Yakuniy nazorat savollariga javoblar
Download 126 Kb.
|
YAKUNIY JAVOB o\'zbek tili
Qoʻshma soʻzlar — ikki yoki undan ortiq oʻzak morfemaning qoʻshilishidan hosil boʻlgan va yagona struktur-semantik birlikni tashkil etgan soʻzlar. Mas; koʻzoynak, bilaguzuk, uchburchak, atirgul, boʻtakoʻz, nomoz-shomgul, mehmondoʻst, balandparvoz, erksevar, jigarrang kabi. Qoʻshma soʻzlar yasalishi uchun asos boʻlgan soʻzlar oʻzlarining dastlabki maʼnolarini qisman yoki butunlay yoʻqotadi: ular birgalikda tamoman yangi lugʻaviy maʼno bildiradi. Chunonchi, osh va qozon soʻzlari alohida leksemalar sifatida oʻz lugʻaviy maʼnolariga ega. Lekin ularning qoʻshilishidan hosil boʻlgan oshqozon soʻzi mazkur soʻzlarning dastlabki maʼnolaridan farqlanuvchi yangi maʼnoni — "inson va hayvonlarning ovqat hazm qilish aʼzo-si" maʼnosini bildiradi. Qoʻziqorin, itogʻiz, oqsoch, oqsuyak, kampirchopon singari Qoʻshma soʻzlar haqida ham shunday fikrni aytish mumkin.
9. Rasmiy-idoraviy uslubboshqauslubturlaridannimasibilanfarqlanadi? Misolkeltiring. Davlatidoralaritomonidanchiqariladiganqarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqarohujjatlarrasmiy-idoraviyuslubdayoziladi. Barchaqonunlar, Prezidentfarmonlari vahukumatqarorlari, turlihujjatlar, ishqog‘ozlari, idoralararoyozishmalarvashukabilarrasmiy-idoraviyuslubdayoziladi. Rasmiy-idoraviyuslubdagaplarixchamvaaniqbo‘ladi. Bu uslubdaqarorqilindi, inobatgaolinsin, ijrouchunqabulqilinsin, tasdiqlanadikabiqoliplashganbuyruqshaklliso‘zlarvaso‘zbirikmalarikengqo‘llaniladi. 1. ANIQLIK 2. QOLIPLILIK 3. OBYEKTIVLIK 4. MANTIQIY IZCHILLIK 5. QISQALIK 10.Shevaga xosso‘zlarga 9 ta misolvauniadabiytildagiiniyozing. Xorazm (qipchoq) shevalari leksik qatlamidagi fors-tojik tiliga oid so‘zlarning ayrimlari bir ma’noli bo‘lsa, ba’zilarida ma’no kengayishi hisobiga yangi ma’no ottenkalari (semalar) paydo bo‘lganligini ko‘rish mumkin: Masalan, fors-tojik tilidagi balar- 1) to‘sin; 2) uyning tepasiga qo‘yiladigan to‘g‘ri yog‘och; varsaqi – 1) bekorchi gap; 2) ko‘p gapiradigan odam; dasmol – 1) dastro‘mol; 2) shevadagi ma’nosi: 1) qozon yuvg‘ich; 2) pol yuvishda ishlatiladigan latta; 3) laganbardor; däliz – 1) dahliz; 2) tashqari eshikdan hovlining ichkarisiga qadar bo‘lgan yo‘lak; kä:t- 1) so‘ri; 2) karavot va hakazo. Shevada leksikasida bunday so‘zlar shakl jihatdan o‘zbek adabiy tilidagi fors- tojik tildagi so‘zlarga mos kelsa-da, ma’nosi boshqa bo‘lib, omonimlarni yuzaga keltiradi. Masalan: Shevada Adabiy tilda Bälli- belgi, aniq qoyil Dars- o‘g‘it saboq Satil- go‘shtchopar sotilmoq Chat- 1)o‘tin; 2) supurgi; 3) chatmoq, ikki son orasi. Aldamoq buyruq fe’li tushuniladi. Körik- 1)tandir morisi; 2)pichoq tanlov Älpaz- aqlli bola alfoz, holat. Sandal-kavush qoqiladigan asbob tancha, pechka. Ziq- uzatmoq band. 11. Bildirishnomaningzaruriyqismlariganimalarkiradi? Misolkeltiring. Muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron-bir voqea va hodisa haqida xabardor qilish zarurati tug‘ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot. Unda, odatda, bayon qilinayotgan masalalar bo‘yicha tuzuvchi (yozuvchi) ning takliflari aks etadi. Kimga yo‘nalganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga ajraladi. Ichki bildirishnoma o‘z muassasasi rahba riga yoki bo‘lim mudiriga yoziladi. U toza qog‘oz varag‘iga qo‘lda yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi. Tashqi bildirishnoma, ya’ni muassasa rahbari tomonidan yuqori idoraga yoki mansabdor shaxsga yoziladigan bildirishnoma, odatda, xos ish qog‘oziga ikki nusxada yoziladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi muassasaning o‘zida qoldiriladi. Bunday bildirishnoma lar muassasa rahbari tomonidan imzolanadi. Bildirishnomaning zaruriy qismlari: Bildirishnoma yo‘llangan rahbarning lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda jo‘nalish kelishigidagi familiyasi. Bildirishnoma tayyorlagan shaxsning lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda jo‘nalish kelishigidagi familiyasi. Hujjat turining nomi (Bildirishnoma). Matn sarlavhasi. Bildirishnoma matni (mazmuni). Qancha varaqligi ko‘rsatilgan ilovalar ro‘yxati (agar ilova bor bo‘lsa). Bildirishnoma tayyorlovchi xodim yoki rahbarning imzosi (agar bir necha shaxs tomonidan tayyorlangan bo‘lsa, u barcha mualliflar tomonidan imzolanadi). Bildirishnoma taqdim etilgan sana (sana muallif yoki muassasa rahbari tomonidan bildirishnoma imzolanayotgan paytda qo‘yiladi). Download 126 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling