Ushbu holatga koʻra litsenziyalovchi organ talabini tahlil qiling. (15 ball)
Yuqorida keltirilgan vaziyatda MCHJ litsenziya talabini bajarmagan taqdirda uning faoliyati toʻxatilishi, tugatilishini tahlil qiling. (15 ball)
Ushbu holatda tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun noqulay boʻlgan qonunchilikdagi oʻzgartishlardan kafolatlar prinsipi qoʻllanilishini tahlil qiling. (15 ball)
Mazkur holatdan kelib chiqib MCHJga tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi berilishi masalasida fikringizni bildiring. (15 ball)
KAZUS № 9
Fuqaro Olimov tadbirkorlik faoliyatini boshlash hamda yuritish maqsadida davlat roʻyxatidan oʻtish uchun DXMga murojaat qildi, tashkiliy huquqiy shakli oilaviy tadbirkorlik boʻlishini maqsad qilgan fuqaro Olimov jismoniy shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtishini bildirdi.
Ammo DXM fuqaro talabini rad etdi va vaj sifatida uning olib bormoqchi boʻlgan faoliyati, yani metallardan va toshlardan zargarlik buyumlarini yasash, zargarlik buyumlarini ta’mirlash, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun moʻljallangan boʻlib, oilaviy tadbirkorlik faoliyati subyektlari shugʻullana olmasliklarini asos sifatida keltirdi. Qolaversa, oilaviy tadbirkorlik faoliyatida xodim olish mumkin emasligi va yordamlashuvchi oila a’zolarining yoshi mos emasligi ham keltirib oʻtildi.
Bundan tashqari, fuqaro Olimov taqdim etgan hujjatlarda ustav kapitalining miqdori, oilaviy korxonani tashkil etishda ishtirok etuvchi subyektlar mavjud emasligi, boshqaruvda oʻzi emas boshqa oila aʼzosini keltirganligi notoʻgʻri deb tushuntirildi.
Mazkur vaziyatda:
Ushbu holatdan kelib chiqib oilaviy tadbirkorlikni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda mehnat munosabatlarini yuritish tartibini tahlil qiling. (20 ball)
Jismoniy shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan oilaviy tadbirkorlik subyekti qanday faoliyat turlari bilan shugʻullana oladi? (20 ball)
Do'stlaringiz bilan baham: |