Yalgashev Ravshanbek 312 20 guruh talabasi


Download 1.09 Mb.
bet4/4
Sana14.12.2022
Hajmi1.09 Mb.
#1002669
1   2   3   4
Bog'liq
Ravshan

Napoleon I nomi ostida Fransiya imperatori boʻlgan. U koʻplab mamlakatlarning fuqarolik qonuniga katta taʼsir koʻrsatgan Napoleon Kodeksini yaratgan, lekin u koʻplab koalitsiyalarning Napoleon urushlari nomi ostida Fransiyaga qarshi olib borilgan urushlardagi hissasi tufayli mashhur. Napoleon Fransiyaning Yevropaning katta qismida hukmronligini oʻrnatib Fransuz inqilobi gʻoyalarini tarqatishni maqsad qilgan, lekin shu bilan bir paytda u imperial monarxiyani tuzgan. Napoleon urushlarda oʻzidan son boʻyicha ancha kuchli boʻlgan raqiblarini ustidan juda koʻp marta magʻlub qilganligi sababli barcha zamonlarning eng zoʻr sarkardalaridan biri sanaladi va uning janglari dunyo boʻylab koʻplab harbiy akademiyalarda oʻrganiladi.
Napoleon Corsicadagi Ajaccioda 16-asrda Corsicaga kelib qolgan italyan zodagoni oilasida tugʻilgan. U materik Fransiyada artilleriya ofitseri sifatida taʼlim olgan. U Birinchi Respublika davrida mashhurlikka erishgan va Fransiyaga qarshi qaratilgan Birinchi va Ikkinchi koalitsiya urushlarida muvaffaqiyatli qatnashgan. Napoleon bu urushlarda Italiya yarimorolidagi urush harakatlarida gʻalabaga erishgan.
1799-yilda u 18-bryumer to`ntarishini tashkillashtiradi va oʻzini Birinchi konsul deb eʼlon qildiradi; besh yildan soʻng Fransiya Senati referendum natijasiga koʻra uni imperator deb eʼlon qiladi. 19-asrning birinchi oʻn yilligida Napoleon boshchiligidagi Fransuz imperiyasi Yevropaning barcha kuchli davlatlari qatnashgan Napoleon urushlarida ishtirok etgan.[3] Ketma-ket gʻalabalardan soʻng Fransiya kontinental Yevropada yetakchiligini himoyaladi va Napoleon boshqa Yevropa davlatlarini Fransiyaga qaram davlat qilib, ularni oʻz qarindoshlari va doʻstlariga boʻlib berdi. Napoleon bu yoʻl bilan fransuz taʼsir doirasini asrashga harakat qilgan.
Yarimorol urushi va 1812-yilgi Vatan urushi Napoleon muvaffaqiyatlarini toʻxtatdi. Uning Buyuk Armiyasi Rossiya bilan urushda juda katta zarar koʻrdi va qaytib toʻliq tiklanmadi. 1813-yilda Oltinchi koalitsiya uning qoʻshinlarini Xalqlar jangida tor-mor etildi; kelasi yili Koalitsiya Fransiyani bosib oldi, Napoleonni taxtdan voz kechishga majbur etdi va uni Elba oroliga surgun etdi. Bir yil oʻtmasdanoq u Elbadan qochdi va hukumatni oʻz qoʻliga oldi, lekin 1815-yil iyunda Vaterlo jangida magʻlub etildi. Napoleon umrining soʻnggi olti yilini Saint Helena orolida inglizlar tomonidan hibsda saqlandi. Jasadning ochib koʻrilishi Napoleon oshqozon rakidan vafot etganini aniqladi, lekin baʼzi mutahassislar u mergimush bilan zaharlangan deyishadi.
Fransiya - Prussiya urushi va uning yakunlari Fransiya - Prussiyaurushi arafasida ikkala mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy ahvoli Urushning sabablari XIX asrnine 50-60- yillarida Fransiya yirik kapital hukmronlik qilib, davlat tepasida Napoleon III o'tirardi. U 1851- yil 2- dekabrda o'tkazil- gan davlat to'ntarishi natijasida hokimiyat tepasiga chiqib olgandi. 1852-yilda Napoleon III o'zini imperator deb e'lon qildi. Ikkinchi imperiya deb atalgan bu davrda Fransiyada ishlab chiqarish tez rivojlandi. Sanoatda o'zgarishlar tugallanib, temir yo'l tarmoqlari ko'payib bordi. Katta-katta zavod va fabrikalar qurildi. 60- yillarning ikkinchi yarmida Napoleon III ning mavqei-ga putur yetdi. Fransuz burjuaziyasi uning tashqi siyosat sohasi-dagi muvaffaqiyatsizliklarini, xususan Prussiyaning Germa-niyani birlashtirishiga to'sqinlik qila olmaganligini kechira olmadi. 1860- yilda tuzilgan Angliya - Fransiya savdo shart-nomasidan ham norozilik mavjud edi. Chunki shartnomaga ko'ra, Fransiyaga ingliz tovarlarining kiritilishi, fransuz tovarlari bilan raqobatni kuchaytirgan edi. Napoleon III hukumatidan norozilik oddiy xalq orasida ham kuchaygan edi. Bunga ishsizlik, qashshoqlik, oziq-ovqat mah-sulotlari narxining to'xtovsiz oshib borishi sabab bo'lmoqda edi. 1869- yilda Luara havzasining shaxtyorlari ish tashladilar. 1870-'o yil yanvarida Parijda bo'lib o'tgan 200000 kishilik namoyish dahshatli tus oldi. Napoleon III hukumati mamlakatda norozilik kuchaya-yotganligini, o'z obro'-e'tiborining tushib borayotganligini nazarda tutib, Prussiyaga qarshi urash e'lon qildi. U shu yo'l bilan mamlakatdagi ahvolni o'nglab olishga qaror qildi. Hukumat Prussiyani tor-mor qilishni, Germaniyaning birlashishiga yo'l qo'ymaslikni, Reynning g'arbidagi nemis yerlarini bosib olishni va shu bilan o'z obro'-e'tiborini tiklashni o'ylardi. Bismark Germaniyasi ham bir necha yillardan buyon Fran-siyaga qarshi umshga tayyorlanib kehnoqda edi. Bismarkning maqsadi Germaniyada Pmssiyaning hukmronligini mustah-kamlashga to'siq bo'lgan Fransiyani yengish, demokratik harakat-larni bostirish edi. 60- yillaming oxirida Prussiya Janubiy German davlatlarini o'z tomoniga og'dirib olishga, Avstriya-Vengriyani va chor Rossiyasini betaraf qilishga muvaffaq bo'lgan edi. Shunday qilib, har ikki tomon - Fransiya ham, Prussiya ham urushga intilmoqda, buning uchun bahona qidirmoqda edi. Urush harakatlarining borishi va Sedan jangi Fransiya va Prussiya hukumatlari o'r-tasida Ispaniya qirolligining bo'shab qolgan taxtiga kimni qirol qilib qo'yish masalasida janjal chiqdi.
Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling