Yakuniy nazorat bilet №1 1normal formadan 2normal formaga o’tish qanday amalga oshiriladi? Misollar keltiring


Ma’lumotlar bazasi xavfsizligini ta’minlash


Download 0.73 Mb.
bet62/77
Sana19.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1621999
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77
Bog'liq
MBB yakuniy nazorat (2) (Автосохраненный)

2. Ma’lumotlar bazasi xavfsizligini ta’minlash
Ma’lumotlar bazasining axborot xavfsizligiga bo’lgan barcha potentsial taxdidlarni bartaraf etish amalda imkonsiz. Bundagi real masala potentsial taxdidlarni yuz berish ehtimolligini aniq tizim uchun ma’qul darajagacha kamaytirishdan iborat. Taxdidlardan himoyalanganlikning ma’qul mos darajasi qo’llanilish sohasi, ajratilgan mablag’ yoki amaldagi qonunlar bilan aniqlanishi mumkin. Qoidaga ko’ra, qat’iy ierarxiyali taxdidlar daraxtini qurish imkonsiz. Shuning uchun umumiy xatar tizim komponentlari zaifliklarining yetarlicha murakkab funktsiyasidan iborat bo’ladi. Turli salbiy ta’sirlar ham yetarlicha murakkab tarzda ma’lumotlar bazasi tizimining asosiy sifat va xavfsizlik xarakteristkalariga ta’sir qiladi.
Himoya tizimini qurishdagi asosiy rioya etiluvchi prinsip baravar chidamlilik prinsipi hisoblanadi. Axborot xavfsizligini ta’minlovchi mavjud resurslarni shunday taqsimlash kerakki, bunda ixtiyoriy salbiy tashqi va ichki ta’sirlarda tizimning biror xavf-xatar ko’rsatgichi minimallashishi kerak. Tizimda bartaraf etuvchi choralari ko’rilmagan taxdidning mavjudligi tizimga bo’lgan boshqa salbiy ta’sirlarning oldini oluvchi samarali to’siqlarini yaratilishiga qaramasdan ko’rilgan barcha choralar kutilgan natijani bermaydi. Bundan quyidagi amaliy xulosa kelib chiqadi: taxdidlar har tomonlama
mukammal o’rganilishi kerak va har bir taxdid uchun mos himoya metodi amalga oshirilishi kerak.


3. 1normal forma va uning tashkil etuvchilari.
Birinchi normal forma: Jadval, qachonki uning qatorlaridan hech biri o‘zining istalgan maydonlarida bittadan ortiq qiymat saqlamasa va uning birorta ham kalit maydoni bo‘sh bo‘lmasa, birinchi normal formada (1NF) bo‘ladi.
Birinchi normal shakl talablari (1NF)
Birinchi normal shaklning (1NF) talabi juda oddiy va jadvallar ma'lumotlarning relyatsion modeliga mos kelishi va muayyan relyatsion tamoyillarga rioya qilishidir.
Shunday qilib, ma'lumotlar bazasi 1 normal shaklda bo'lishi uchun uning jadvallari quyidagi munosabat tamoyillariga amal qilishi kerak:
- Jadvalda takroriy qatorlar bo'lmasligi kerak
- Jadvalning har bir katakchasida atom qiymati saqlanadi (bitta kompozit qiymat emas)
- Ustun bir xil turdagi ma'lumotlarni saqlaydi
- Har qanday shaklda massivlar va ro'yxatlar yo'q

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling