Yalgashev Ravshanbek 312 20 guruh talabasi
Download 1.09 Mb.
|
Ravshan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Napoleon Bonapart
Louis XIV (Louis Dieudonné (talaffuzi: Lui-Dyodonne); 5-sentabr 1638-yil — 1-sentabr 1715-yil) 14-may 1643-yildan to oʻlimiga qadar, yaʼni 1715-yilgach Fransiya qiroli boʻlgan. U taxtda 72 yil-u 110 kun mobaynida oʻtirgan hamda insoniyat tarixida eng uzoq taxtda oʻtirgan monarxga aylangan[1]. Burbonlar sulolasidan. Uning davrida Fransiyada mutlaq hokimiyat oʻzining eng yuqori choʻqqisiga chiqqan. Rivoyatlarga koʻra, „Davlat — bu men“ degan ibora Louis XIV ga tegishli. Fransiya hududini kengaytirish maqsadida olib borgan toʻxtovsiz urushlar, qirol saroyining katta harajatlari, soliqlarning oshishi, diniy taʼqiblar xalq qoʻzgʻolonlariga sabab boʻlgan. Bu esa Burbonlar sulolasini inqirozini yaqinlashtirgan. Mutlaq monarxiya davrida Fransiyada hali ham sanoat Angliyadan orqada qolayotgan edi.Napoleon Bonapart (fransuzcha: Napoléon Bonaparte, italyancha: Napoleone Buonaparte; 1769-yil 15-avgust — 1821-yil 5-may) — fransuz inqilobining oxirgi bosqichlarida va Fransuz inqilobi urushlarida mashhurlikka erishgan fransuz qoʻmondoni va siyosiy yetakchisi.Napoleon I, Napoleon Bonapart (1769.15.8, Ayachcho shahri, Korsika o. — 1821.5.5, Muqaddas Yelena o.) — fransuz davlat arbobi va sarkardasi, Fransiya Respublikasining birinchi konsuli (1799—1804), Fransiya imperatori (1804—14 va 1815). 10 yoshida Fransiyaning Oten kollejiga kirgan, soʻng oʻsha 1779-yilda Briyenn harbiy oʻquv yurtiga koʻchirilgan. 1784-yil mazkur oʻquv yurtini muvaffaqiyatli tamomlab, Parij harbiy maktabiga (1784—85) oʻtgan. 1785-yil podporuchik unvonida armiya xizmatini boshlagan. Maxsus, umumiy ilmiy, falsafiy, siyosiy, badi-iy adabiyotni oʻqib oʻrgangan. Ilgʻor fransuz maʼrifatparvarlari ruhida tarbiyalangan H.I 1789-yil Buyuk fransuz inqilobini iliq kutib olgan. 1792-yil Yakobinchilar klubiga aʼzo boʻlgan. U Parij shahri garnizoni qoʻmondoni va 1796-yilda Italiyada harakat qilayotgan fransuz armiyasining bosh qoʻmondoni etib tayinlangan. Italiya kompaniyasida H.I oʻzini buyuk sarkarda ekanligini na-moyon qilgan. Gʻolib sifatida Parijga kirib kelgan H.I Misrga harbiy yurish qilish haqidagi qarorini Direktoriyadan oʻtkazgan. Lekin, oʻz xohishi bilan u Misrni tashlab, 1799-yil oktabrda Parijga qaytib kelgan va 9—10-noyabrda davlat toʻntarishi oʻtkazib, konsullkk rejimini joriy etgan va amalda butun hokimiyatni oʻz qoʻliga olgan. U inqilob qoʻlga kiritgan demokratik yutuqlarni bekorga chiqargan. Ammo, iqtisodiy sohada inqilob samaralarini, shu jumladan, mulkni qayta taqsimlash tadbirini himoya qilgan, sanoat va savdoning rivojlanishiga katta eʼtibor bergan. 1800-yil fransuz bankiga asos solgan.Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling