Yakuniy uchun savollar


Pedagogik texnika haqida tushuncha


Download 74.92 Kb.
bet4/9
Sana05.05.2023
Hajmi74.92 Kb.
#1426692
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
tarbiya sessiya

Pedagogik texnika haqida tushuncha -bu avvalo, o'qituvchining mahoratini belgilovchi kasbiy ko'nikmalar hisoblanadi , ya’ni uning savodli va ifodali so'zlay olishi , o'z fikr-mulohazasini va bilimini tushunarli tilda ta’sirchan bayon qilishi , his-tuyg'usini jilovlay olishi , o'zining shaxsiy xususiyatlariga xos mimik va pantomimik qobiliyatlarga ega bo'lishi , aniq imo-ishora , ma’noli qarash rag'batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum , so'zning cheksiz qudrati orqali o'quvchilar ongiga va tafakkuriga ta’sir o'tkazishi , hozirjavoblik psixologik bilimlarga ega bo'lishi kabilardir.
31.O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muomalasining mohiyati.
Pеdagogik muomala-bu o`qituvchining o`quvchi (talaba)larga ta'sir o`tkazish usullarining muayyan tizimini aks ettirishdir.

- hamkorlik ishtirokchilarining o`zaro axborot almashuvi;

-turlicha kommunikativ vositalar yordamida o`qituvchi tomonidan o`quvchi (talaba)lar bilan o`zaro ta'sir va o`zaro munosabatlarni tashkil qilish;

-muayyan maqsadni dasturiy asosda amalga oshirishni rеjalashtirish va o`tkazish funktsiyasini bajarish kabilar.muomala va shaxslararo munosabatlarda talaba bilan o`qituvchi o`rtasida turli darajadagi ayrim nizoli holatlar ucharab turadi:

- o`qituvchi bilan o`quvchi (talaba)o`rtasida fikriy yakdillikning yo`qligi,

-foyda, naf to`g`risidagi ijtimoiy muammoda shaxsiy fikriy qarama-qarshilik mavjudligi,

-ayrim ma'naviy to`siqqa ega ekanligi,

-narsa va hodisalarning shaxsiy ma'no kasb etishi,

-ehtiyojlarning nufuzliligi,

-faoliyat, muomala, xulq uyg`unligining buzilishi kabilar.


32. O‘qituvchi muomala subyekti sifatida.
Pedagogik muomala ijtimoiy psihik jarayon sifatida quyidagi vazifalarga yo’naltirilganligi bilan harakterlanadi:


  • shahsni anglash;


  • o’zaro o’rin almashish (o’quvchi - o’qituvchi);


  • hamfikrlik;


  • o’z – o’zini anglash;


  • o’zaro ahborot almashish.



Maktabda ikki asosiy sub’ekt – bu o’quvchi va o’qituvchi. Ularning darsda, sinfdan tashqari ishlar jarayonida va kundalik turmushdagi muomalasi o’quv-tarbiya jarayoni samaradorligining muhim sharti, o’quvchi shahsini shakllantirishning asosiy vositasi hisoblanadi.
Hatto, ta’limning barcha jabhalarida yangi pedagogik tehnologiya usullari, ta’limni liberallashtirish, ta’limda o’z–o’zini boshqarish g’oyalari keng joriy etilayotgan hozirgi davrda ham o’quv–tarbiya jarayoniga nisbatan avtoritar – buyruqbozlik yoki imperativ munosabatlarga oid dalillarga duch kelamiz.
Ba’zan, maktab rahbarlari orasida ”Men bir o’zim butun o’quvchilar bilan kurash olib boryapman, aslida hamma birgalikda kurashishi kerak”, - degan mulohazalarni eshitib qolamiz. To’g’ri, bu bilan maktab rahbari o’quv–tarbiya ishlarini, tartib–intizomni yahshilashga harakat qilyapti. Lekin ko’zlagan maqsadga erishish uchun noto’g’ri yo’lni, ya’ni ”o’quvchilarga qarshi kurash” yo’lini tanlayapti. Bu o’rinda o’z–o’zidan tanlangan yo’lga mos ta’sir ko’rsatish usullari – o’quvchilar va o’qituvchilar oldiga chiqarib uyaltirish, so’z berib ishontirish, ota–onalarini chiqartirish kabilar - ko’llaniladi. Natijada ikki qarama–qarshi kurashuvchi tomon - o’qituvchilar va o’quvchilar armiyasi vujudga keladi. Binobarin, ular umumiy maqsadlar uchun emas, balki o’z mavqelarini himoya qilish uchun kurash olib boradilar. Oqibatda o’quvchilar o’qituvchilar va maktab talabini rad etadilar.
33. O‘qituvchi faoliyatida muomalaning ahamiyati.
 O‘quvchilar bilan muloqot qilish madaniyatining individual shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishi: o‘quvchilar shaxsiy xususiyatlarini mustaqil tahlil qilish; o‘quvchilar ichki imkoniyatlariga har tomonlama tavsif berish; o‘qituvchining muloqot madaniyatini to‘g‘ri tashkil etishi. Shaxsiy muloqotda ro‘y beradigan kamchiliklarni darhol bartaraf etishi: kamchiliklarga barham berish choralarini darhol izlab topish; har qanday vaziyatda o‘quvchilarga qo‘pollik qilmaslik; o‘quvchi shaxsini mensimaslik kabi salbiy holatlarni bartaraf etish. 
34. Jamoa haqida tushuncha.

Download 74.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling