Yakuniy nazorat savollari. 1 Kompyuter so’zi ma’nosi va uning vazifalarini ayting, kompyuter qachon va qanday yuzaga kelgan?


) FAT tizimi to`g`risida ma`lumot bering?


Download 48.56 Kb.
bet3/24
Sana15.02.2023
Hajmi48.56 Kb.
#1201386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Yakuniy nazorat savollari (2)

12) FAT tizimi to`g`risida ma`lumot bering?
Fayllarni joylashtirish jadvali (File Allocation Table - FAT) - format kodini va sektorlarni fayllarga tegishlilik to’liq haritasini o’z ichiga oladi. FAT klasterlar ro’yxati ko’rinishida tashkil etilgan (ular 2 dan NQ1 gacha nomerlanadi, bu erda N - EMD dagi klasterlarning to’liq soni), har bir klaster uchun jadvalda uning belgisini o’n oltilik kodi ko’rsatiladi: FF7 - nuqsonli klaster, 002-FFO - fayllar bilan
ishlatiladigan klasterlar, FFF - klaster faylning oxirgi qismini o’z ichiga oladi, 000 - bo’sh klaster, FF8-FFE - fayl oxiri (kam holda), yoki bo’sh. Disketada bor bo’lgan har bir fayl uchun katalogda (tizimli soxaning 3-zonasi) uning boshlang’ich klasterining nomeri ko’rsatiladi, bu boshlang’ich va keyingi klasterlarda FAT da
mos ravishda faylning keyingi klasterlari va shu tartibda oxirigacha ko’rsatilib, bunda FFF kodi (kamroq FF8-FFE kodi) ko’rsatiladi.Fayllarni joylashtirish jadvali juda muhimdir, negaki uningsiz diskda faylni ketma-ket o’qish mumkin bo’lmay qoladi (ayniqsa, agar fayl klasterlari satrlab emas, balki boshqa fayllar bilan band bo’lgan oraliqlarga yozilgan bo’lsa). Shu sababli ishonchlilik uchun FAT takror yozib quyiladi, ya’ni u ikki nusxada bo’ladi


13) Modemning turlari va vazifasi nimadan iborat?
Modemlar (MOdulyator-DEModulyator) - aniq bir aloqa kanalida ishlatish uchun qabul qilingan signallarni to’g’ri (modulyator) va teskari (demodulyator)
o’zgartirish qurilmasidir.Eng avvalo modem quyidagi vazifalarni bajarish uchun
mo’ljallangan:
 uzatishda: keng polosali impulslarni (raqamli kodni) tor polosaliga (analog signallarga) o’zgartirish;
 qabul qilishda: qabul qilingan signalni filtrlash va detektorlash uchun, ya’ni tor polosali analogli signalni raqamli kodga teskari o’zgartirish
14) Kontrollerlar deb nimaga aytiladi, shinalar nima uchun xizmat qiladi? Kontrollerlar. Komp’yuterning turli vositalari qurilmalarini boshqaruvchi elektron sxemalar kontrollerlar deb yuritiladi.
Shinalar. Shinalar operativ xotira va kontroller orasida o`zaro ma`lumot uzatish uchun xizmat qiladi. Shuning uchun kontroller platasi ona plata raz`yomiga kiritilganda shinaga ulanadi.
Zamonaviy komp`yuterlarda ikki turdagi shinalar mavjud:
ISA - turdagi shinalar, tezligi sustroq bo`lgan kontrollerlar uchun (klaviatura, sichqon, disket qurilmasi, modem, tovush kartasi va boshqalar);PCI - turdagi shina tezligi yuqori bo`lgan qurilmalar orqali ma`lumot uzatishga xizmat qiladi (vinchester, videokontroller va boshqalar). Eski komp’yuterlarda EISA, VESA (VLB) - turidagi shinalardan foydalanilgan. Hozirda ham ulardan foydalaniladi, misol uchun lokal tarmoqlarni o`zaro mos faoliyat ko`rsatishlari uchun EISA shinasi bilan ta`minlanadi.



Download 48.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling