Yalpi talab tushunchasi va uning tarkibi. Yalpi talab mikdoriga ta’sir etuvchi omillar Reja: Kirish


-rasm. “Milliy daromad-yalpi sarflar” (Dj. Keyns muvozanatli) modeli5


Download 0.92 Mb.
bet6/7
Sana16.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1502913
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yalpi talab tushunchasi va uning tarkibi

6-rasm. “Milliy daromad-yalpi sarflar” (Dj. Keyns muvozanatli) modeli5
Dj.M. Keyns kishilar tasarrufidagi pul daromadi o‘sib borishi bilan iste’molga keyingi moyillik tushib borish qoidasini ochib berdi. Bu daromadlar ortib borishi bilan jamg‘arma ulushi o‘sib borishini anglatadi. Agar olingan barcha daromad to‘liq sarflansa talab va taklif chiziqlari o‘zaro mos tushgan bo‘lardi.
AS va AD chiziqlari kesishgan nuqta (A) tik o‘qda yalpi talab va yalpi taklif tengligini (OS kesma), yotiq o‘qda MDning mavjud miqdori (ON kesma ) bu muvozanatlikni ya’ni iqtisodiyot muvozonatli holatini ta’minlashini ko‘rsatadi.
Agar, MD muvozanatli xajm (ON)dan ko‘p (ON2) bo‘lsa yalpi talab (OS2) va yalpi taklif hajmi (ON2) ham ortadi. Bunda yalpi taklif hajmi o‘zining o‘sishida yalpi talab hajmidan ortib ketadi, chunki MD o‘sib borishi bilan uning ko‘proq qismi jamg‘armaga “chiqib ketadi”
Shunday qilib, yalpi talab va yalpi taklif hajmi o‘rtasidagi muvozantlik talabning orqada qolishi tufayli buziladi.
Keynsning nazariy qarashlari mazmunan davlat makrodarajada barqarorlashtiruvchi siyosat yuritish zarur degan amaliy xulosa chiqarishga olib keladi. Davlat yalpi talabni uchta usulda ko‘paytirishi mumkinki ular “ekspansiya siyosati” deb nomlanadi. Bular:

  • davlat sarflarini ko‘paytirish;

  • soliqlarni kamaytirish;

  • foiz stavkasini pasaytirish.

Davlat sarflarining o‘sishi amalda aholiga pul to‘lovlari-pensiya, nafaqa, stipendiya va eng asosiysi minimal ish haqi darajasi oshirilishini bildiradi.
Resurslardan to‘liq foydalanishni ta’minlovchi ishlab chiqarish darajasi muvozanatli nuqtadan yuqorida joylashsa davlat yalpi talab hajmini sun’iy “ushlab turuvchi siyosat” yuritadiki, bu inflyasiyani pasaytiradi. Bunga ekspansiya siyosatiga teskari tadbirlarni qo‘llash orqali erishiladi. Ya’ni davlat sarflari kamaytiriladi (ijtimoiy dasturlar, transfert to‘lovlari qisqartiriladi), soliq stavkalari oshiriladi, foiz stavkasi ko‘tariladi.
Davlat sarflarining kamayishi aholi sotib olish layoqatining pasayishiga olib kelsa, soliq va foiz stavkasining ortishi investitsion faollikni pasaytiradi. Bular pirovard natijada yalpi talabni qiskartiradi, muvozanatli nuqtani “pastga” surib, inflyasion farqni bartaraf qiladi.
3.Muvozanatli monetaristik model.
XX asr 70-yillarida bozor iqtisodiyotiga davlatning aralashuvi inflyatsiya va iqtisodiy o‘sish sur’atlari pasayishining asosiy sababi deb e’tirof etiladi. Bu xulosa Fridmenga tegishlidir. Uning nazariyasidagi asosiy g‘oya: xo‘jalik hayotiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim dastak pul hisoblanadi, barcha iqtisodiy faollik ko‘rsatkichlari pul massasi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
M.Fridmen erkin bozor g‘oyasiga tayanadi, narx mexanizmga aralashmaslik zarurligini qayd qiladi. Uning makroiqtisodiy monetaristik modelida stagflyasiyaga qarshi kurashda asosiy tadbir sifatida pul massasi o‘sishini cheklash g‘oyasi ilgari suriladi.
Keynschilikda asosiy dalil “ekspansiya siyosati” hisoblansa, Fridmen birinchi o‘ringa “ushlab turish siyosati”ni qo‘yadi, ya’ni daromadlar o‘sishini maqsadga muvofiq cheklash, o‘z-o‘zidan yalpi talab midori kamayshini va inflyasiya pasayshini keltirib chiqaradi. Yalpi talabning kamayishi - bu ishchi kuchiga talabning ham qisqarishini anglatadi.


Xulosa
Iqtisodiy o`sishga tarixiy jihatdan yondashilganda, u bir xil sur’atlarda va bir tekisda bormaydi. Tarixda iqtisodiy o`sish sur’atlarining jadallashish, jiddiy pasayish va hatto cheklanish davrlari ma'lum. Agar katta tarixiy bosqichlar olib qaraladigan bo`lsa, jahon va milliy iqtisodiyotda, barqaror iqtisodiy o`sish, ishlab chiqarishning har tomonlama taraqqiyot manzarasi hosil bo`ladi. Shu bilan birga iqtisodiy o`sish nafaqat miqdor, balki muayyan sifat o`zgarishlari shaklida ham namoyon bo`ladi.
Yalpi talabning ham, yalpi taklifning ham o‘zgarishi iqtisodiy o‘sish sur’atlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Yalpi talabning o‘sishi yalpi taklifni rag‘batlantirib, yalpi ichki mahsulot va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot kabi iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarini ko‘tarilishiga olib keladi. Aksincha, yalpi talabning pasayishi, bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining xarid qobiliyati pasayganligini anglatadi va iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatib ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga sabab bo‘ladi. Yalpi taklif hajmini o‘zgarishi esa iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari bilan to‘g‘ri bog‘liqlikda bo‘lib, yalpi taklifning o‘sishi mamlakat iqtisodiyoti o‘sayotganidan dalolat beradi, pasayishi esa mazkur milliy xo‘jalikda turli nomutanosibliklar borligi to‘g‘risida ogohlantiradi.
Yalpi talabning o’sishi yalpi taklifga turlicha ta’sir qiladi: taklif egri chizig’ining keynscha kesmasida taklif aynan o’sha miqdorga ortadi, oraliq kesmada – narxlar darajasining o’sganligi uchun taklif oz miqdorda ortadi; klassik kesmada esa – yalpi taklifda o’zgarish bo’lmaydi, chunki barcha resusrlar jalbetilgan bo’ladi, lekin narxlar darajasi keskin o’sadi.
Yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizig’i kesishgan nuqta umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli real hajmi orqali erishiladi.6
Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat qiladi va ma’lum darajada bu tenglik ta’minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillarning o’zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi. SHuning uchun ham, yalpi talab va yalpi taklifning mohiyatini, o‘zaro ta’sirini va muvozanat o‘rnatilishi shartlarini o‘rganish hamda mazkur bilimlarni iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda qo‘llash milliy iqtisodiyotini barqaror rivojlanishiga zamin yaratadi.
Yalpi talab va yalpi taklif muvozanatligidan kelib chiqib uning uchta modeli ajratiladi: klassik model, keynscha va monetaristik modellar. Ularning har biri ma’lum darajada haqiqiy real voqelikdagi bog‘liqlarni aks ettiradi, lekin ularning birortasi ham mutloq to‘g‘ri nazariya bo‘la olmaydi. Har qanday model muayyan davrda ko‘p omilli va ko‘p qirrali iqtisodiy reallik bilan ziddiyatga kirishadi. Bugungi kunda turli davlatlarda klassiklar, keynschilar va monetaristlar yonadashuvlarini uyg‘unlashtirib, tartibga solishning etarlicha har xil dastaklaridan foydalnildi.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling