Yalpi talab va yalpi taklif
-chizma Yalpi taklif umumiy miqdorining tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog‘liqligi
Download 93.39 Kb.
|
15.ЯЛПИ ТАЛАБ ЯЛПИ ТАКЛИФ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15.5-chizma Yalpi taklif egri chizig‘i
- I. YOtiq kesma.
4-chizma
Yalpi taklif umumiy miqdorining tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog‘liqligi Yalpi taklifga eng avvalo bozor narxlari darajasi bilan ijtimoiy qiymat miqdori o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi ta'sir ko‘rsatadi. Narxlar darajasining qiymat miqdoridan oshishi qo‘shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag‘bat yaratadi. Narxlar darajasining qiymatdan pasayishi esa tovar ishlab chiqarishning qisqarishiga olib keladi. SHu sababli turli tovarlar narxlari va milliy ishlab chiqarish hajmi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita bog‘liqlik mavjud bo‘ladi. Bu bog‘liqlik Yalpi taklif egri chizig‘ida aniq aks etadi (15.5-chizma). 15.5-chizma Yalpi taklif egri chizig‘i R Narx AS darajasi III I II
0 Y1 Yt Y
CHizmadan ko‘rinadiki, Yalpi taklif egri chizig‘i o‘z shakli jihatidan yakka yoki bozor taklifining an'anaviy egri chizig‘idan farq qiladi. SHu o‘rinda ta'kidlash lozimki, uzoq muddatli va qisqa muddatli davrdagi Yalpi taklif egri chizig‘i bir-biridan farqlanadi. Uzoq davrdagi Yalpi taklif egri chizig‘i o‘z shakliga ko‘ra chizmadagi Yt nuqtaga qadar joylashgan har qanday tik chiziqdan iborat bo‘ladi. Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarishga tobora ko‘proq jalb etilishi mazkur chiziqni Yt nuqtaga yaqinlashtiradi va pirovardida shu nuqtada joylashgan chiziqqa tenglashadi. CHunki qo‘shimcha resurs va imkoniyatlarni ishga solish uchun vaqtning etarli bo‘lishi uzoq muddatli davrda iqtisodiyotda to‘la bandlik holatiga olib keladi. Qisqa muddatli davrda Yalpi taklif egri chizig‘ining ko‘rinishi bir oz murakkabroq bo‘lib, uchta kesmani o‘z ichiga oladi. I. YOtiq kesma. U ba'zida «keynscha» kesma deb ham atalib, iqtisodiyotning tanazzul yoki turg‘unlik pallasidagi holatini aks ettiradi. YOtiq kesma milliy ishlab chiqarish potensial hajmi (chizmadagi Yt nuqta)dan ancha kam bo‘lgan ishlab chiqarishning real hajmi (chizmadagi Y1 nuqtaga qadar bo‘lgan hajm)ni o‘z ichiga oladi. YA'ni, bu oraliqda mamlakatdagi mavjud ko‘plab ishlab chiqarish quvvatlari, mashina, uskuna va ishchi kuchi ishlab chiqarishga jalb etilmaydi yoki ulardan to‘liq foydalanilmaydi. SHunga ko‘ra, mazkur resurslarning ishlab chiqarishga jalb etilishi narx darajasiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi. Bu oraliqda ishlab chiqarish real hajmi qisqarganda ham tovar va resurslar narxi eski darajada qoladi. SHunday qilib, yotiq kesmada narx darajasi o‘zgarmagan holda milliy ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyati mavjud. Download 93.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling