Yakuniy nazorat bilet №1 1normal formadan 2normal formaga o’tish qanday amalga oshiriladi? Misollar keltiring


normal forma va uning tashkil etuvchilari


Download 0.73 Mb.
bet60/77
Sana19.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1621999
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   77
Bog'liq
MBB yakuniy nazorat (2) (Автосохраненный)

3. 2 normal forma va uning tashkil etuvchilari.
Normallashtirish — bu ma’lumotlarni qo‘shishda, o‘zgartirishda va o‘chirishda eng yaxshi xususiyatlarga ega ikki yoki undan ortiq bo’laklarga jadvalni bo’lish. Normallashtirishning asosiy maqsadi ma’lumotlar bazasini olishga qaratilganki, unda har bir dalil (fakt) faqat bir joyda uchraydi, ya’ni ma’lumotlar ortib ketmaydi.
Har bir jadval relyatsion ma’lumotlar bazasida shunday shartlarni qoniqtiradiki, unga ko’ra jadvalning har bir ustun va satrining kesishish joyida har doim yagona atomar qiymat joylashadi va hech qachon ko‘p miqdorda, xuddi shunday qiymatlar bo‘lishi mumkin emas. Shu shartni qoniqtiruvchi har qanday jadval normallashgan deyiladi.
Har qanday normallashgan jadval avtomatik ravishda birinchi normal formada, qisqacha 1NF, deb hisoblanadi. Shunday qilib, umuman olganda, “normallashtirilgan” va “1NF da joylashgan” so‘zlari bitta ma’noni anglatadi. Lekin amaliyotda “normallashtirilgan” atamasi ko’proq tor ma’noda — “to‘liq normallashtirilgan”, ya’ni loyihada normallashtirishning hech qaysi tamoyili buzilmayapti degan ma’noda ishlatiladi.
Normallashtirish nazariyasi jadval maydonlari orasidagi u yoki bu bog‘liqlikning borligiga asoslanadi. Bunday bog‘liqliklarning ikki turi aniqlangan: funksional va ko’p qiymatli.
Funksional bog‘liqlik. Berilgan ixtiyoriy vaqtda A maydonning har bir turli qiymatiga mos ravishda albatta B maydonning har bir turli qiymatidan faqat bitta qiymati bo’lsa, jadvalning B maydoni xuddi shu jadvalning A maydoniga funksional bog‘langan deyiladi. Aytib o‘tish kerakki, A va B maydonlar tashkil qiluvchilar bo‘lishi mumkin.
To‘liq funksional bog‘liqlik. B maydon agar A ga funksional bog‘liq bo’lsa va A maydonning boshqa qiymatlariga bog‘liq bo’lmasa, A tashkil qiluvchiga to‘liq funksional bog‘liq bo’ladi.
Ko’p qiymatli bog‘liqlik. Agar A maydonning har bir qiymatiga mos ravishda B maydonning aniqlangan qiymatlari bor bo’lsa, A maydon xuddi shu jadvalning B maydonini ko’p qiymatli aniqlaydi.
Birinchi normal forma: Jadval, qachonki uning qatorlaridan hech biri o‘zining istalgan maydonlarida bittadan ortiq qiymat saqlamasa va uning birorta ham kalit maydoni bo‘sh bo‘lmasa, birinchi normal formada (1NF) bo‘ladi.
Ikkinchi normal forma: Jadval, agar u 1NF ta’rifini qanoatlantirsa va uning barcha birinchi kalitga kirmaydigan maydonlari birinchi kalit bilan to‘liq funksional bog‘langan bo‘lsa ikkinchi normal formada (2NF) bo‘ladi.



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling