Mazkur vaziyatda oilaviy tadbirkorlikda yosh senzi, yoshlar mehnati va oilaviy korxonani boshqarish masalasini tahlil qiling? (20 ball)
KAZUS № 10
Fuqaro Odilov MChJ tashkil etishni va IT sohasida oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshlash maqsadida davlat roʻyxatidan oʻtmoqchi boʻldi, kerakli hujjatlarni shakllantirgach hududdagi DXMga murojaat qildi. Ammo DXM organi xodimi mazkur subyektni davlat roʻyxatidan oʻtkazish maqsadga muvofiq emas, jamiyatda ushbu turdagi tadbirkorlik faoliyati subyektlari miqdori oshib ketganligini vaj qilib davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etdi.
Ammo fuqaro Odilov “Silver” MChJ nomi ostida oʻz biznesini davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan faoliyatni boshlab yubordi. Oradan 4 oylik muddat oʻtgandan soʻng tegishli vakolatli davlat organlarining tekshiruvi asosida “Silver” MChJ 4 oy davomida noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotganligi aniqlandi. Qolaversa, qoʻshimcha tarzda soliqlar oʻz vaqtida toʻlab borilmaganligi ham qayd etildi. Ushbu holat yuzasidan MChJ ga nisbatan Jinoyat kodeksining 188 va 184-moddalarini asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Ammo Fuqaro Odilov yuridik shaxsga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilab boʻlmasligi hamda u jinoiy javobgarlikka tortilmasligini aytib e’tiroz bildirdi.
Mazkur holat yuzasidan:
Ushbu holatdan kelib chiqib tadbirkorlik faoliyati tushunchasini tahlil qiling? (20 ball)
Tadbirkorlikni davlat roʻyxatidan oʻtkazmaslik sabablari nima boʻlishi mumkin? (20 ball)
Tadbirkorlikni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan amalga oshirishda qanday javobgarlik nazarda tutiladi? Huquqiy asoslantiring. (20 ball)
KAZUS № 11
Fayziyev Ulugʻbek qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish bilan shugʻullanish maqsadida 2016-yilda “Hosil Nur” fermer xoʻjaligini tashkil qildi va davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. Ushbu fermer xoʻjaligiga 160 gektar yer ajratildi va bu yerda Fayziyev Ulugʻbek chorva mollarini koʻpaytira boshladi. 4 yillik faoliyatdan soʻng fermer xoʻjaligi ishlari yurishib, Fayziyev Ulugʻbek faoliyatini kengaytirishni maqsad qildi va qurilish uchun ishlatidigan asbob-uskunalar savdosi va veterinariya sohasida mutaxassislarni jalb qilib veterinatiya faoliyati bilan shugʻullanishni boshladi. Oradan 3 oy oʻtgach, tegishli davlat organi tomonidan tekshirish olib borilib, fermer xoʻjaligi noqonuniy faoliyat olib borayotganligi, fermer xoʻjaligi qurilish uchun ishlatadigan asbob-uskunalar savdosi va veterinariya faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin emasligini, bu qonun bilan tartibga solinganligi va qolaversa Fayziyev Ulugʻbek bu faoliyat bilan shugʻullanishi uchun boshqa tashkiliy huquqiy shaklni tanlashi kerakligi aytildi. Veterinariya faoliyati bilan shug'ullanish uchun litsenziya olish zarurligi, litsenziyalash boʻyicha qonunchilik talablariga rioya etilmaganligi uchun javobgarlik borligi ham aytildi. Shuningdek, shugʻullanmoqchi boʻlgan faoliyati korxonaning ustavida aniq koʻrsatilgan boʻlishi kerakligi ham ta’kidlandi. Bunga Fayziyev Ulugʻbek e’tiroz bildirib, tadbirkor sifatida istalgan faoliyat bilan shugʻullanishi mumkinligini, buni ustavda koʻrsatish shart emasligini aytdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |