Yakuniy nazoratni topshirish boʻyicha koʻrsatmalar
Download 190 Kb.
|
Biznes huquqiy YAKUNIY
KAZUS № 8
Janubiy Koreyaning “Migration” kompaniyasi Oʻzbekistonda 2019-yil 10-yanvar kuni oʻzi 100% ulushga egalik qiluvchi “Work in Korea” MCHJni ta’sis etadi va ushbu MCHJni Farg‘ona shahar davlat xizmatlari markazida yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazadi. Tadbirkor ushbu MCHJ orqali xorijdan ish qidirayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini Janubiy Koreyaga ishga joylashtirish boʻyicha qonuniy va sifatli xizmatlar koʻrsatishni asosiy maqsad qiladi. 2018-yil 16-oktyabrdagi “Xususiy bandlik agentliklari toʻg‘risida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan bunday faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olish talab etiladi. Qonun talablariga koʻra, bunday litsenziyani olishning shartlaridan biri sifatida litsenziya talabgori 50,000 AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasida zaxira qilib qoʻyish lozim boʻladi. Shu talabdan kelib chiqqan holda hamda oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur mablag‘larni shakllantirish maqsadida Tadbirkor MCHJning ustav fondini 100 ming AQSH dollari miqdorida belgilaydi va Tadbirkor oʻz ulushini 2 oy ichida MCHJning hisobraqamiga pul koʻrinishida toʻliq kiritadi. Shundan soʻng ushbu MCHJ Oʻzbekiston fuqarolarini Janubiy Koreyaga ishga joʻnatish uchun tegishli tartibda litsenziya oladi va faoliyatini yurita boshlaydi. Ammo, keyinchalik 2020-yilning avgust oyida “Xususiy bandlik agentliklari toʻg‘risida”gi Qonunga oʻzgartirish kiritiladi va litsenziya talablari ham oʻzgartiriladi. Qonunchilikdagi oʻzgartirishlar natijasida, endilikda bunday faoliyatni amalga oshirishga litsenziyaga ega boʻlish uchun korxonaning ustav fondi bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming besh yuz baravari miqdoridan (salkam 200 ming AQSH dollaridan) kam boʻlmasligi talab etiladi. Litsenziyalovchi organ (Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi) tomonidan MCHJga qonunchilikda yuzaga kelgan oʻzgartirish haqida ogohlantirish xati yuboriladi va ustav kapitalini tegishli miqdorda shakllantirib, Maxsus fondda MCHJ tomonidan zahiralangan summaga qoʻshimcha mablag‘larni kiritish lozimligi talab etiladi. Bu esa tabiiyki Koreys kompaniyasi (Tadbirkor) uchun MCHJning ustav fondini koʻpaytirish uchun qoʻshimcha 100 ming AQSH dollari miqdoridagi investitsiya kiritishni taqozo etadi. Tadbirkor oʻzi mablagʻini kiritgan paytda qonunchilikda bunday talab boʻlmaganligini, bunday oʻzgartirish unga nisbatan qoʻshimcha tashvish keltirganligini roʻkach qilib Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga e’tiroz bildiradi. Shuningdek, bunday talablar qoʻyilsa Tadbirkor faoliyatini yakunlashi va MCHJni tugatishi mumkinligini bildiradi. Download 190 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling