Yalgashev Ravshanbek 312 20 guruh talabasi
Download 1.09 Mb.
|
Ravshan
.1802-yil H.I oʻzini umrbod konsul etib tayinlanishiga erishgan. 1804-yilda esa imperator deb eʼlon qilingan. Yangi burjua monarxiyasini mustahkamlash maqsadida N. I 1-xotini Jozefina bilan nikohni buzgan va 1810-yil Avstriya imperatori Frans I ning qizi Mariya Luizaga uylangan. Buyuk davlatlar ittifoqiga qarshi olib borgan zafarli urushlari, Marengo (1800), Austerlits (1805), Iyena (1806)dagi ajoyib galabalari, imperiya hududini tez surʼatda kengayishi, H.I ni amalda butun Gʻarbda (Angliyadan tashqari) va Markaziy Yevropada xukmdorga aylanishi uning shon-shuhratini yanada oshirgan. 1812-yilda Rossiyaga qarshi yurishidagi magʻlubiyatidan soʻng H.I oʻzini oʻnglay olmadi, uning „buyuk armiyasi“ tor-mor qilindi, Yevropada H.I zul-miga qarshi xalq-ozodlik harakatlari koʻtarildi. H.I ga qarshi ittifoqchilarning harbiy uyushmalari vujudga keldi. Soʻnggi urushlarda H.I ning magʻlubiyatga uchrashi, ittifoqchi qoʻshinlarning Parijga kirib kelishi (1814-yil 31-mart), uni taxtdan voz kechishga majbur qildi (1814-yil 31-mart). Gʻolib it-tifoqchilar H.I ning imperator unvonini saqlab qolib, Elba o.ni uning ixtiyoriga berdilar. H.I ning Fransiyaga qaytadan kirib kelishi (1815-yil 1-mart) va „yuz kun“ deb atalmish davrda (1815-yil 20-mart — 22-iyun) uni 2-marotaba taxtni boshqarishi mamlakatda N. I ni qoʻllabquvvatlaydigan ijtimoiy kuchlar hali ham mavjudligidan darak berardi. Ammo Vaterloo jangida u ittifokchilar armiyasi tomonidan tor-mor qilindi va 1815-yil 22-iyunda batamom taxtdan voz kechdi. Muqaddas Yelena o.ga surgun qilingan H.I 6 yildan soʻng inglizlar asirligida vafot etgan. 1840-yil uning xoki Parijga Nogironlar uyiga kuchirib keltirilgan. H.I xdrbiy qoʻshinlarni kasbiy (professional) armiyaga aylantirdi. Yevropada eng ilgʻor hisoblangan fransuz qurolli kuchlarini yaratish, ularni harbiy sanʼatga oʻrgatishga, strategiya va taktikani takomillashtirishga zamin yaratdi. U dushmanni tor-mor etishning asosiy yoʻli unga qarshi qatʼiy jang qilishdan iborat deb hisoblardi. H.I strategik tashabbusning roli va ahamiyatiga alohida urgʻu bergan. H.I ning sarkardalik mahorati jahon harbiy sanʼatiga chuqur taʼsir koʻrsatgan. U 1804-1815-yillar davomida Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling