Yakuniy nazorat bilet №1 1normal formadan 2normal formaga o’tish qanday amalga oshiriladi? Misollar keltiring


SQL so’rovlar tili, ma’lumotlar bilan ishlash (manipulyasiyalash)


Download 0.73 Mb.
bet7/77
Sana19.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1621999
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   77
Bog'liq
MBB yakuniy nazorat (2) (Автосохраненный)

SQL so’rovlar tili, ma’lumotlar bilan ishlash (manipulyasiyalash).

J; SQL tilida jadvalga ma’lumotlar kiritish uchun, ularni o‘zgartirish va olib tashlash uchun
ma’lumotlar bilan manipulatsiya qilish (DML) tilining uchta komandasi mo‘ljallangan. Bular
INSERT (qo‘shish), UPDATE (yangilash), DELETE (o’chirish) komandalaridir.
INSERT komandasi (buyrug‘i) jadvalga yangi satr qo‘shishni amalga oshiradi. Sodda holda
uning ko’rinishi quyidagicha: INSERT INTO VALUES (, );
Bunday yozuvda VALUES kalit so‘zidan keyin qavs ichida ko’rsatilgan qiymatlar jadvaldagi
yangi qo‘shilgan satrning maydonlariga kiritiladi. Kiritish jadvalini CREATE TABLE operatori
bilan yaratilish vaqtidagi ustunlarni ko’rsatilgan tartibda amalga oshirilad
Jadvaldagi satrlarni olib tashlash uchun DELETE komandasi ishlatiladi
UPDATE komandasi jadval satrlari yoki mavjud satrni ba’zi bir yoki barcha maydonlarining
qiymatini o‘zgartirish imkonini beradi:
UPDATE universitet SET rating=200 WHERE city= 'Xorazm';
UPDATE komandasi faqat 1 ta ustun emas, balki ustunlar to‘plamini o‘zgartirish imkonini
beradi. Qiymatlarni modifikatsiya (takomillashtirilgan) qilinishi zarur bo’lgan aniq ustunlarni
ko’rsatish uchun, SET parametri ishlatiladi.


  1. SQL tarixi. SQL tili standartlari.

J; 1970 yil Ye,F.Koddni (bu paytda u IBM korporasiyasining San Xosedagi tadqiqot markazida ishlagan) maqolasi chiqqan davrdan boshlanadi. 1974 yil shu laboratoriyada ishlovchi D. Chemberlen "Structured English Query Language" yoki SEQUEL deb nomlangan tilni e’lon qiladi. 1976 yil bu tilning qayta ishlangan SEQUEL/2 versiyasi yaratildi va u rasmiy ravishda SQL deb atalgan. Xozirgi kunda SQL qisqartmasini ba’zilar "sikvel" deb talffuz etadi. Biroq rasmiy ravishda u "es-kyu-el" deb o’qilishi kerak.
SQL tili relyasion algebra paydo bo’lgandan keyin paydo bo’ldi va uning birinchi prototipi IBM Research kompaniyasi tomonidan 70 yillar oxirida yaratilgan. Bu til birinchi IBM System R nomli MBBT tarkibiga kiritilgan. Keyinchalik bu til ko’pgina tijorat MBBT tarkibida qo’llanilgan va keng tarqalganligi sababli vaqt o’tishi bilan relyasion MBBT larda ma’lumotlar ustida amallar bajaruvchi tillarning norasmiy standarti bo’lib qoldi. SQL tilining birinchi ramiy standarti 1989 yil qabul qilingan. Ko’pgina MBBT lar ushbu standartni qo’llab – quvvatlaydi. Biroq ma’lumotlar bazasi bilan bog’liq axborot texnologiyalarining rivojlanishi va ba’zi talablarning paydo bo’lishi birinchi SQL standartini qayta ishlash va kengaytirishni taqoza etdi.
1992 yil oxirida SQL tilining yangi xalqaro standarti (SQL/92 yoki SQL2) qabul qilindi unda ham ba’zi kamchiliklar aniqlangan, biroq shunga qaramasdan SQL/89 ga nisbatan aniq va to’liqroq xisoblanadi. Xozirgi paytda ko’pgina MBBT ishlab chiqaruvchilar o’z maxsulotlarini SQL2 standartini qanoatlantiradigan qilib o’zgartirdilar.
1999 yil SQL3 deb atalgan yangi standart paydo bo’ldi. Agar SQL1 va SQL2 standartlari biri –biridan miqdor jixati bilan farq qilgan bo’lsa, SQL3 standarti sifat jixatlari bilan farqlanadi. SQL3 ga murakkab strukturaga ega ma’lumotlar tipini ishlatish imkonini beradigan yangi ma’lumotlar tipi kiritilgan. Bu tipni obyektga mo’ljallanganlik darajasi yuqori xisoblanadi. SQL tilini tula qonli an’anaviy dasturlash tillari tarkibiga kiritib bo’lmaydi. Chunki unda dastur bajarilishini boshqaruvchi va boshqa ko’pgina an’anaviy operattorlar yo’q. Unda faqat ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan ma’lumotilarga murojaat qiluvchi operatorlar mavjud.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling