Yakuniy nazorat savollari fanning maqsadi va vazifalari
ZAXIRALAR KLASSIFIKATSIYSI 53. KONDITSIYA ULARNING TURLARI
Download 42.52 Kb.
|
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI (2) развидка қилиш (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 54. ZAXIRA HISOBLASH USULLARI
52. ZAXIRALAR KLASSIFIKATSIYSI 53. KONDITSIYA ULARNING TURLARIFoydali qazilmalar konditsiyasi» deb ularning sifatiga va qazib olishning togʻ-texnik sharoitlariga boʻlgan talablar yigʻindisiga aytiladi. Bu talablar konlarni muayyan davrda sanoatda oʻzlashtirishning maqbul texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini hisobga olib qoʻyiladi. Foydali qazilmalar konditsiyalari balansdagi va balansdan tashqari zaxiralarni ajratish, chegaralash hamda hisoblash maqsadlariga xizmat qiladi. Konditsiyalar vaqtinchalik va doimiy boʻlishi mumkin. Vaqtinchalik konditsiyalar baholash va razvedka qilish natijalari asosida zaxiralarni tezkor hisoblashga moʻljallangan. Doimiy konditsiyalar esa, foydali qazilmalar Zaxiralari boʻyicha Davlat Komissiyasi (ZDK)ga tasdiqlash uchun taqdim etiladigan zaxiralarni hisoblash uchun asos boʻlib xizmat qiladilar. Ikkala konditsiya turlari tarkibida quyidagilarni ajratish mumkin: 1) konlarni sanoat tomonidan oʻzlashtirishning iqtisodiy samaradorligi inobatga olingan holda aniqlanadigan koʻrsatkichlar; 2) foydali qazilmalarni qazib olishning moʻljallangan texnologiyasini inobatga olingan holda aniqlanadigan koʻrsatkichlar; 3) foydali qazilmalarni qayta ishlashning moʻljallangan texnologiyasini inobatga olgan holda aniqlanadigan koʻrsatkichlar. 211 ZDKga tasdiqlash uchun taqdim etiladigan foydali qazilma zaxiralarini hisoblash uchun doimiy konditsiyalarni ishlab chiqish qoidaga koʻra loyihalash va ixtisoslashgan ilmiy tadqiqot institutlariga topshiriladi. Bunday amaliyot yakuniy konditsiyalarning hamma koʻrsatkichlarini asoslovchi iqtisodiy hisob-kitoblar aniqligiga boʻlgan juda yuqori talablar bilan izohlanadi.
54. ZAXIRA HISOBLASH USULLARIZaxiralarni hisoblashning asosiy usullari quyidagilardir: 1. Statistik (oʻrta arifmetik) usul. Bu usul kondagi ma’dan tanasini qalinlik boʻyicha burgʻilash quduqlari yoki togʻ lahimlari bilan kesib oʻtilgandagi razvedka jarayonida qoʻllaniladi. Bunda ma’dan tanasining murakkab konturi ma’dan tanasi maydoniga teng boʻlgan plastinka shakliga, qalinligi esa razvedkaning barcha texnik vositalari boʻyicha hisoblangan oʻrtacha qalinlikka mos keluvchi bir xil figuraga keltiriladi. Ma’dan tanasining oʻrtacha qalinligi va foydali komponentning oʻrtacha miqdori barcha texnik vositalar boʻyicha ichki kontur chegarasida olingan ma’lumotlardan oʻrtacha arifmetik miqdor sifatida aniqlanadi (37-jadval).2. Geologik bloklar usuli – yetakchi geologik-sanoat parametrlari (qalinlik, miqdor, yotish sharoiti, chuqurligi, texnologik xususiyatlari va b.) yaqinligi asosida hisoblash bloklarini ajratish va chegaralab, foydali qazilma zaxiralarini hisoblash. Bu usul zaxiralarni hisoblashning juda sodda va kam mehnat talab qiladigan usullaridan biridir. Bu usulda foydali qazilma tanasining maydoni alohida bloklarga boʻlinadi. Har bir blokda alohida zaxiralarni hisoblash oʻrta arifmetik usulda amalga oshiriladi. Bloklar quyidagi belgilarga koʻra ajratiladi: 1) zaxiralar hisobi uchun turli toifa boʻyicha turli darajada razvedka qilingan bloklar ajratiladi; 2) turli navlarga mansub ma’danlar alohida bloklarga ajratiladi; 3) bloklarning ekspluatatsiyaga jalb etilish ketma-ketligi inobatga olinib ajratiladi. Kon boʻyicha foydali qazilmaning umumiy zaxirasi ayrim bloklar boʻyicha hisoblangan zaxiralarni jamlash natijasida olinadi3. Ekspluatatsion bloklar usuli – zaxiralarni hisoblashning geologik bloklar usuliga oʻxshash turi. Bu usulda bloklar ekspluatatsiya 228 davrida ajratilib, geologik bloklardan kichikroq va 2-3-4 tomonlaridan kon lahimlari bilan chegaralangan boʻladilar. Chegaralovchi lahimlar boʻyicha ma’danlarning oʻrganilganlik darajasi deyarli bir xildir4. Geologik kesimlar usuli. Kesimlar usuli bilan zaxiralarni hisoblash razvedka profillari orasida joylashgan zaxiralarni alohida hisoblash va ularni jamlash orqali bajariladi. Profil yuzasida joylashgan ma’danlarning bir metrlik qalinlikdagi tasma koʻrinishidagi zaxirasi hisoblanib, qoʻshni profil zaxirasi bilan oʻrtachasi profil orasidagi masofaga joylashtiriladi Download 42.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling