Yalpi talab va yalpi taklif


-chizma Yalpi talab miqdorining tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog‘liqligi


Download 93.39 Kb.
bet2/17
Sana20.11.2023
Hajmi93.39 Kb.
#1790126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
15.ЯЛПИ ТАЛАБ ЯЛПИ ТАКЛИФ

15.1-chizma
Yalpi talab miqdorining tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog‘liqligi

Ижтимоий нафлилиги
(турлари, миқдори ва сифати)



Ижтимоий нафлилиги (турлари, сифати ва миқдори) жиҳатидан



Истеъмол буюмларига





Қиймати (миқдор×нархи)



Ялпи талаб миқдори



Ижтимоий нафлилиги
(турлари, миқдори ва сифати)




Инвестиция товарлари ва ишчи кучига

Қиймат жиҳатидан





Қиймати (миқдор×нархи)

Yalpi talabni faqatgina pul miqdori bilan belgilash bizningcha unga bir tomonlama yondashuv bo‘ladi. Masalan, investitsiya tovarlari miqdori, sifati, turi o‘zgarmagan holda narx ikki barobar oshsa, belgilangan pul miqdori o‘zgarmagan holda ikki barobar kam investitsiya tovarlarini sotib olish mumkin bo‘ladi xolos.


Yalpi talab miqdor jihatidan aniqlanadi va uning umumiy miqdori turli omillar ta'sirida o‘zgarib turadi.
Turli o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarda Yalpi talab miqdorini aniqlash usullari va unga ta'sir etuvchi omillarni bayon etishda turli jihatdan yondashiladi. Jumladan, akademik V.Vidyapin va boshqalar umumiy tahriri ostida chop etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida Yalpi talab iqtisodiyot alohida sohalari sarflarining yig‘indisi sifatida ifodalanadi, ya'ni:
,
bu erda:
YdYalpi talab;
C – uy xo‘jaliklarining iste'mol sarflari;
I – xususiy sektorning investitsiya sarflari;
G – davlat xaridi;
NX – sof eksport.1
Professor V.Kamaev esa Yalpi talabni real Yalpi milliy mahsulot tarkibiy qismlariga bo‘lgan umumiy pul miqdori sifatida namoyon bo‘lishini hamda uni pulning miqdoriy nazariyasiga muvofiq quyidagi ko‘rinishda ifodalanishini ta'kidlaydi:
,
bu erda:
AD – Yalpi talab;
M – pul miqdori;
V – pulning aylanish tezligi;
P – narx darajasi1.
Bundan ko‘rinadiki, V.Kamaevning fikricha Yalpi talab pulning miqdori va narx darajasiga bevosita bog‘liqdir. Bu o‘rinda u sotib olinadigan tovarlar turi, miqdori va sifatini e'tibordan chetda qoldiradi.
Biz yuqorida ta'kidlaganimizdek, boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, narx darajasi qancha past bo‘lsa, iste'molchilar (mamlakat ichidagi hamda chet eldagi) ishlab chiqarilgan tovarlar real hajmining shuncha katta hajmini va aksincha, narx darajasi qancha yuqori bo‘lsa, shuncha kam qismini sotib oladi. SHunday qilib, boshqa sharoitlar o‘zgarmas deb faraz qilgan taqdirda ham birgina narx darajasining oshishi ishlab chiqarishning real hajmiga bo‘lgan Yalpi talab hajmining keskin kamayishiga, ya'ni ishlab chiqarilgan tovarlar massasining bir qismi sotilmay qolishiga sabab bo‘ladi. Aksincha, narx darajasining pasayishi ishlab chiqarish hajmiga nisbatan Yalpi talabning oshishiga, ya'ni tovarlarning etishmasligiga olib keladi. Yalpi talabga narxdan tashqari ta'sir qiluvchi omillarning o‘zgarishi ham milliy ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga olib keladi.
Narx darajasi va talab ta'siridagi milliy ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi bu teskari bog‘liqlikni quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin (15.2-chizma).

Download 93.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling