Yalpi talab va yalpi taklif


-chizma YOtiq kesmada Yalpi talab va Yalpi taklif


Download 93.39 Kb.
bet14/17
Sana20.11.2023
Hajmi93.39 Kb.
#1790126
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
15.ЯЛПИ ТАЛАБ ЯЛПИ ТАКЛИФ

7-chizma
YOtiq kesmada Yalpi talab va Yalpi taklif
muvozanatining o‘zgarishi


R
AS

R1


AD2
AD1
0 Q1 Q2 Q

CHizmadan ko‘rinadiki, yotiq kesmada Yalpi talabning o‘sishiga taklif egri chizig‘i bo‘yicha muvozanat nuqtasining o‘ng tomonga silijishi orqali javob beriladi. YA'ni, AD1dan AD2ga qadar o‘sgan talab miqdori iqtisodiyotda to‘liq foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi orqali milliy ishlab chiqarish hajmini Q1dan Q2ga qadar o‘stirish orqali qondiriladi.


Tik kesmada ishchi kuchi va ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalaniladi, shu sababli Yalpi talabning kengayishi faqat narx darajasiga ta'sir ko‘rsatadi, ya'ni uni oshiradi. Milliy ishlab chiqarishning real hajmi esa o‘zgarishsiz qoladi (15.8-chizma).
.8-chizma
Tik kesmada Yalpi talab va Yalpi taklif
muvozanatining o‘zgarishi


P
AS
P2

P1 AD2


AD1

0 Qs Q


CHizmadan ko‘rinib turibdiki, tik kesmada Yalpi talab miqdorining AD1dan AD2ga oshishi faqat narx darajasini R1dan R2ga qadar o‘sishiga olib kelmoqda, milliy ishlab chiqarish hajmi esa potensial daraja – Qs hajmida qolmoqda. CHunki bu chegarada iqtisodiyot o‘zining barcha ishlab chiqarish imkoniyatlarini ishga solib bo‘lgan hisoblanadi.


Oraliq kesmada Yalpi talabning kengayishi bir vaqtning o‘zida milliy ishlab chiqarish real hajmining ko‘payishiga va narx darajasining oshishiga olib keladi (15.9-chizma).
9-chizma
Oraliq kesmada Yalpi talab va Yalpi taklif
muvozanatining o‘zgarishi


P
AS

P2


P1 AD2


AD1
0 Q1 Q2 Q

CHizmadan ko‘rinadiki, Yalpi talabning AD1dan AD2ga o‘sishi Yalpi taklif egri chizig‘i bo‘ylab milliy ishlab chiqarish hajmining Q1dan Q2ga qadar ko‘payishiga olib kelmoqda. Biroq, bu ko‘payish ayni paytda narxlar darajasini ham R1dan R2ga oshirmoqda. Bu esa oraliq kesmada iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish resurslari asta-sekin to‘la bandlik holatiga o‘tayotganligini, qo‘shimcha quvvatlarning ishga tushirilishi tobora o‘sib boruvchi xarajatlar orqali amalga oshishini anglatadi. Demak, Yalpi talabning o‘sishi Yalpi taklifning qaysi kesmasida ro‘y berishidan kelib chiqqan holda narx darajasiga turlicha ta'sir ko‘rsatar ekan. Yalpi talabning kamayishi ham turli kesmalarda turlicha kechadi. Agar yotiq kesmada Yalpi talab kamaysa, milliy ishlab chiqarishning real hajmi kamayib, narx darajasi o‘zgarishsiz qoladi. Tik kesmada narx tushadi, milliy ishlab chiqarish to‘liq bandlik darajasida bo‘lganligi sababli, uning real hajmi o‘zgarishsiz qoladi. Oraliq kesmada milliy ishlab chiqarishning real hajmi qisqaradi va narx darajasi pasayadi. Ayni paytda bu erda shuni ta'kidlash lozimki, oraliq va tik kesmalarda Yalpi talabning qisqarishi vaziyatni murakkablashtiruvchi omillar ta'sirida birdaniga narxning pasayishiga olib kelmasligi mumkin. Buning murakkablik tomoni shundan iboratki, tovarlar va resurslar narxi pasayish tamoyiliga ega bo‘lmaydi. SHu sababli ayrim iqtisodchilar bunday tamoyilni xrapovik samarasi deb ataydilar (xrapovik – bu g‘ildirakni faqat oldinga harakat qilishga majbur etuvchi mexanizm). Xrapovik samarasi shunga asoslanadiki, narx osonlik bilan ko‘tariladi, lekin juda qiyinchilik bilan, sekin pasayadi. SHu sababli Yalpi talabning oshishi narx darajasini ko‘taradi, lekin talab kamayganda, qisqa davr ichida narxning pasayishini kutish mumkin emas (15.10-chizma).





Download 93.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling