Yalpi talab va yalpi taklif
-chizma Xrapovik samarasi
Download 93.39 Kb.
|
15.ЯЛПИ ТАЛАБ ЯЛПИ ТАКЛИФ
10-chizma
Xrapovik samarasi P AS P2 e c a b P1 AD2 AD1 0 Q3 Q1 Q2 Q CHizmadan ko‘rinadiki, Yalpi talab AD1 dan AD2ga oshganda, muvozanat holati a dan s ga ko‘chadi, ishlab chiqarish hajmi Q1dan Q2ga ko‘payib, narx ham P1dan P2 darajaga qadar o‘sadi. Biroq, Yalpi talab o‘zining dastlabki holatiga qaytsa, endi narx pasaymaydi, balki muvozanat yangi e holatiga ko‘chib, ishlab chiqarish hajmi o‘zining dastlabki Q1 darajasidan ham pasayib, Q3 darajasiga qadar tushib ketadi. SHu o‘rinda nima uchun narx pasayish tamoyiliga ega emas, degan savolga aniq javob berish qiyin bo‘lsada, uning ayrim sabablarini ko‘rsatish mumkin. Birinchidan, korxona umumiy xarajatlarining asosiy qismini (70-75 foiz) ish haqi tashkil qilib, u qisqa davr ichida pasayish tamoyiliga ega bo‘lmaydi. CHunki ishchilarning asosiy qismi shartnoma (kasaba uyushmalar orqali) bo‘yicha ishlab, shartnoma muddati tugagunga qadar ish haqini pasaytirish taqiqlanadi. Shuningdek, tadbirkorlarning o‘zlari ham ish haqi darajasini pasaytirishni xohlamasliklari mumkin. Buning ikkita sababi bor. Bir tomondan, ancha past ish haqi ishchilarning mehnat unumdorligiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. SHu bilan birga, ish haqining past darajasi mahsulot birligiga mehnat sarflarini kamaytirsa, mehnat unumdorligining past darajasi esa mehnat sarflarini oshiradi. Agar ular ish haqini pasaytirishga qaror qilsalar, malakali ishchi kuchidan ajrab qolishlari mumkin. Ikkinchidan, juda ko‘pchilik korxonalar etarli darajada monopol mavqega ega bo‘ladi va bu ularga talab kamayganda ham narxning pasayishiga qarshi turish imkonini beradi. Ishlab chiqarilgan va sotib olingan mahsulot real hajmi teng bo‘lganda, iqtisodiyotda muvozanatlikka erishiladi. Download 93.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling