Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar
Download 254.8 Kb.
|
1. Resurslarga bo’lgan talabning o’zgarishi: ichki bozordagi resurslar miqdorining kamayishi ularning narxining oshishiga olib keladi:
er resurslari; mehnat resurslari; kapital; tadbirkorlik qobiliyatlari; valyuta kursining o’zgarishi sababli import resurslar narxlaridagi o’zgarishlar; bozordagi hukmronlik va monopoliya, OPEK tomonidan neft narxaning ko’tarilishi. 2. Ishlab chiqarish unumdorlikdagi o’zgarishlar. 3. Huquqiy me’yordagi o’zgarishlar: ➢ soliq va subsidiyalarning o’zgarishi; ➢ davlatning tartibga solish jarayonidagi o’zgarishlar, davlat tomonidan iktisodiyotni tartibga solinishi oxiri oqibat ishlab chikarish xarajatlarini oshiradi. Masalan, soliq turlarini ko’paytirilishi qo’shimcha buxgalterning xizmatidan foydalanishga majbur qilishi mumkin, ya’ni davlat tomonidan iqtisodiyotni yuqori darajada tartibga solinishi qog’oz ishini ko’paytiradi. 3.Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat va uning o’zgarishi Yuqorida yalpi talab mamlakat miqyosida iqtisodiyotning hamma bo’limlarida va tarkibiy qismlarida yaratilgan turli tovar va xizmatlarni sotib olishga mo’ljallangan pullar miqdori sifatida, yalpi taklif esa iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va hududlari, korxona va tashkilotlarida sotish uchun ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning yalpi miqdori sifatida namoyon bo’lishini aytib o’tgan edik. Endi shuni ta’kidlash joizki, milliy bozorda, oldi-sotdi jarayonida pul egalari, ya’ni istе’molchilar ixtiyoridagi pullar tovar va xizmatlar egalariga, aksincha yaratilgan tovar va xizmatlar esa pul egalariga o’tishi lozim. Boshqacha aytganda tovarlar dunyosi bilan pul dunyosi o’rtasidagi harakat qarama-qarshi oqim hosil qiladi. Buning uchun esa pul egalari sotib olmoqchi bo’lgan tovar va xizmatlar tarkibi, miqdori, sifati hamda narxi bo’yicha ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar turi, miqdori, sifati hamda qiymati bilan mos tushishi lozim. Bunday moslikning qanchalik ta’minlanishi turli bozorlar orqali aniqlanadi va tartibga solinadi. Bu moslik darajasi yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat va uning o’zgarishi orqali aniqlanadi. Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi nisbatni quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin (3.1-chizma). 3.1-chizma Talab va taklif diagrammasi P S P1 Ortiqchq mahsulot Narx
E
Taqchillik Q1 Q0 Q2 Q Qiymat Albatta, rеal hayotda bunday to’liq muvozanatlik sodir bo’lishi juda qiyin va murakkabdir. Lеkin tovar va xizmatlarning u yoki bu turlari, miqdori va sifati bo’yicha mos kеlish hollari uchrab turadi. Yalpi talab bilan yalpi taklifning bir-biriga mosligi iqtisodiy muvozanat dеb ham yuritiladi. Yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizig’i kеsishgan nuqta umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rеal hajmi orqali erishiladi. Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat qiladi va ma’lum darajada bu tеnglik ta’minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillarning o’zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi. Yalpi talab va yalpi taklif muvozanati yalpi taklif egri chizig’ining qaysi kеsmasida ro’y bеrishiga qarab o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Yalpi talab egri chizig’i yalpi taklif egri chizig’ini yotiq kеsmada kеsib o’tsa, narx darajasi milliy ishlab chiqarish muvozanatli rеal hajmining shakllanishiga hеch qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Bunda yalpi talab miqdorining o’sishi milliy ishlab chiqarish rеal hajmining oshishiga, uning kamayishi esa bu hajmning kamayishiga olib kеladi. Biroq, bu o’zgarishlar iqtisodiyotdagi umumiy narx darajasining o’zgarishisiz ro’y bеradi. Narxlarning muvozanatli darajasi deganda shunday narx darajasi tushuniladiki, unda yalpi talab va taklif hajmi bir-biriga mos kelishi yoki teng bo’lishi kerak. Avvalo yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizigining oraliq kesmada mos kelishini ko’rib chiqamiz. Narxlarning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarish hajmining muvozanatli darajalari mos ravishda va milliy mahsulotlar bilan belgilangan. Nima uchun narxlarning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli darajasini bildirishini ko’rsatishimiz uchun narxlarning muvozanatli darajasi emas deb hisoblaymiz. Narxlar darajasi bo’lgan vaziyatda korxonalar milliy ishlab chiqarish hajmini miqdoridan oshirmaydi. Iste’molchilar narxlar darajasi bo’lganda mahsulotlarni darajada sotib olishga tayyor turadi. AD>AS bo’lganligi tufayli iste’molchilar o’rtasidagi raqobat narxlar darajasini suradi. Narxlar darajasining ko’tarilishi ishlab chiqarish hajmini oshirishga va iste’molchilarning talabini kamaytirishga olib kelali. Va bu AD, AS to’g’ri chiziqlari E nuqtada kesishadi. Demak, aynan narx narxlarning muvozanatli darajasi va E muvozanat nuqtasidir. Yalpi taklif egri chizig’ining oraliq kesmadagi muvozanat chizmada yalpi talab egri chizig’i yalpi taklif egri chizig’ini Keyns kesmasida kesib o’tadi. Bunday vaziyatda narxlar darajasi hech qanday ahamiyatga ega emas. Buni tushunish uchun avvalo milliy ishlab chiqarishning muvozanatli hajmini Ye va muvozanatli narxlar darajasini bilan belgilaymiz. Muvozanatli ishlab chiqarish hajmi aynan ekanligini isbotlash uchun bu hajmni deb hisoblaymiz. U xolda AD2 deb hisoblacak, aksincha, AS Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, yalpi taklif egri chizig’ining keyns kesmasida yalpi talabning o’zgarishi ishlab chiqarish hajmining oshishi yoki kamayishiga olib keladi, narxlar darajasi esa o’zgarmaydi. Yalpi talab egri chizig’ini AS egri chizig’ining vertikal kesmasida o’zgarsa bu ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko’rsatmaydi va faqat narxlar darajasi o’zgaradi, xolos. Ya’ni, bu kesmada talabning oshishi talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Yalpi taklifning bu kesmasida talabning har qanday o’zgarishi faqat narxlar darajasi o’zgarishga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmi esa to’liq bandlik sharoitida o’zgarmay qoladi. Oraliq va vertikal kesmalarda narxlar o’sib borishi bilan kuzatilgan yalpi talabning ko’payishi talab inflyatsiyasi mavjudligini ko’rsatadi. Yalpi taklifning o’zgarishi muvozanat narxlar darajasiga va milliy ishlab chiqarish xajmining muvozanat darajasiga qanday ta’sir ko’rsatishini ko’rib chiqamiz. Yalpi taklif egri chizig’ining keyns kesmasidagi muvozanati Yalpi taklif o’zgarishining narxlarning va ishlab chiqarishning muvozanatli darajasiga ta’sirini ko’rsatadi. Talab va taklifning tahlili narxga bog'liq va narxga bog’liq bo’lmagan ommillar ta’sirida vijudga keladigan talab va taklifning umumiy o’zgarishlarini yuzaga chiqarishga turtki bo’ldi. Bular orqali talab va taklifning asosiy bazaviy qonunniyatini shakllantiradi. Biroq, tadqiqotchi uchun bularning hammasi ham yetarli emas, u doimiy ravishda yanada aniqroq ahamiyatga ehtiyoj sezadi. Narxlar, daromad yoki bozor konstruksiyasining boshqa ko’rsatkichlarini o’zgarishiga bozorning sezuvchanlik darajasini aniqlash uchun mahsus ko’rsatkichidan elastiklik koffitsentlikdan foydalanadi. Elastiklik konsepsiyasi iqtisodiy nazariyada ancha kech muomilaga kiritildi, lekin qisqa muddatda fundamental konsepsiyaga aylandi. Elastiklikning umumiy tushunchasi iqtisodiyotga tabiiy fanlardan kirib keldi. Download 254.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling