Yalpi talab tushunchasi va uning tarkibi. Yalpi talab mikdoriga ta’sir etuvchi omillar Reja: Kirish


Download 0.92 Mb.
bet2/7
Sana16.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1502913
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yalpi talab tushunchasi va uning tarkibi

Yalpi talab tushunchasi.

Iqtisodiyotni muvozanatli rivojlantirib, uning barqaror o‘sishini ta’minlashda eng avvalo yalpi talabning mazmunini bilish zarur. Yalpi talab (aggregate demand, AD) – barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo‘lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabning umumiy hajmidir. Shuningdek, yalpi talabni milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmi sifatida ifodalash ham mumkin. Yalpi talab barcha iste’molchilarning turli xil tovarlarga va xizmatlarga bo‘lgan talablari yig‘indisidan tashkil topadi. Bilamizki, tovar va xizmatlar ikki xil bo‘ladi: shaxsiy iste’mol tovarlari va tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonida unumli iste’mol qiladigan ishlab chiqarish omillari – yer, kapital va ishchi kuchi. Iste’mol tovarlari turli-tuman moddiy, ma’naviy tovarlar va xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, turli ko‘rinishdagi (masalan, davlat, xususiy, jamoa, korporativ) tadbirkorlarning ishlab chiqarish omillariga bo‘lgan talabi ham turlitumandir (masalan, turli mashinalar, stanoklar, asbob-uskunalar, inshootlar, transport va h.k.). Talabning umumiy miqdori sotib olishga mo‘ljallangan tovarlarning turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog‘liq bo‘ladi (1-rasm).

1-rasm. Talabning umumiy miqdori sotib olishga mo‘ljallangan tovarlarning turlari, miqdori, sifati
Yalpi talabni faqatgina pul miqdori bilan belgilash bizningcha unga bir tomonlama yondashuv bo‘ladi. Masalan, investitsiya tovarlari miqdori, sifati, turi o‘zgarmagan holda narx ikki barobar oshsa, belgilangan pul miqdori o‘zgarmagan holda ikki barobar kam investitsiya tovarlarini sotib olish mumkin bo‘ladi xolos. Yalpi talab miqdor jihatidan aniqlanadi va uning umumiy miqdori turli omillar ta’sirida o‘zgarib turadi. Turli o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarda yalpi talab miqdorini aniqlash usullari va unga ta’sir etuvchi omillarni bayon etishda turli jihatdan yondashiladi. Jumladan, akademik V.Vidyapin va boshqalar umumiy tahriri ostida chop etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida yalpi talab iqtisodiyot alohida sohalari sarflarining yig‘indisi sifatida ifodalanadi, ya’ni:
Yd=S+I+G+NX
Yd – yalpi talab;
S – uyxщjaliklarining iste’mol sarflari;
I– xususiy sektorning investitsiya sarflari;
G – davlat xaridi;
NX – sof eksport.
Professor V.Kamaev esa yalpi talabni real yalpi milliy mahsulot tarkibiy qismlariga bo‘lgan umumiy pul miqdori sifatida namoyon bo‘lishini hamda uni pulning miqdoriy nazariyasiga muvofiq quyidagi ko‘rinishda ifodalanishini ta’kidlaydi:
AD=MV/P
bu yerda:
AD – yalpi talab;
M – pul miqdori;
V – pulning aylanish tezligi;
P – narx darajasi
Bundan ko‘rinadiki, V.Kamaevning fikricha yalpi talab pulning miqdori va narx darajasiga bevosita bog‘liqdir. Bu o‘rinda u sotib olinadigan tovarlar turi, miqdori va sifatini e’tibordan chetda qoldiradi.
Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, narx darajasi qancha past bo‘lsa, iste’molchilar (mamlakat ichidagi hamda chet eldagi) ishlab chiqarilgan tovarlar real hajmining shuncha katta hajmini va aksincha, narx darajasi qancha yuqori bo‘lsa, shuncha kam qismini sotib oladi. Shunday qilib, boshqa sharoitlar o‘zgarmas deb faraz qilgan taqdirda ham birgina narx darajasining oshishi ishlab chiqarishning real hajmiga bo‘lgan yalpi talab hajmining keskin kamayishiga, ya’ni ishlab chiqarilgan tovarlar massasining bir qismi sotilmay qolishiga sabab bo‘ladi. Aksincha, narx darajasining pasayishi ishlab chiqarish hajmiga nisbatan yalpi talabning oshishiga, ya’ni tovarlarning yetishmasligiga olib keladi. Yalpi talabga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillarning o‘zgarishi ham milliy ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga olib keladi. Narx darajasi va talab ta’siridagi milliy ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi bu teskari bog‘liqlikni quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling