Yakuniy nazorati
Download 46.89 Kb.
|
O’zbek xalq og’zaki dramasi
Loflar tuzilishiga ko’ra sodda va murakkab bo’ladi. Sodda tuzilishdagi loflarda sujet qisqa va favqulodda yechim topish xarakterida bo’ladi. Personajlar ikkitadan oshmaydi. Bayon qilinayotgan voqealar bir joyda yuz beradi. Masalan:
« - Yangi yilni oyda kutmoqchiman! - *debdi lofchi maqtanib. - Oyga borsangiz, - debdi dehqon lofchi bo’sh kelmay, - men ekib kelgan qovun-tarvuzlardan mazza qilib eng-u, o’zimga ham ikkatasini ola keling». Bu lof sodda tuzilishga ega bo’lib, unda faqat ikkita lofchining mubolag’ah dialogi keltirilgan, xolos. Murakkab tuzilishdagi loflarda ikkitadan ortiq lofchi ishtirok etadi. Shu bilan murakkab loflar sodda loflardan farq qiladi. « - Qo’shnim xotinining zulmiga chiday olmay, o’zini 6-qavatdan tashladi, - debdi zo’r gap topganday maqtanchoq Ali lofchi. -Lekin bechora qo’shnim norasida bolalarini o’ylab, 4-qavatga yetganda yana ortiga qaytdi. He, bu gap hech narsa emas. Xotinini ko’rsa dag’illaydigan bir qo’shnim o’zini 30-qavatdan tashladi-yu, yarmiga yetganida parashyut esiga tushib, qaytib chiqdi, —debdi Vali lofchi. Shu ham gap bo’ldi-yu, - deb gapni ilib ketibdi Soli lofchi. -Xotinidan o’lguday qo’rqadigan bir tanishim o’zini endi 7-qavatdan yerga otaman deb turganida, xotini ko’rib qolib: —«Hoy, ortingga qayt!» — degan ekan, u 2-qavatga yetganida, yana bir sakrab, 7-qavatga, xotinining oldiga chiqib ohbdi». Ana shunda loflami eshitib turgan Mamarayim: « O’sha sen ko’rgan odaming men edim»,— degan ekan. Ko’rinib turibdiki, har bir lofchi o’ziga xos mubolag’a yo’lini tanlab, bir-birini yengishga, gapda g’olib chiqishga harakat qiladi. Shu holat lofning asosiy mohiyatini tashkil etadi. Murakkab loflar sodda loflarga qaraganda juda kam uchraydi. Loflami mavzu yo’nalishiga ko’ra ikkiga bo’Ub o’rganish mumkin: Siyosiy loflar. Ijtimoiy-maishiy loflar. Siyosiy loflarlarda xalq vakillaridan tanlab olingan Boqi-Soqi yoki Esboy-Bekboy obrazlari orqali siyosiy tus olgan voqealar mubolag’alashtirilib keltiriladi. Ularda siyosiy ruh, siyosiy kayfiyat, voqelikka siyosiy munosabat ustunlik qiladi: «Amerikalik» sug’urtachi lofchilar bilan toshkentlik lofchi sug’urtachilar uchrashib qolishibdi: - Ishni hal etishda hech kim bizga teng kelolmasa kerak, - debdi toshkentlik lofchi. - Bizda dushanba kuni vafot etgan mijozning merosxo’ri seshanba kuni ertalab sug’urta pulini sanab olaveradi. — Namuncha imillamasalaring, — debdi xorijlik lofchi. — Idoramiz osmono’par binoning 45-qavatida joylashgan. O’tgan hafta bir mijozimiz 70-qavatdan o’zini tashladi. Biz esa unga derazamiz oldidan uchib o’tayotganida aqcha chekini qo’liga tutqizib yubordik». Bu lofda jamiyat qusurlari-sansolarlik, buyruqbozlik, qog’ozbozlik kabi illatlar ustidan kulinmoqda. Ijtimoiy-maishiy loflar uyda, ko’cha-ko’yda, o’zaro qo’ni-qo’shnichilikda, ma’lum qishloq aholisi o’rtasida do’st-birodarlar orasida bo’ladigan mubolag’ali hangomalardan tashkil topadi. Download 46.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling