Yakuniy nazorat savollari. 1 Kompyuter so’zi ma’nosi va uning vazifalarini ayting, kompyuter qachon va qanday yuzaga kelgan?


Download 48.56 Kb.
bet1/24
Sana15.02.2023
Hajmi48.56 Kb.
#1201386
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Yakuniy nazorat savollari (2)


Yakuniy nazorat savollari.
1)Kompyuter so’zi ma’nosi va uning vazifalarini ayting, kompyuter qachon va qanday yuzaga kelgan?
Komp’yuter - inglizcha so`z bo`lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u hozirda faqat hisoblovchi bo`lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma`lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi – komp’yuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma`lumotlarni qayta
ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko`pchilikning tushunchasida go`yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy komp’yuter bor xolos. Bunga albatta sabablar ko`p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy komp’yuterlar ilgari universal deb hisoblangan komp’yuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha
oshib ketganligida bo`lsa, ikkinchi tomondan ko`p masalalarni echish uchun bu komp’yuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirda komp’yuter termini ko`p uchrasada, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko`p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat komp’yuter terminidan foydalanamiz. Komp’yuterlarning
amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli komp’yuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko`rsatkichlari yuqori bo`lgani uchun, ular ko`proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda komp’yuterlarning besh guruhi keng qo`llanilmoqda.


2)COM porti va LTP porti qanday maqsadlarda qo’llaniladi?


3)BIOS ning vazifasini ayting, LPT port uchun BIOS funkciyalarini tushuntiring?
BIOS, qatiy aytganda, OT ning emas, balki SHK ning komponenta
hisoblanadi, negaki SHKda ishlatiladigan OT almashganda o’zgarmaydi (Doimiy
eslab qolish qurilmasida joylashganligi uchun).
BIOS ushbu vazifalarni bajaradi:
mashinani iniciallashtirish, ya’ni mashina tok manbasiga ulanganda, uning barcha elementlarini boshlang’ich holatga keltirish;
• testlash, ya’ni mashinada butlikni hamda apparatura va dasturli resurslarning ishga layoqatliligini tekshirish (processor, xotira, drayverlar va b.);
• operacion tizimni iniciallashtirish, ya’ni tizimli diskdan OT ning yuklovchisini o’qish;
• xizmat ko’rsatish jarayonlarini va tashqi qurilmalar bilan amallarni bajaruvchi quyi darajali dasturli va apparatli uzulishlarni qayta ishlash;
• SHK ning standart kiritish-chiqarish qurilmalarini boshqarish. SHK ning tashqi qurilmalarini boshqarish drayverlar deb ataluvchi maxsus dasturlar yordamida amalga oshiriladi.

Download 48.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling