Yakka yakka yashovchi chigirtkalar нестадные саранчовые non-staple locusts


Download 24.79 Kb.
bet2/2
Sana04.04.2023
Hajmi24.79 Kb.
#1328304
1   2
Bog'liq
Мақола Саидов Ф.

Tadqiqot natijalari: Keyingi yillarda antropogen omillar sababli Respublikamizning to‘da hosil qilmaydigan chigirtka va to‘g‘riqanotlilar turkumiga mansub temirchak va chirildoqlarning turlari nisbatan ko‘p tarqalgan hududlardan biri Surhondaryo viloyti qishloq xo‘jalik ekinlari atrofida uchraydigan turlarini va ular orasida zararli turlarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi.
Surhondaryo viloyti qishloq xo‘jalik ekinlari atrofida to‘g‘riqanotlilar turkumining 39 ta turi uchrab, shundan 31 ta turi chigirtkalarga mansubligi aniqlandi. Bu turlar orasidan Caliptamus italicus L.-italiya chigirtkasining to‘da hosil qiluvchi va to‘da hosil qilmaydigan shakllari aralashmasidan iborat turi yoppasiga uchrashi qayd etildi. Shuningdek Catantopinae-kenja oilasiga mansub chigirtkalardan viloyat hududlarida, Calliptamus barbarus F.-W., C. turanicus Tarb., Conophyma sokolowi Zub., Anagridium aegyptium (L.) turlariturlari ko‘p tarqalganligi aniqlandi. Oedipodinae-kenja oilasiga mansub chigirtkalarning 10 ta turi uchrab shundan, Oedaleus decorus (Germ.), Oedipoda miniata (Pall.), Sphingoderus carinatus Sauss., turlari ko‘p tarqalgan bo‘lsa, O. fedtschenkoi Sauss., Sphingonotus satrapes Sauss., S. maculatus Uv., S. halocnemi Uv., Pergomdera armata F.-W., Mioscirtus wagneri rogenhof. turlari o‘rtacha tarqalganligi o‘rganildi.
Acridinae-kenja oilasiga mansub chigirtkalarning 11 ta turi uchrab shundan, Acrida oxycephala Pall., Duroniella kalmyka (Adell.), D. gracillis Uv., Dociostaurus tartarus Stshelk., E. simplex (Ev.), Aiolopus thalassinus (F.), turlari viloyatda ko‘p tarqalgan bo‘lsa, Truxalis eximia Eichw., Notostaurus albicornis (Ev.), Hilethera turanica Uv. turlari o‘rtacha tarqalganligi, Eremippus persicus Uv., Tropidopola turanica Uv. turlari esa kam tarqalganligi kuzatildi.
Pyrgomorphinae-kenja oilasiga mansub chigirtkalarning 2 ta turi uchrab shundan, Pergomorpha conica deserti B.Bien. turi ko‘p tarqalgan bo‘lsa, Chrotogonus turanicus Kuthy. turi kam yoki o‘rtacha uchrashi qayd etildi.
Tetrigidae-oilasiga mansub 2 ta tur Tetrix subulata (L.), T. tartara (I.Bol.) va Pamphagidae- oilasiga mansub 1 ta tur Atrichotmethis semenovi (Zub.) uchrab, ular qishloq xo‘jalik ekinlari atrofida o‘rtacha tarqalganligi kuzatildi.
To‘g‘riqanotlilar turkumining Tettigonidae va Grylloidae-oilalariga mansub temirchaklarning 5 ta turi, chirildoqlarning 3 ta turi o‘rtacha yoki ko‘p tarqalganligi qayd etildi.
Bundan tashqari Catantopinae-kenja oilasiga mansub chigirtkalarning 6 ta turi viloyat hududlarida jumladan, Calliptamus barbarus F.-W., C. turanicus Tarb., Anagridium aegyptium (L.) turlari ko‘p tarqalgan bo‘lsa, C. plotnikovi Uv., Conophyma sokolowi Zub. turlari o‘rtacha tarqalganligi o‘rganildi. Oedipodinae-kenja oilasiga mansub chigirtkalarning 10 ta turi uchrab shundan, Oedaleus decorus (Germ.), Sphingoderus carinatus Sauss. turlari ko‘p tarqalganligi, Oedipoda miniata (Pall.), O. fedtschenkoi Sauss., Sphingonotus satrapes Sauss., S. maculatus Uv., S. halocnemi Uv., Pergomdera armata F.-W., Sphingonotus satrapes Sauss., Mioscirtus wagneri rogenhof. turlari o‘rtacha yoki kam uchraganligi kuzatildi. Acridinae-kenja oilasiga mansub chigirtkalarning 14 ta turi uchrab shundan, Acrida oxycephala Pall., Truxalis eximia Eichw., Duroniella kalmyka (Adell.), D. gracillis Uv., Ramburiella foveolata Serg. Tarb. turlari ko‘p tarqalgan bo‘lsa, D. tartarus Stshelk., Chorthippus turanicus Tarb., Notostaurus albicornis (Ev.), Eremippus persicus Uv., E. simplex (Ev.), Aiolopus thalassinus (F.), Hilethera turanica Uv., Tropidopola turanica Uv. turlari o‘rtacha tarqalgan bo‘lsa, Truxalis eximia Eichw. turi kam tarqalishi kuzatildi.
Pyrgomorphinae-kenja oilasiga mansub chigirtkalarning viloyat hududlarida 3 ta turi uchrab shundan, Pergomorpha conica deserti B.Bien. turi o‘rtacha tarqalgan bo‘lsa, P. bispinosa F. Walk., Chrotogonus turanicus Kuthy. turlari kam tarqalganligi qayd etildi. Tetrigidae- oilasiga mansub 2 ta tur Tetrix subulata (L.), T. tartara (I.Bol.) va Pamphagidae-oilasiga mansub 1 ta tur Atrichotmethis semenovi (Zub.) uchrashi va ular qishloq xo‘jalik ekinlari atrofida o‘rtacha miqdorda tarqalganligi aniqlandi.
Tettigonidae va Grylloidae-oilasiga mansub temirchaklarning 6 ta turi, chirildoqlarning 4 ta turi o‘rtacha yoki ko‘p tarqalganligi qayd etildi.
Yuqorida qishloq xo‘jalik ekinlari atrofida uchraydigan to‘da hosil qilmaydigan chigirtkalarning zararli turlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarmizga ko‘ra qishloq xo‘jalik ekinlari atrofida to‘g‘riqanotlilar turkumiga mansub hasharotlarning 39 ta turi uchrab, shundan chigirtkalarning 31 ta turi qayd etildi.
Bu turlar orasidan Calliptamus italicus L., Locusta migratoria L., Dociostaurus maroccanus Tumb., Calliptamus. turanicus Tarb., Calliptamus barbarus F.-W., Oedaleus decorus (Germ.), Dociostaurus tartarus Stshelk., Anagridium aegyptium (L.), Oedipoda miniata (Pall.), Ramburiella foveolata Serg. Tarb., Sphingoderus carinatus Sauss., D. gracillis Uv., Pergomorpha conica deserti B.Bien. turlari ayrim yillari qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar keltirish xavfi yuqori ekanligi isbotlandi.
Ushbu turdagi chigirtkalar 2020-2022 yillarda olib borilgan tadqiqotlarimizda viloyatning ayrim fermer xo‘jaliklari dalalaridagi barcha qishloq xo‘jalik ekinlariga sezilarli zarar keltirayotganligi aniqlandi. Ushbu to‘da hosil qilmaydigan chigirtka turlariga qarshi kurashda birmuncha qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda har xil turdagi chigirtkalarning tuxum ko‘zachalardan chiqish muddati va undan keyingi rivojlanish xususiyatlari turlicha bo‘lishi sababli ularning may oyidan oktyabr oyigacha dalalar atrofida uchrashi kuzatilmoqda.
Ma’lumki Respublikamizda zararli chigirtkalarga qarshi kurash asosan to‘da hosil qiluvchi turlariga qaratilgan. Ammo, keyingi yillarga kelib to‘da hosil qilmaydigan chigirtkalarning zararli turlari mamlakatimizning cho‘l hududlarda o‘zlashtirilgan va aksariyat holatda esa tumanlardagi mavjud bo‘lgan partov yerlar yoki qishloq xo‘jalik ekinlari izmidan chiqib ketgan yerlarda yoppasiga rivojlanib, ekinlarga zarar keltirish holatlari kuzatilmoqda. Shu sababli to‘da hosil qilmaydigan chigirtkalarning qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar keltirishi va ayrim viloyatlarda ularga qarshi yoppasiga kimyoviy kurash olib borilishiga sabab bo‘lmoqda.
Hulosa: Surhondaryo viloyti qishloq xo‘jalik ekinlari atrofida to‘g‘riqanotlilar turkumiga mansub hasharotlarning 39 ta turi uchrab, shundan chigirtkalarning 31 ta turi qayd etildi. Ushbu turdagi chigirtkalar 2020-2022 yillarda olib borilgan tadqiqotlarimizda viloyatning ayrim fermer xo‘jaliklari dalalaridagi barcha qishloq xo‘jalik ekinlariga sezilarli zarar keltirayotganligi aniqlandi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. Гаппаров Ф.А. Биоэкологические особенности развития вредных саранчовых в Узбекистане и меры борьбы с ними.–Ташкент: “Наврўз”, 2014. – 336 б.

  2. Туфлиев Н., Хайтмуратов А. Видовой состав саранчовых Сурхандарьинской области // Ўсимликлар ҳимояси ва карантини журнали.- 2015. -№ 2.-Б. 40-41.

  3. Хайтмуратов А. Ф.,Туфлиев Н.,Ҳамраев И. Сурхондарё вилоятида учрайдиган тўғри қанотли ҳашоратлар ва уларнинг зарарли турларига қарши замонавий кураш усуллари // Ўқув-услубий қўлланма. -Термиз. - 2013.- 70 б.

Download 24.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling