Yakuniy nazorat savollari. 1 Kompyuter so’zi ma’nosi va uning vazifalarini ayting, kompyuter qachon va qanday yuzaga kelgan?


) Kompyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalarini tavsiflang?


Download 48.56 Kb.
bet14/24
Sana15.02.2023
Hajmi48.56 Kb.
#1201386
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
Yakuniy nazorat savollari (2)

16) Kompyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalarini tavsiflang?
Sistema bloki
Sistema bloki bu komp'yuterning eng asosiy qismi. Uning ichida ona platasi, mikroprotsessor, qattik disk yoki vinchester, tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, elektron sxemalar yoki kontrollerlar yoki adabterlar, elektr ta`minlovchi blok va disk yurituvchilari hamda boshqa qurilmalar joylashadi. Bu sistema blokiga hamma
tashqi qurilmalar bog’lanadi va u ularning ishini ta`minlaydi. Sistema blokning asosiy qismlari:
▪ Mikroprotsessor yoki protsessor komp'yuterning miyyasi. Komp'yuter ishini boshqarish, barcha hisob-kitoblar va buyruqlarni bajarilishini ta`minlaydi. U kichkina, turtburchak elektron sxema sekundiga bir necha yuz million
amallarni bajaradi. Uning tezligi Megagertslarda hisoblanadi va protsessor nomidan keyin yoziladi, masalan Pentium 700.
▪ Qattik disk yoki vinchester tashqi xotira. Ma`lumotlarni doimo saqlash uchun foydalanadi. U vinchester deb nomlanadi. Vinchester nomi birinchi qattik disk nomidan kelib chiqqan (1973 yilda IBM firma tomonidan yaratilgan qattiq disk nomi "30/30" bo’lgan va bu mashxur Winchester miltikning
kalibrga o’xshar edi). Ular hajm va ishlash tezligi bilan farqlanadi.
▪ Tezkor xotira mikrosxemalari komp'yuterning vaqtinchalik xotirasi. U dasturlar ishlash jarayonida zarur bo’lgan ma`lumotlarni saqlash uchun foydalanadi. Komp'yuter uchirilgandan keyin shu xotiradagi ma`lumotlar
yuqotiladi.
▪ Kesh xotira mikrosxemalari komp'yuter tomonidan dasturlar ishlashjarayonida ko’p ishlatilgan ma`lumotlarni saqlash uchuí foydalanadi. Bu
xotira tezkor va doimiy xotira o’rtasida joylashadi.
▪ Kontroller yoki adabterlar ular har xil tashqi kurilmalar ishini ta`minlaydilar. Ishlash xolatlari bilan farqlanadi (video plata, tovush plata, tarmok platasi va b).
▪ Ona platasi Motherboard asosiy elektrosxema bo’lib unga protsessor, tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, kontroller va adabter elektrosxemalari urnatiladi, qattik disk va disk yurituvchilari ulanadi.
▪ Disk yurituvchilari bu egiluvchan va kompakt disklardagi ma`lumotlarni o’qish va ularga saqlash ishlarni bajaradigan qismi.
▪ Elektr ta`minlovchi blok har bir qismning o’ziga mos elektr-quvvat extiyojini ta`minlovchi blok.
Monitor - displey yoki ekran.
Ma`lumotlarni ekran orqali foydalanuvchiga chiqarish qismi. Monitorlar diogonal uzunligi (14 - 27 dyuymgacha) va nuqtalar o’rtadagi masofa (0,25 - 0,39 milimetgacha) bilan farqlanadi. Bundan tashqari monitorlar rangli va monoxrom (2 rangli) bo’ladi. Qancha monitorda diogonal uzunligi katta bo’lsa, shuncha shu
monitor ko’proq ma`lumotlarni ko’rsata oladi. Qancha nuqtalar urtasidagi masofa kichkina bo’lsa, shuncha ekrandagi ma`lumotlar aniq xolda ko’rinadi
Klaviatura
Ma`lumotlarni kiritish qismi. Klaviaturalar tugmalar soni (101-109 tugmali)
bo’yicha farqlanadi. Klaviatura bilan biz keyingi mavzularda yaqinroq tanishamiz.

Download 48.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling