Yalpi talab tushunchasi va uning tarkibi. Yalpi talab mikdoriga ta’sir etuvchi omillar Reja: Kirish
Yalpi talab va yalpi taklif modellari tahlili
Download 0.92 Mb.
|
Yalpi talab tushunchasi va uning tarkibi
4.Yalpi talab va yalpi taklif modellari tahlili.
Yalpi talab va yalpi taklif muvozanatligidan kelib chiqib uning uchta modeli ajratiladi. Bunga yalpi talab va yalpi taklifni muvozanatga keltirishga turli xil yondashuvlar asos qilib olinadi. Klassik model. Bu modelning “klassik” deb nomlanishiga sabab shuki uning asosi klassik iqtisodiy maktabga vakillari A. Smit, D. Rikardo, Dj. St Mill va J.B. Sey tomonidan ishlab chiqiladi. Ular muvozanatlik modelini faqat qisqa muddatli davrda qarab chiqadi va qarashlarini kuyidagilar bilan izohlaydi. Talab hajmi har doim amalga oshiriladigan taklif hajmiga teng keladi. Uning asosida J.B. Seyning “bozor qonuni” yotadi, ya’ni tovarlar taklifi o‘zining xususiy talabini vujudga keltiradi yoki boshqacha aytganda, mahsulotning ishlab chiqarilgan hajmi barcha yaratilgan tovarar qiymatiga teng daromadlarni (ularni to‘liq sotish uchun etarlicha bo‘lgan) avtomatik ravishda ta’minlaydi. Sey fikricha ijtimoiy mehnat taqsimoti sharoitida har bir ishlab chiqaruvchi o‘z tovarlarini o‘zida ishlab chiqarilmaydigan boshqa tovarlarni harid qilish uchun sotadi. Shunday ekan, u faqat sotilgan hajmdagi tovarlarni miqdorini harid qilishi mumkin. Shu sababli, talab har doim taklif hajmiga teng keladi. Bunday model uchta shartni taqozo qiladi: olingan daromad to‘liq sarflanadi: faqat o‘z pul mablag‘lari sarflanadi: jamiyat bir vaqtda ham iste’molchi hisoblangan ishlab chiqaruvchilardan iborat bo‘ladi. Biroq amalda har qanday iqtisodiyotda olingan daromadning qandaydir qismi uning egasi tomonidan sarflanmaydi va jamg‘arma shaklini oladi. Bu yalpi talab hajmi va bandlikning tegishlicha qisqarishiga olib keldi. “Daromad -xarajat” oqimidan mablag‘lar bir qismining olib qo‘yilishi iste’molning qisqarishiga va demak yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi mavjud muvozanatlik buzilishiga olib keladi. Shu sababli, klassik maktab vakillari to‘liq bandlik sharoitida daromad va xarajatlar tengligini avtomatik ravishda ta’minlaydigan umum iqtisodiy muvozanatlikning etarlicha asosli nazariyasini ishlab chiqdi. Klassiklar fikricha moslashuvchan miqdorlar hisoblangan foiz stavkasi, ish haqi, narx darajasi, kapital, ishchi kuchi, pul bozorida talab va taklif muvozanatligini ta’minlaydi. Muomaladagi pul massasining ortishi esa tovar va xizmatlar real oqimida hech narsani o‘zgartirmaydi, faqat miqdorlar nominal qiymati o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi. Agar pul foiz keltirsa daromadlarning bir qismi likvidli (tez sarflanuvchi) shaklda saqlanmasdan qimmatli qog‘ozlarga yoki bank tizimiga jamg‘arma sifatida joylashtiriladi. Foiz olish maqsadida qo‘yilgan pul odatda investitsiyalar manbai hisoblanadi. Agar jamg‘armalar investitsiya qilinmasa, yalpi talab va yalpi takliflar o‘rtasidagi muvozanatlik buzilmaydi. Klassik modelning asosiy qoidalaridan ko‘rinib turibdiki bozor iqtisodiyotini xarakatlantiruvchi mexanizm “daromad, jamg‘arma va investitsiya” zanjirida namoyon bo‘ladi, daromadlar o‘sishi jamg‘armaning o‘sishini rag‘batlantiradi hamda investitsiyaga aylanib, ishlab chiqarish hajmi va bandlikni oshiradi. Natijada daromadning umumiy miqdori yana ortadi va bu jamg‘armani ko’paytiradi va x.k. Keynscha model . Klassik modelda aks etgan iqtisodiy voqelik bir asr o‘tib “Buyuk depressiya” inqirozi davrida sinovdan o‘tmadi va yangi paydo bo‘lgan omillar ta’sirini nazariy umumlashtirishni taqozo etdi. Bu bozordagi jarayonlarni narxsiz mexanizmlar bilan tushunitirishni zarur qilib qo’ydi. Bu vazifa iqtisodiyot nazariyasida yangi yo‘nalishni boshlab bergan Dj. M. Keyns tomonidan hal qilindi. Uning nazariyasi makro darajadagi tahlil zarurligini tasdiqladi va XX asrning 30- yillaridan iqtisodiyot nazariyasining rasmiy mikro va makroiqtisodga bo‘linishiga sabab bo‘ldi. Dj.M. Keyns birinchi bo‘lib bozor iqtisodiyotining o‘z-o‘zini tartibga solishiga layoqatliligi to‘g‘risidagi xukmron qarashdan voz kechib, makrodarajada uni davlat tomonidan tartibga solish zarurligini asosladi. U o‘z-o‘zini tartibga solish dastagi hisoblangan narx, ish haqi va foiz stavkasi egiluvchanligini inkor etdi. Shu sababli, Keyns talabni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan faol makroiqtisodiy siyosat zarurligi to‘g‘risidagi qarashida qattiq turdi. U ishlab chiqarish va bandlikning o‘zgarishi taklif omillariga emas, balki yalpi talabga bog‘liqligini isbotladi. Keyins fikricha yalpi xarajatlar tarkibiy qismlaridan har biri, asosan iste’mol va investitsiyalar o‘z-o‘zicha o‘zgarib turishi mumkin. Bandlikning ortishi milliy daromad (MD) o‘sishiga olib keladi va u iste’molni belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi. MD hajmi qanchalik ko‘p bo‘lsa, yalpi talab ham shunchalik katta bo‘lishi zarur. Biroq iste’molga sarflar daromadlar o‘sgan darajaga mos ravishda ko‘paymaydi. Buning sababi Keyns fikricha “asosiy psixologik qonun” hisoblanib daromdlar o‘sib borishi bilan iste’molga moyillik pasayadi va daromadning jamg‘armaga yo‘naltiriladigan qismi ulushi nisbatan ko‘proq ortadi. Natijada MD hajmi qanchalik katta bo‘lsa iste’molchi real talabi nisbatan shunchalik kam bo‘ladi. Aynan u ishlab chiqarish hajmi va shu orqali bandlik darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Iste’molchilik sarflaridagi “yetishmovchilik” investitsiyalar bilan qoplanishi zarur. Biroq Keyns qarashicha jamg‘armaning o‘sishi o‘z-o‘zidan investitsiyalar ko‘payishiga olib kelmaydi. Investitsiyalar o‘sishiga 1) kapital unumdorligi kamayib borishi qonuni amal qilishi tufayli kutilayotgan foyda normasi pasayishi va 2) foiz normasiga bevosita bog‘liq yuqori likvidlikning (zaxirada naqd pulga ega bo‘lishiga intilish) afzal ko‘rilishi to‘siq bo‘ladi.4 Keyns narxning kam xarakatchanligi dalilini hisobga olib uning o‘rniga “sotish hajmi” ko‘rsatkichini ilgari suradi. Bu yalpi talab va yalpi taklif muvozanatli hajmi shakllanish mexanizmini yangicha tasavvur qilish imkonini beradi. MD hajmining har qanday o‘sishi ishlab chiqarish va shu orqali yalpi taklif hajmi ortishining natijasi hisoblanadi (6-rasmga qarang). Yalpi talab chizig‘ining boshlanish nuqtasi “nol” belgisidan yuqoriroq joylashadiki, iste’molning ayrim eng muhim turlarini kishilar hatto daromadi eng kam darajada bo‘lganda ham amalga oshiradi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling