Tadbirkorlik subyektlari tomonidan shartnomalarni ogʻzaki va elektron shaklda tuzishning huquqiy oqibatlari nimalarga sabab boʻladi? (15 ball)
KAZUS № 4
Koreyalik fuqaro Pak Toshkentga turistik sayohat qilish davomida unda yurtimizda tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagi paydo boʻldi. Shu sababli mahalliy tadbirkorlar, Chorsuda savdo qiluvchi, poliz mahsulotlari yetishtiruvchi dehqonlar bilan suhbatlashdi. Atrofdagi baʼzi dehqonlar dehqon xoʻjaligi tashkil etish maqsadga muvofiqligi, ayniqsa, hozir fermer xoʻjaliklaridan boʻshab qolgan yerlar Prezident qarori bilan dehqonlarga berilayotganligini taʼkidladi.
Boshqa tomondan esa, chet el fuqarosi tadbirkor boʻlishi shart emasligini, buning uchun sarmoya boʻlsa biror tadbirkorga qarzga berishi yoki bankka omonatga qoʻyishi yoxud aksiya sotib olishi eng yaxshi yoʻl boʻlib, har oyda foyda olishi uning tadbirkroligini bildirib soliq ham toʻlash shart emasligini bildirishdi.
Yana bir tomondan esa hozirgi kunda oʻzini-oʻzi band qilish asosida daromad topish mumkinligi, bu ham bir tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli ekanligi, ayniqsa, “Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini ekish va parvarish qilishda, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini yig‘ib olishda dehqon va tomorqa uchastkalari egalariga yordam berish” faoliyati bilan shugʻullansa soliq ham toʻlamay bemalol tadbirkor boʻlishini tushuntirishdi.
Koreyalik fuqaro bunday imkoniyatdan foydalanish uchun Sizga yuridik maslahat soʻrab quyidagi savollar berdi:
Koreyalik fuqaroning dehqon xoʻjaligi tashkil etishi imkoniyatlarini tahlil qiling? U ham Prezident qarori bilan fermer xoʻjaliklaridan boʻshab qolgan yerlarni ijara asosida tadbirkorlik qilishi mumkinmi? Javobingizni asoslang. (15 ball)
Ushbu holatga koʻra oʻzini-oʻzi band qilish va yakka tartibdagi tadbirkorlikning oʻzaro farqli va oʻxshash jihatlarini tahlil qiling. (15 ball)
Koreyalik fuqaroga qonunchiligimizda mavjud boʻlgan eng maqbul tashkiliy-huquqiy shakllardan qaysi birini tavsiya etgan boʻlar edingiz? Javobingizni asoslang. (15 ball)
Do'stlaringiz bilan baham: |