Yakuniy nazorat savollari fanning maqsadi va vazifalari
RAZVEDKA MAQSADLARIDA FOYDALI QAZILMA KONLARINI GURUHLARGA AJRATISH
Download 42.52 Kb.
|
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI (2) развидка қилиш (3)
51. RAZVEDKA MAQSADLARIDA FOYDALI QAZILMA KONLARINI GURUHLARGA AJRATISHUmumiy qoidalar Yer osti boyliklari davlat mulki hisoblangan bozor iqtisodiyoti sharoitida, konlarni geologik-iqtisodiy baholashning bosh maqsadi – ularning zaxiralarini hisoblash uchun konditsiyalarni asoslash va mamlakat ehtiyojini qondiruvchi mineral xomashyo manbalari sifatida iqtisodiy ahamiyatini aniqlashdir. Geologiya-qidiruv ishlarining barcha bosqichlarida konlarni toʻgʻri va oʻz vaqtida geologik-iqtisodiy baholash ulardan oqilona foydalanishning asosi boʻlib xizmat qiladi. Foydali qazilmalarni qidirish bosqichidan boshlab, konlarni geologik-iqtisodiy baholash geologiya-qidiruv ishlari har bir bosqichining ajralmas tarkibiy qismidir. Qidirish va baholash ishlari tugaganidan soʻng, ularning natijalariga koʻra, tadqiqot obyektida razvedka ishlarini olib borish maqsadga muvofiqligi aniqlanadi yoki obyektni salbiy baholash asoslanadi, razvedka ishlarini olib borish navbatlari va maqsadga muvofiqligi aniqlanadi yoki bundan keyin bajariladigan ishlarning toʻxtatilishi toʻgʻrisida asosli qaror qabul qilinadi. Razvedka ishlari tugaganidan soʻng obyektning iqtisodiy ahamiyati yanada aniqlanadi, zaxiralarni hisoblash uchun konditsiyalar belgilanadi, kondagi zaxiralar tasdiqlanadi va u sanoatda oʻzlashtirishga topshiriladi. Ishlab turgan togʻ-kon korxonalarida oʻtkaziladigan ekspluatatsion razvedka ishlari jarayonida konning ayrim uchastkalari va bloklarida ularning togʻgeologik va texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini aniqlash uchun geologikiqtisodiy baholash ishlari oʻtkaziladi. Bundan tashqari, tarmoqning mineral xomashyo bazasi oʻzgarganda, togʻ korxonasi mahsulotining narxlari darajasi oʻzgarganda, yangi texnologiyalar paydo boʻlganda va kon sanoati iqtisodiyotini sezilarli oʻzgartirib yuboruvchi boshqa shart- 206 sharoitlar yuzaga kelganda, konlarni geologik-iqtisodiy qayta baholash ishlarini oʻtkazish zarurati tugʻiladi. Geologik-iqtisodiy baholash vazifalariga foydali qazilma konlarining nisbiy xoʻjalik samaradorligi va sanoatda oʻzlashtirishga jalb etish navbatini aniqlash kiradi, shuningdek, ishlab chiqarishga balansdan tashqari zaxiralarni yoki yangi konditsion ma’danlarning zaxiralarini jalb qilish yoʻli bilan, ishlab turgan kon korxonalarida ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalarini hal qilish kiradi. Foydali qazilma konlarini razvedka qilish va geologik-iqtisodiy baholash jarayonida asosan quyidagi tamoyillarga amal qilinadi. Mineral xomashyoga boʻlgan talabni maksimal darajada qondirish. Ayrim korxonalar va sanoat tarmoqlarining mineral xomashyoga boʻlgan ehtiyoji balans metodi bilan, tovar mahsulotni ishlab chiqarish va ishlatish hajmidan kelib chiqib aniqlanadi. Kerakli darajada samaradorlikni ta’minlay olmaydigan konlar, ularni ishlatish uchun muvofiq texnik va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilgunga qadar rezervda hisoblanadi. Konkret xomashyoga boʻlgan ehtiyojning optimal darajasi. Ushbu tamoyil faqat ushbu xomashyodan foydalanish koʻproq foyda keltiradigan sohalar uchun aniqlanadi. Barcha boshqa holatlarda xomashyoga boʻlgan ehtiyojni qondirish tabiiy resurslarni almashtirish va oʻzaro almashtirishni hisobga olgan holda aniqlanadi.
Download 42.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling