Yakuniy nazorati
Download 46.89 Kb.
|
O’zbek xalq og’zaki dramasi
III. «Fonus xayol yoki soya» qo’g’irchoq teatri. Bu teatrda tomoshalar qo’g’irchoq yoki qo’l barmoqlarining soyasini devorga tushirib, turli-tuman shakllar hosil qilish orqali namoyish qilingan.
Ana shu uch turdan tashqari qo’g’irchoq teatrining yana bir shakli ham borki, unda ijrochi hamda qo’g’irchoq teng turishib tomosha ko’rsatishadi. Tomosha ularning dialogidan tashkil topadi. Har qalay bu hodisani qo’g’irchoq teatrining to’rtinchi turi sifatida e’tirof etish oyinga aylanib bormoqda. Biroq mazkurto’rt turning faoli va keng tarqalgani hamda qadimiysi «Chodir jamol»va «Chodir xayol» bo’lib, ulardagi chodir va peshtaxta (sandiq) mohiyatini Husayn voiz Koshifiy snunday ta’riflaydi: «Agar chodir (xayma) nimaga ishora qiladi, deb so’rasalar, bu inson badaniga ishora, deb javob bergil. Chunki inson ichidan har lahzada yuz xil qo’g’irchoqlar bosh ko’taradi va tilga kiradi. Bu xayma, ya’ni badan ichida turli fe’1-ravishlar bo’lsa-da, biroq bularning hammasi yagona qudratning san’ati, ijodidan boshqa narsa emas. Agar peshtaxta (sandiq) nimaga ishora etadi, deb so’rasalar, odamizod qalbiga ishoradir, deb aytgil. Zero, qalb ajoyib sandiq bo’lib, odamning ahvoli, xislatlaridan nishona berib turadi».81 Demak, chodir va peshtaxta (sandiq) inson tashqi va ichki olamini ifodalovchi ramziy vositalar sifatida qo’g’irchoq teatrining falsafiy-estetik mohiyatining zuhuroti sanaladi. Qo’g’irchoqbozlarning repertuari rang-barang. Ularda, asosan, zulm va zo’rlik, hukmron tabaqa vakillarining noxush kirdikorlari, tovlamachi, ikkiyuzlamachi va munofiq kishilar hajv qilinadi. Shu bilan birga, qo’g’irchoqbozlar repertuarida xalq orasida ba’zan ertak, hajviya, hikoya va latifalar sujeti, qolaversa, mavjud hayot voqeligini aks ettiruvchi zamonaviy yangi pyesalar ham uchrab turadi. Ular yuksak g’oyaviyligi, o’tkir hajviy vazifani o’tashi bilan e’tiborni o’ziga tortib turadi. Yangi pyesalarda ham an’anaviy Kachal Polvon va uning xotini Bichaxonlar bosh obraz sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Bu esa, xalq komediyasining yozma adabiyotga ko’rsatayotgan samarali ta’siri natijasidir. Sh.Sa’dullaning «Kachal Polvon yoxud yog’och qo’g’irchoqning sarguzashtlari» ertak-qissasi va shu asosda yaratilgan multfilm buning yorqin dalili sanalishi mumkin. Qo’g’irchoq teatri jahon xalqlarining barchasida mavjud umumfolkloriy hodisadir. Har bir xalqning o’z milliy ruhiyatini ifodalovchi milliy qahramoni bor. Endilikda xalqona qo’g’irchoq teatrlari ham professional teatrlarga aylana bormoqda. Ular qo’g’irchoq teatrlari arboblarining xalqaro ittifoqi (UNIMA) atrofiga uyushganlar. UNIMAning esa hozirgacha XII kongressi va qator festivallari bo’lib o’tdi. Ularda qo’g’irchoq teatrlari taraqqiyotining o’ziga xos tamoyillari belgilanib, ijro mahoratini tobora takomillashtirish va tajriba almashtirishga qaratilgan tanlov — ko’riklar ijobiy natijalar bermoqda. Askiya. Askiya istilohi arabcha «zakiy» so’zidan olingan bo’lib, «so’zamol zakovatli, o’tkir zehnli» degan ma’nolarni anglatadi. Askiya istilohi «zakiy» so’zini ko’plik shaklida «azkiyo» deb qo’llashdan va keyinchalik talaffuzda «z» tovushining jarangsizlanishi oqibatida kelib chiqqan. Askiya - o’zbek folklorigagina xos jam. Bu jam boshqa xalqlar folklorida uchramaydi. Shu jihatiga ko’ra askiya o’zbek folklorining janrlar tizimida alohida diqqatni tortadi hamda o’zbek folklorining milliy o’ziga xos tarkibini belgilaydi. U, asosan, to’y-tomoshalarda, xalq yig’inlarida, sayllarda, bayramlarda, gap-gashtaklarda ijro etiladi. Askiya — so’zga chechan, hozirjavob, hazil-mutoyibaga moyil, zakovatli, topqir, badihago’y kishilar ma’naviy musobaqasidir. Shuning uchun askiya professional ijroga moslashgan. Askiya ijrochilari askiyaboz, askiyachi deb yuritiladi. Askiya aytishuvida har kirn ham ishtirok etavermaydi, chunki askiyachilikda so’z o’yiniga usta, so’z va jumlalardagi ko’chma ma’noni ilg’ab olishga qodir, hozirjavob, shama’ va piching qila bilish san’atkorligiga ega bo’lish talab etiladi. Zero, askiya so ‘z va jumlalardagi tagdor kesatiq, istehzo, piching, pisanda, mazax, shama’ va boshqa yumorga moyil rang-barang ko’chma ma’nolarni ilg’ab olib, unga munosib javob topa bilishdan iborat so ‘z о yini san ‘atidir. Askiya tarafma-taraf bo’lib ijro etishga asoslangan. Tarafma-taraf bo’lib askiya aytishni boshlagan askiyabozlarni tinglovchilar ommasi kuzatib turadi va tomonlardan qay biri mantiqli ilmoqli luqmasi bilan ustun kelsa, kulgi-qahqaha bilan ularni ma’qullab, chapak chalib, oiqishlab boradi. Shu xususiyati tufayli askiya tomonlar tortishuviga aylanib boradi. Askiyaning badiiy qurilishi tugallangan ikki fikrning bir-biriga qarshi qo’yilishidan tashkil topadi. Undagi har bir fikr o’ziga xos tugunga va yechimga ega bo’ladi. Qarshi qo’yilayotgan fikrlar o’zaro bir-birini inkor etishi yoki tasdiqlashi, yoxud kuchaytirishi kerak. Har bir askiya asosida satira va yumor teng yotadi. Chunki askiyada, albatta, ikki xil kulgi tug’iladi. Ya’ni tomonlardan biri yaramas illatlarni ochish uchun ramziy yoki ko’chma ma’nodagi so’z va iboralarni qo’Uaganda, zaharxanda (satirik kulgi) ko’tarilsa, shu paytda uning fikri qaratilgan ikkinchi tomondagi askiyachilardan biri noqulay holatga tushib qoladi. Bu kulgi - yengil, beg’ubor yumonstik kulgini tashkil etadi. Bunday kulgini hosil qilish uchun kinoya ishlatiladi, u yoki bu so’z, ibora kuchaytiribroq, bo’rttirib qo’llaniladi. Raqib tomon askiyachisi kulgili narsa yoki hodisalarga qiyoslanadi. Askiyaning har xil turlari mayjud. Shulardan eng keng tarqalgan, an’anaviylashgani payrovdir. Payrov — muayyan mavzu atroflda ijro etiladi. Masalan, mevalar nomi, kino nomlari, parranda, qushlar, fasllar, badiiy asarlar nomi payrovlarga mavzu qilib keltirilishi an’anaga aylangan. Payrovlaming hajmi har xil, sujeti sodda bo’ladi. Payrovda biror-bir so’z, atama chertib aytiladi va u garchi o’z ma’nosida qo’llanayotgandek tuyulsa-da, aslida ko’chma ma’noni bo’rttirib ifodalab keladi. Payrovlar boshlama va tugallanma qismlardan iborat bo’ladi. Uning boshlamasida, asosan, tarafkashlar belgilanadi. Haqiqiy payrov esa mavzu oydinlashgandan keyin boshlanadi. Payrovda belgilangan mavzudan uzoqlashmaslik shart. Bu payrovda bellashayotgan, tortishayotgan tarafkash askiyabozlar uchun ma’lum qoidaga aylangan. Shuning uchun askiyaboz belgilangan mavzudan uzoqlashsa, pala-partish so’z aytsa, payrov buzilgan va yengilgan hisoblanib, askiya to’xtatib qo’-yiladi. Payrovda yana askiyachining «raqib»iga aytgan so’z va jumlasi ko’chma ma’no kasb etishi shart. Shuningdek, askiyachi o’z nutqida turli badiiy tasvir vositalaridan ham unumli foydalana olmog’i Iozim. Askiya payrovlaridan askiyaboz o’z «raqibi»ning fe’li — sajiyasiga, xulq-atvoriga, qiliqlariga, tashqi ko’rinishiga, portretiga mos laqabni topa olishi va ularni so’z o’yini orqali sha’ma qilib o’tishi kerak. Bularning bari payrov askiyaning tabiatini belgilab turadi. Askiyaning ichki turlarini «Bo lasizmi?», «O’xshatdim», «Gulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz?», «Safsata», «Qofiya», «Radif» kabi kichik, ixcham, savol-javob shakliga ega bo’lgan namunalar tashkil etadi. Payrovga nisbatan oldinroq shakllangan askiyaning bu turida dialog kompozitsion asos hisoblanadi. Ulardagi savol-javoblarining har biri kichik hajmdagi epizodlardan tashkil topadi. «O’xshatdim», «Bo’lasizmi?», «Gulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz» tipidagi askiyalar bir xil xarakterda bo’lib, ularda o’xshatish orqali bir-birini tanqid qilish shakli namoyon bo’ladi. Tanqidga mo’ljal bo’lgan askiyaboz kulgili narsalarga - jonivorlarga, gul turlariga o’xshatiladi. Unga qarshi tomon ham shu xilda javob qaytaradi. Ularda satira, tanqid alohida o’rintutadi. «Safsata» tipidagi askiyalarda tarafkashlarning piching yo’lida aytgan hazili namoyon bo’ladi. Askiyaning yana bir turi «Tutal», «Rabbiya» shakllari hisoblanadi. «Tutal» va «Rabbiya» ko’pincha she’riy yo’lda aytilishi bilan askiyaning boshqa turlaridan ajralib turadi. Askiyaning tutal usulida yumshoq kulgi hukmronlik qiladi. Askiyalar mavzusi va g’oyaviy yo’nalishi jihatidan ikkiga bo’linadi: Ijtimoiy-siyosiy ma’nodagi askiyalar. Maishiy-tarbiyaviy mazmundagi askiyalar. O’tmishda yaratilgan askiyalarning aksariyati ijtimoiy-siyosiy ma’no kasb etganligi kuzatiladi. Ularda ko’proq o’tmishdagi og’ir hayot, insonning insonga zulm o’tkazishi, yuqori tabaqa vakillarining, amaldorlarning xalqqa yetkazgan jabr-u jafosi, turli nayranglari hajv qilingan. Askiyalar hozirgi davrda ham faol yaratilmoqda. Hozirgi davr askiyalarida, asosan, istiqlol zamonasi bunyodkorligi, milliy hurlik baxsh etgan farovon hayot haqida gapiriladi. Askiya kishining ruhini ko’taradi, uni ma’naviy g’alabalar sari da’vat etadi. Shu sababli xalq askiyani sevadi. Askiyada badiiy ko’chimning har xil turlarini, bundan tashqari, istiora, o’xshatish, sifatlash kabi badiiy tasvir vositalarini hamda tanosib, tajnis, mubolag’a singari ifoda vositalarini uchratish mumkin. Masalan: G’oyib aka: — Qanday o’rik yeyman axir, siz bog’ninng o’rtasida turib, olma, olma, deysiz-u! Askiyada majoziy ma’noni kuchaytirish maqsadida omonim so’zdan unumli foydalanilgan. Omonim so’zlar vositasida iyhora san’ati qo’llangan. Askiyadagi «Olma» so’zi bir o’rinda meva nomini, ikkinchi o’rinda esa buyruq fe’lini bildirib kelmoqda va lining yordamida, birinchidan, kulgi obyekti aniqlanayotgan bo’Isa, ikkinchidan, holat komizmi vujudga keltirilgan. Ba’zan askiyalarda ayrim so’zlarning o’rni ataylab almashtiriladi yoki buzib aytiladi. Bunday holatda u yoki bu belgiga shama’ qilinadi. Urg’u tushgan so’z yoki jumla esa kulgi qo’zg’aydi. Masalan: «Mamayunus aka uxlab yotgan Erka qorini asta turtib: — Turing, Qori aka! Kurotga (kurort) keldingiz! — dedi. Erka qori yostiqdan boshini ko’tarar ekan, shoshib-pishib, paypaslanib, derazadan tashqariga qaragan bo’ldi-da, darhol yuzini Mamayunus aka tomonga burib: — Hovliqmay qoling, Mamayunus!. Sho’rtepa-ku, — dedi.» Askiyada «kurort» so’zi ataylab buzib aytilgan. «Sho’rtepa» so’zi esa gap boshlagan askiyachining kal ekanJigiga ishora qiladi. Shu so’zlar yordamida askiya yengil, xushchaqchaq kulgi qo’zg’aydi. Bunday askiyalarda askiyachilaming portreti, fe’1-atvoriga aloqador ayrim chizgilarni ham bilib olish mumkin bo’ladi. Jumladan, yuqoridagi askiyaning birinchi qismida askiyachining ko’zi ojiziigiga ishora qilingan bo’Isa, ikkinchi qismida raqib askiyachining kal ekanligiga shama’ qilingan. Ba’zi askiyalarda bir narsaning turli belgilariga ishora qilinganligini kuzatish mumkin. Masalan: Tursun buva: — Paxta terimi normangizni nega bajarmaysiz desam, eski «vavag’» ekansiz-da. Qodirjon aka: — O’zlari qora taxtani qo’noqqa aylantirib olibdilar-u, yana bizga tullaklik qiladilar.» Askiya payrovida ishlatilayotgan «vavag», «tullak» so’zlarining har ikkalasi ham bedanani anglatadi. Payrovda ular o’z ma’nosida emas, ko’chma ma’noda qo’llanib, tortishuvda majoziy ma’no kasb etib, ish o’rniga gap sotadigan dangasalarning safsatasi bedana sayrashiga o’xshashligini hamda o’ta mug’ambir, ayyor kimsalar tullak bedana kabi ekanligini ta’kidlash uchun xizmat qilmoqda. Askiya professional ijroga asoslangan janrdir. Xalq orasida o’tkir didli askiyachilar yashab o’tganligi ma’lum. Jumladan, marg’ilonlik Yusufjon qiziq Shakarjonov (1869-1959), qo’qonlik Erka qori Karimov (1880-1956), Mamayunus Tillaboev, Komiljon Pvahimov (1905-1964), Oxunjon qiziq Huzurjonov (1903-1967) va boshqalarni eslatish mumkin. Xullas, askiya ijtimoiy hayot hodisalari, ayrim siyosiy muammolar, odamlarning turmush tarzi, o’zaro muomala-munosabati, yaxshi-yomon odatlari, orzu-istaklari asosida yaratiladigan ixcham va kulgili asarlardir. U aytuvchi va tinglovchilarga cheksiz zavq-shavq, ta’limiy-tarbiyaviy ozuqa baxsh etadi, kishilarni hozirjavoblikka, badihago’ylikka etaklaydi. Lof. Lof — o’zbek xalq og’zaki ijodining o’ziga xos, alohida mustaqil janrlaridan biridir. Uning tabiatida epiklik va dramatiklik o’zaro uyg’unlashib ketganligi tufayli lof epizodik og’zaki drama namunasi sifatida ko’zga tashlanadi. Loflar sahnaga mo’ljallangan, satira va yumorga asoslangan, tomoshabinlar guruhining mavjud bo’lishini taqozo etadigan asarlar bo’lib, ular o’ziga xos ijro usuliga ega. Loflar askiyalar kabi so’zga chechanlik va hozirjavoblikni talab etadi. Harakatning kontrast asosida qurilganligi-yu, kuchli mubolag’aga asoslanishi bilan alohida ajralib turadi. Loflar kishida bir lahzalik kulgu uyg’otib, unga cheksiz zavq-shavq bag’ishlashi bilan diqqatga sazovordir. Ularning sujeti dialog asosida quriladi. Lof aytish mubolag’ali savol-(epizod)ga undan kuchliroq mubolag’aviy mantiqiy javob qaytarishdan iborat so’zga chechanlik musobaqasi shaklida namoyon bo’ladi. Lofchilarning so’zamollik bobidagi tortishuvi bevosita lofni yuzaga keltiradi. Loflar hech qanday kirishlarsiz boshlanadi. Sujet yechimi esa latifalarnikidek favqulodda yuz beradi. Loflar odatda ikki qismdan tashkil topadi: Birinchi qismida biror voqea yo hodisa boshlovchi tomonidan bo ‘rttirilgan holda bayon etilsa, ikkinchi qismida esa ikkinchi lofchining undan-da oshirib-topilgan javobi keltiriladi. Shu tariqa loflar sujeti birikib, yaxlit kompozitsiyali asarni tashkil etadi. Loflarda badiiy shartlilik asar sujetining epizodik shaklda bo’lishi, voqealarning kechish vaqti, personajlarning xatti-harakati, nuqtalarning yagona maqsadga yo’nalganligi, yagona g’oyani ifodalashga bo’ysundirilganligida namoyon bo’ladi. Lof janri, asosan, qiziqchi va askiyabozlar, shuningdek, talantli, hayotiy tajribaga boy kishilar orasida shakllangan va ijro etilgan. Loflarda ko’pincha notabiiy voqealar, salbiy belgilar kulgi ostiga olinadi. Lofchilik, lof urish, lof aytish, lofbozlik o’z sajiyasiga binoan xalq og’zaki san’atining askiya, qiziqchilik masxarabozlik, latifago’ylik turlariga juda yaqin turadi. Lofchilar ustoz-shogirdlik munosabati orqali maxsus tayyorgarlikdan keyin yetishib chiqqan. Hozir so’zga chechan kishilar tomonidan u keng ijro etilaveradi. Lof kishilarning o’zaro suhbatida ham tez-tez ishlatiladi. Bu esa loflarning kelib chiqish tarixi ijtimoiy zaruriyat bilan bog’liqligini ko’rsatadi. Masalan, sovchilar nutqida lof ko’p uchraydi. Ular kelin va kuyovning maqtovini keltirishda lofdan obdon foydalanishadi. Loflarning mavzu ko’lami keng qamrovlidir. Ular mazmunan ijtimoiy hayotning barcha tomonlarini qamrab oladi. Loflarda insonlarga xos go’zal fazilatlar ulug’lansa, ayrim shaxslarga xos yaramas xatti-harakatlar hajv ostiga olinadi. Jamiyatda uchraydigan illatlar ham loflarda satira tig’i bilan fosh etiladi. Download 46.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling