoniq turadi. Kislav (noyabr-dekabr) oyining yigirma beshinchi kunidan boshlanib 8 kun davom etadigan bu bayramning odatiy kunlardan birgina farqi hanukiya deb nomlangan to‘qqiz shoxali shamdondan har kuni bittasining yoqilishidir.
YAhudiylikda dafn marosimi ham muayyan o‘ziga xosliklarga ega. Inson vafot etgach, qarindoshlari maxsus kiyim kiyib (bu urf asosan ortodoksal oqimda saqlangan), sham yoqishadi. Mayyitni oq kafanga o‘rab, “Kaddish” (oromiycha – “Muqaddas”, sinagogalarda o‘qiladigan ibodat duosi)ni o‘qiydilar. O‘lik chiqqan xonadonda bir hafta davomida aza tutilib, uydan tashqariga chiqilmaydi. Bir yil o‘tgach, mayyitni xotirlab “yil marosimi” (“Yorsayt”)ni o‘tkazib, maqbaraga qabr toshi o‘rnatadilar. Yom-kipur, Sukkot, Pesax bayramlarida marhumlarni xotirlab “Yizkor” deb nomlanadigan maxsus duolar o‘qiladi.
YAhudiylikda yuqoridagilardan tashqari mustaqillik, motam kuni hisoblangan “Tisha be av” va boshqa shu kabi milliy, diniy va tarixiy mazmunga ega bo‘lgan bir qancha bayram va marosimlar bo‘lib, ularni nishonlashda oqim va firqalarda ba’zi bir juz’iy farqlar kuzatiladi.
Barcha dinlarda bo‘lgani kabi yahudiylikda ham uzoq tarixiy taraqqiyot davomida ichki bo‘linishlar yuzaga kelgan. Xususan, mutaxassislar shartli ravishda ularni uch guruhga – saduqiylik, farziylik va essaniniylarni o‘z ichiga olgan klassik, hasidiylik, qaroim kabi oqimlardan iborat o‘rta asr va islohotchi, konservativ kabi oqimlarni qamrab olgan zamonaviy oqimlarga ajratishadi.
Saduqiylik klassik oqimlar orasida, muayyan o‘ziga xosliklari bilan boshqalardan farqlanadi. Mazkur oqimning vakillari asosan yirik er egalari, yuqori qatlam vakillari (aristokratlar)dan iborat bo‘lgan. Saduqiy atamasi Sulaymon payg‘ambar podshohlik qilgan davrda ruhoniy bo‘lgan Sadoka (Sadok) nomidan kelib chiqqan. Voqelikka ratsionalistik yondashuv saduqiylikda bir qator aqidaviy o‘ziga xosliklarni keltirib chiqargan. Xususan, ruhning abadiy emasligini ta’kidlash, insonning qayta tirilishi, farishtalarning mavjudligini inkor etish, ular barcha narsaga ratsional ko‘z bilan qarab, Xudo bandalarining ishiga aralashmaydi, har bir inson taqdirini o‘zi yaratadi, deb hisoblash unga xos xususiyatlardan hisoblanadi.
Farziylar (ibr. – “perushim” – “ayri bo‘lish”, “nopokliklardan uzoq bo‘lish”, “sharhlash”) oqimi mil. avv. II asrda e’tiqod va amalda saduqiylikka muxolif ravishda yuzaga kelgan. SHuningdek, saduqiylikdan farqli ravishda, farziylarning o‘zagini qo‘yi tabaqa vakillari va kambag‘allar tashkil etgan. YAhudiylik qonun-qoidalariga qattiq rioya qilinishini talab qiladigan ushbu oqim Xudo har bir narsani nazorat qilishi, bandaga xos hur irodaning mavjudligi, o‘limdan keyin qayta tirilish, jannat, jahannam, farishtalarning borligi, jazo va mukofotning borligiga ishonishga asoslanadi.
Issiyim ya’ni Essaniylarsaduqiylikva farziylik bilan bir davrda paydo bo‘lgan klassik oqimlardan biridir.
“Issiyim” so‘zi tarixiy matnlarda uchramasa-da, manbalarda uning “dindor zohidlar” ma’nosini anglatishi ko‘proq ta’kidlanadi.
Essaniylarning e’tiqod asoslari farziylarnikiga yaqin bo‘lib, ular insonlarning taqdiri oldindan yozib qo‘yilganini, qayta tirilishni va farishtalarning mavjudligini va e’tirof etadilar. Xususan, farishtalar – muqaddas mavjudotlar, “Osmon o‘g‘illari”, amalga oshiradigan ishlariga qarab “Nurlar qiroli”, “Zulmat farishtasi”, “Ozodlik farishtasi”, “Mastemah (shayton)”, “Saqlovchi farishtalar” kabi sinflarga ajratiladi.
SHuningdek, ularning ta’limotiga ko‘ra, inson vafot etgandan so‘ng, uning ruhi osmonga ko‘tarilib, yaxshi ruhlar abadiy baxtli hayot kechiradilar, yomon ruhlar esa, qahraton sovuqda azoblanadilar. SHuning uchun ham, har bir essaniy o‘z hayotida doimo yaxshi amal qilishga, axloqiy normalarga qat’iy rioya etishga harakat qilishi lozim, deb hisoblanadi.
XVIII asrning birinchi choragida yuzaga kelganhasidiylik (ibr. – “dindorlar”) o‘rta asr oqimlar ichida alohida o‘rinni egallaydi. Uning asoschisi Baal SHem Tov dinning mohiyatiga aql bilan emas, balki his-tuyg‘ular orqali erishiladi, degan tamoyildan kelib chiqib, shariat qonunlarini o‘rganishni emas, balki diniy hissiyot va axloqni birinchi o‘ringa qo‘ygan edi. SHu bilan bir qatorda, hasidiylar shanba va bayram kunlari “SHtrayml” nomli telpak kiyishlari bilan boshqa oqimlardan ajralib turadi.
Umuman olganda, hasidiylar hayotning barcha jabhalarida axloq normalarga qattiq rioya etib, “Tavrot”da belgilangan bo‘yruqlarni bekamu kust bajarishga harakat qiladilar.
“Islohotchi yahudiylik” zamonaviy oqimi XIX asr boshlarida Germaniyada yuzaga kelgan. Nemisruhoniylari Abram Geyger (Abraham Geiger) va Moses Mendelson (Moses Mendelsohn)larning Markaziy Evropada yashovchi yahudiylarni o‘zlari yashayotgan mamlakatning madaniyatiga moslashishga chaqiriqlari ushbu oqim yuzaga kelishiga g‘oyaviy asos bo‘lib xizmat qilgan. Ushbu islohotchilik harakati Evropada yuzaga kelgan bo‘lsa-da, tom ma’nodagi oqim sifatida AQSHda shakllandi, deyish mumkin. Bugungi kunda, islohotchi yahudiylar soni Isroilda taxminan 5-6 ming kishi bo‘lsa, AQSHda yashovchi yahudiylarning 40 foizini tashkil qiladi.
“Islohotchi yahudiylik” “ortodoksal”cha qarashlarni o‘zlariga qabul qilmaydilar. “Islohotchi yahudiylik”ka xos xususiyatlar 1885-yilda qabul qilingan Pitsburg (Pittsburg) platformasi nomini olgan qarorda o‘z ifodasini topgan. Unga ko‘ra, “yahudiylar endi bir xalq (millat) emas, balki bir jamoatdir, qadim yahudiy shariatidan faqatgina zamonaviy hayot tarziga mos bo‘lganlarigina qabul qilinishi mumkin”. SHunday yondashuvdan kelib chiqib, masalan, shabat kuni ibodati yakshanba kuniga ko‘chirilgan.
SHuningdek, islohotchi yahudiylikda sinagogada ayollar erkaklar bilan yonma-yon o‘tirib ibodat qilishlari hamda ruhoniy sifatida marosimlarni boshqarishi ham mumkin. Bundan tashqari ibodat vaqtida bosh kiyim kiyish majburiyati yo‘q. Boshqa e’tiqod vakillari bilan nikoh munosabatlariga kirishishga monelik qilinmaydi. Ota-onasidan qaysi biri yahudiyligidan qat’i nazar, farzand ham yahudiy, deb e’tirof etiladi.
Islohotchi yahudiylikka javob sifatida konservativ yahudiylik yuzaga kelganini ham qayd etish lozim. 1885-yilda qabul qilingan Pitsburg platformasi qarorlariga qarshi chiqqan Gamburgning bosh ruhoniysi Isaak Bernays (Isaac Bernays) va Zakariyo Franklen (Zacharia Franklen) boshliq bir guruh muxolif ruhoniylar asos solgan oqim o‘zining nufuzi va ergashuvchilari soni jihatidan AQSHda islohotchi, Isroilda esa ortodoksal yahudiylikdan keyingi o‘rinda turadi.
Bugungi kunda konservativ yahudiylik galaxa (yahudiy shariati majmuasi)ni ijtimoiy hayotda dasturulamal deb hisoblaydi. Islohotchilardan farqli ravishda konservativ yahudiylikda boshqa e’tiqod vakillari bilan oila qurish qabul qilinmaydi va faqat yahudiy onadan tug‘ilgan bola yahudiy deb hisoblanadi.
YUqoridagilardan tashqari Rekonstruktiv yahudiylik, Messian yahudiylik, SHanbachilar kabi yana bir qator oqimlar bo‘lib, ular asosan XIX asrda yuzaga kelgan.
Eron podshohi Kir II tomonidan Bobil fath etilgach, yahudiylarning ancha qismi muhojirlikdan Kan’onga qaytib, podshohning roziligi bilan ikkinchi marta o‘z davlatlarini qayta tiklashga erishdilar. Muhojirlikda qolgan yahudiylarning bir qismi esa, butun imperiya hududida erkin harakat qilish imkoniyatidan foydalanib, Kir saltanati davrida SHarqqa, xususan, Markaziy Osiyoga ko‘chib o‘tdilar. Bu yahudiylar Markaziy Osiyoga islom kirib kelishidan oldin ham mazkur mintaqada yashaganlari haqida xulosa chiqarish imkonini beradi.
YAhudiylik o‘rta asrlarda Evropa va Vizantiya imperiyasida ayovsiz siquvga olinib, quvg‘in qilingan bir paytda, Markaziy Osiyoda boshqa dinlar qatori teng huquqqa ega bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ilk sinagoga Buxoroda VIII asrda qurilgan. XII asrgacha yahudiylar aholining himoya qilinuvchi qatlami – zimmiylar deb atalib, ularga alohida mahallalar qurib, o‘z jamoalari bilan tinch-osuda yashashga sharoit yaratib berilgan. Sayohatchi Veniamin Tudelskiy o‘z kundaliklarida yozib qoldirishicha, 1170 yilda birgina Samarqandda 30 000 yahudiy yashagan.
XVI asrda Eronda yahudiylarga qarshi olib borilgan harakatlar natijasida ularning ko‘pchiligi Markaziy Osiyodan panoh topgan. Bu Markaziy Osiyoda yashayotgan yahudiylar sonining yanada oshishiga zamin yaratgan. YAhudiylarning Markaziy Osiyo mintaqasida uzoq vaqt mobaynida tinch-totuv yashashi va bu erlarga bog‘lanib qolishi ularning tarkibida “buxoro yahudiylari” deb ataladigan qatlamni vujudga keltirdi. Ular, asosan, fors tilining Samarqand-Buxoro dialektlarida so‘zlashishgan.
Markaziy Osiyo CHor Rossiyasi tomonidan bosib olingach, Rossiyaning Evropa qismidan savdo, tijorat qilish maqsadida ko‘plab yahudiylar hozirgi O‘zbekiston hududiga ko‘chib kelishdi.
YAhudiylarning yurtimizga kirib kelishi Ikkinchi jahon urushi davrida yanada kuchaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha yillari Rossiya, Moldaviya, Ukraina va Belorussiyadan deyarli 180 ming yahudiy O‘zbekistonga ko‘chib keldi.
Bugungi kunda yahudiylar asosan Buxoro, Samarqand va Toshkent kabi yirik shaharlarda istiqomat qiladilar. Mamlakatimizda Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan 8 ta yahudiy sinagogasi, 5 ta yahudiy milliy-madaniy markazi, shuningdek, YAhudiylar tarixi muzeyi faoliyat olib bormoqda.
Muso alayhissalom Ibrohim alayhiyssalomning o’g’li Ishoq alayhiyssalom, uning o’g’li Ya’qub alayhiyssalom, uning o’g’li Loviy, uning o’g’li Kaaf, uning o’g’li Amram (Imron)ni o’g’li bo’lgan. Horun alayhiyssalom esa Muso alayhiyssalomning akasi hamda yordamchisi bo’lgan.
Ya’qub alayhiyssalomning o’n ikki o’g’lidan to’rtinchisi Yahudo (Iuda) boshchiligidagi qabila ota-bobolari – ibroniylar e’tiqod qilib kelgan yakkayu-yagona xudo–Yahvega sig’inishgan. Iuda so’zi shukur ma’noni beradi. Turli tomonlarga tarqalib ketgan Ya’qub alayhiyssalom o’g’illari bosh bo’lgan qabila ahllari dastlab ya’qubiylar deb atala boshlangan. Yahudiylik (iudaizm) dinining nomi esa qabilaning ilk boshlig’i bo’lgan Yahudo (Iuda) nomidan kelib chiqqan. Keyinchalik bu xalq yahudiylar deb yuritila boshlangan.
Yahudiylikda Yahve nomini tilga olish man etiladi, o’rniga «adonay» (mening parvardigorim) deb o’qiydilar va gapiradilar. «Yahve» so’zining ma’nosi hozirgacha noaniq. Yahve qadimgi ibroniylarning xudolaridan birini nomi bo’lgan, u avval bosh xudo. Keyinchalik bu qabila uni yagona xudo deb e’tiqod qila boshlaganlar.
Yahudiylikning ta’lim berishicha, xudo Yahve Isroil xalqi bilan ikki tomonlama shartnoma – «Ahd» orqali bog’langan bo’lib, shunga ko’ra yahudiylar o’zlarini «Xudo tomonidan tanlab olingan mumtoz xalqmiz, bu ahd bo’yicha xudo Falastin va uning atrofidagi barcha erlarni bizga berishga va’da qilgan» degan e’tiqodda yashab kelganlar va hozir ham shu aqidani mahkam tutib tunmay kurash olib boradilar.

Download 49.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling