Yalpi talab va yalpi taklif
Download 93.39 Kb.
|
15.ЯЛПИ ТАЛАБ ЯЛПИ ТАКЛИФ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Yalpi taklif tushunchasi. Yalpi taklif tarkibi va unga tasir qiluvchi omillar
Valyuta kurslari. Boshqa valyutalarga nisbatan milliy pul kursining o‘zgarishi sof eksportga va demak Yalpi talabga ta'sir ko‘rsatadi. Faraz qilaylik, ienaning dollardagi narxi o‘sdi. Bu dollarning ienaga nisbatan qadrsizlanganligi va iena kursi ko‘tarilganligini bildiradi. Dollar va iena o‘rtasidagi yangi nisbat natijasida yaponiyalik iste'molchilar ienaning ma'lum summasiga ko‘proq dollar sotib olishi mumkin. Demak, yaponiyalik iste'molchilar uchun amerika tovarlari yapon tovarlariga qaraganda arzonroq bo‘ladi. SHu bilan birga amerikalik iste'molchilar dollarning ma'lum summasiga yapon tovarlarini nisbatan kamroq miqdorda sotib olishi mumkin. Bunday holda AQSH eksportining o‘sishi, importining esa kamayishi holatini kutish mumkin. Sof eksportning ko‘payishi o‘z navbatida AQSH iqtisodiyotida Yalpi talabning ko‘payishiga olib kelishini bildiradi.
2. Yalpi taklif tushunchasi. Yalpi taklif tarkibi va unga ta'sir qiluvchi omillar Iqtisodiyotni muvozanatli yuritishda Yalpi taklif va unga ta'sir etuvchi omillarni bilish muhimdir. Yalpi taklif (aggregate supply, AS) – mamlakatda muayyan vaqtda ishlab chiqarilib, narxlarning muayyan darajasida sotishga tayyor turgan, o‘zining ijtimoiy nafliligi, turlari, sifati, miqdori va ijtimoiy qiymati bo‘yicha shu davrdagi talabga javob beradigan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir. Bu narxlarning har xil mumkin bo‘lgan o‘rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning mavjud real hajmini ko‘rsatadi. Yalpi taklif turli xil ishlab chiqarilgan iste'mol tovarlari va xizmatlardan hamda investitsiya tovarlaridan iborat bo‘ladi. Bundan tashqari Yalpi taklifga uy xo‘jaliklari taklif qiladigan ishchi kuchi resurslari ham kiradi. Albatta ishlab chiqarilgan va sotishga mo‘ljallangan iste'mol tovarlari va xizmatlari ham, Shuningdek, investitsiya tovarlarining turlari ham juda ko‘p va turli-tumandir. Lekin Yalpi talab o‘zining ijtimoiy zaruriy nafliligi bilan, ya'ni o‘zining turlari, miqdori va sifati bo‘yicha hamda ijtimoiy qiymati bo‘yicha shu davrdagi ishlab chiqarish va jamiyat a'zolari talabiga mos kelishi kerak. Yalpi taklifni va uning miqdorini umumlashtirib quyidagi chizma ko‘rinishida ifodalash mumkin (15.4-chizma). Download 93.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling