Yalpi ishchi kuchi va uni takror ishlab chiqarish
Respublika aholisining tabiiy harakatlanishi
Download 28.7 Kb.
|
Yalpi ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Ishchi kuchi migratsiyasi
- Tasodifiy migratsiya
- Ishchi kuchi migratsiyasining ijtimoiy vazifasi
Respublika aholisining tabiiy harakatlanishi
Respublikada ishchi kuchi resurslarining o’rtacha yillik soni 2008 yilda 16,3 mln kishini tashkil qilgan, bu mamlakat aholisining 59,1 foiziga tengdir. Iqtisodiyotda band bo’lgan ishchi kuchi o’rtacha yillik soni 11.0 mln kishidan ortiq bo’lib, jami ishchi kuchi resurslari tarkibida 67,5 foizni tashkil qiladi. Aholining tabiiy harakatlanish, uni takror ishlab chiqarish xususiyati kupgina holatlar bilan mamlakatning industrial taraqqiyoti va urbanizatsiya darajasi, ijtimoiy shart-sharoitlar madaniyat va maishiy turmush ananalari, aniq tarixiy omillar bilan belgilanadi. Ular jumlasi demografiya omilini hisobga olgan holda uy-joy sharoitlarini yaxshilash, bolalarga nafaqalar berish, ularni bolalar muassasalari bilan ta‘minlash, homiladorlik va bola tug’ilgandan keyingi ta‘tillarni uzaytirish, oilani mustahkamlash, shuningdek, jamoada ma‘naviy muhitni yaxshilash kiradi. Mamlakatdagi ishchi kuchi resurslari miqdoriga tabiiy o’sishdan tashqari ishchi kuchi migratsiyasi ham ta‘sir qiladi. Ishchi kuchi migratsiyasi murakkab jarayon bo’lib, turli omillar ta‘sir ostida (masalan, ish haqi darajasidagi o’zgarishlar, ishsizlik va h.k) ishchi kuchining bir hududidan boshqa bir hududga ko’chib o’tishini bildiradi. Migratsiya ikki darajada, ya‘ni mamlakat ichida va xalqaro darajada ro’y bergan migratsiya ichki migratsiya deb ataladi, u quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin: Tugal migratsiya - aholinig doimiy yashash joyini o’zgartirish bilan bog’liq migratsiya; Tebranuvchi migratsiya –ishchi kuchining bir hududdan boshqa hududga muntazam davriy ravishda qaynab ishlashi bilan bog’liq migratsiya; Mavsumiy migratsiya – mavsumiy ish faoliyati bilan bog’liq migratsiya; Tasodifiy migratsiya – ishchi kuchining ba‘zi hollarda boshqa hududlarga birib kelishi bilan bog’liq migratsiya. Ishchi kuchi migratsiyasi shunchaki ro’y-bermay, uning negizada ma‘lum ijtimoiy-iqtisodiy vazifasi sifatida mamlakat bo’ylab mehnat resurslari samarali ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklif nisbatini muvofiqlashtirish hisoblanadi. Bu vazifaning amalga oshishi natijasida ishchi kuchidan foydalanish samaradorligi oshadi. Ishchi kuchi migratsiyasining ijtimoiy vazifasi - aholi turmush darajasini oshirish, inson omilining ijtimoiy hayotdagi roli va maqeini yanada yuksaltirishdan iborat. Aholini ish bilan to’la band bo’lishni mutloq ma‘noda tushunmalik ham kerak. Birinchidan, ishsizlikning ma‘lum darajasi iqtisodiyot uchun me‘yordagi hol xisoblanadi. Ikkinchidan, ish bilan to’la band bo’lish mehnatga layotqatli barcha kishilar albatta umumlashgan (davlat va jamoa korxonalarida ) ishlab chiqarishag jalb etilishi zarurligini anglatmadi. Ularning bir qismi o’zini oilada xizmat ko’rsatishga, bolalar tarbiyasiga, shuningdek, xususiy korxonalar va shaxsiy yordamga xo’jalikda mehnat qilishag, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug’ullanishning ajratadilar. Uchunchidan, ish bilan tula band bo’lish uning samaradorligi bilan, mehnat resurslaridan g’oyat oqilona foydalanish bilan kuchib olib borishlari maqsadga muvofiq bo’ladi. Download 28.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling