Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar
Download 254.8 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elastiklik kofitsenti
- To’g’ridan to’g’ri bog’liqlik
Elastiklik termini iqtisodiyotda ilk bor Alfret Marshall tomonidan 1885-yilda talab va takliflar elastiklikida qo’llanildi. Elastiklikning iqtisodiy tahliliga kiritishiga katta ahmaiyat kasb etadi. Jumladan:
Har tomondan, elastiklik koffitsenti statistic o’lchovlarni olishda asosiy vosita bo’lib hizmat qiladi, ayniqsa, marketing tadqiqotlarini olib borishda keng qo’llaniladi; Boshqa tomondan, elastiklik konsepsiyasi iqtisodiy tahlilning muhim vositasi hisoblanadi, chunki, fanda nafaqat o’lchash, hisoblash balki, alingan natijani tushuntirish, tahlil qilishni bilish kerak. Hozirga kunda iqtisodiyotning har bir bo’limida elastiklik tushinchasidan foydalaniladi. U yoki bu darajadi elastiklik koffitsenti bozor muazanati tahlilida, bozor tarkibini tahlil qilishda u yerdagi monopoliyani aniqlashda iqtisodiy siklar nazariyasida keng foydalaniladi. Elastiklik kofitsenti – bir omilning boshqa bir omil bir foizga o’zgarishi natijasida son jihatdan o’zgarishi darajasini bildiradi. (masalan narx, daromad yoki harajatlarning bir foizga o’zgarishi natijasida talab va taklif hajmining o’zgarib ketishi. Bir o’zgaruvchining boshqa bir o’zgaruvchi ta’siri ostida o’zgarishini o’lchaydigan o’lchov; aniqroq qilib aytganda, biror A o’zgaruvchinin bir foizga o’zgarishi natijasida boshqa bir B o’zgaruvchining ma’lum foiz miqdoriga o’zgarishini ko’rsatigan sondir. E=A/B A o’zgaruvchining foizdagi o’zgarishi B o’zgaruvchining foizdagi o’zgarishi Ko’rib o’tilayotgan omillar o’rtasidagi bog’liqlik to’g’ridan to’g’ri yoki qarama-qarshi bo’lishi mumkin. To’g’ridan to’g’ri bog’liqlik – (ijobiy koeffitsent) bunda bir omilnio’sib borishi boshqa omilni oshib borishiga tarkibi bo’ladi. Masalan, istemolchining daromadlari oshib borsa, talab elastiklihi ham ortib boradi. Qarama-qarshi bog’liqlik – (salbiy koeffitsent) bunda bir omilning ortib borishi boshqa omilni yo’q bo’lib ketishiga olib keladi. Masalan, daromad bo’yicha talab elastikligining ortib borishi natijasida birmuncha pasroq darajadagi tovarlarning yo’q bo’lib ketishiga olib keladi. Barcha tovarlar uchun Giffen tovarlardan tashqari, narx bo’yicha talab elastikligi salbiy chunki, narxning o’sishi talab qonuniga muofiq talab hajmining qisqarishiga olib keladi. Shu bilan birga mazkur ko’rsatkich o’zining mutloq hajmiga ko’ra qancha yuqori bo’lsa, bozor talabining narxlar o,zgarishiga bo’lgan sezuvchanligi shunchalik darajada kuchli bo’ladi. Download 254.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling