Yalpi talab va yalpi taklif
Download 93.39 Kb.
|
15.ЯЛПИ ТАЛАБ ЯЛПИ ТАКЛИФ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foiz stavkasi samarasi.
- 15.3-chizma Narx darajasi oshishining Yalpi talabga tasiri
15.2-chizma
Yalpi talab egri chizig‘i N arx R darajasi AD 0 Y Ishlab chiqarish real hajmi CHizmadan ko‘rinadiki, Yalpi talab egri chizig‘i yakka talab egri chizig‘iga o‘xshaydi, biroq o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar bir-biridan farqlanadi. Agar yakka talab egri chizig‘i turli narx ko‘rsatkichlarida alohida iste'molchining muayyan tovarga bo‘lgan talabi miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalasa, Yalpi talab egri chizig‘i mamlakatdagi narxlarning turli darajasi hamda ishlab chiqarishning real hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Agar yakka talab egri chizig‘ining pasayuvchanligi daromad va almashuv samaralarining amal qilishi bilan izohlansa, Yalpi talab egri chizig‘ining pasayuvchan ko‘rinishda bo‘lishi narxlar umumiy darajasining o‘zgarishi natijasida ro‘y beruvchi foiz stavkasi samarasi, boylik samarasi va import tovarlar xaridi samarasi orqali izohlanadi. Foiz stavkasi samarasi. Mazkur samaraning mohiyati shundan iboratki, narx darajasining o‘sishi bilan pulga bo‘lgan talab ham ortadi. Bu esa muomaladagi pul miqdorining o‘zgarmagan hajmi sharoitida foiz stavkasining o‘sishiga olib keladi. O‘z navbatida foiz stavkasining o‘sishi iste'mol va investitsiya sarflari hajmini pasaytiradi. CHunki foiz stavkalarining oshib ketishi aholi tomonidan uy va uy jihozlari, avtomobil kabi uzoq muddatli iste'mol tovarlarini sotib olish uchun kredit olishni samarasiz qilib qo‘yadi. Shuningdek, tadbirkorlar ham foizning yuqori darajasida o‘zlarining nisbatan past daromad keltiruvchi investitsiya loyihalarini amalga oshirishdan voz kechadilar. Narx o‘zgarishi bilan foiz stavkalarining hamda Yalpi talab umumiy miqdorining o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni chizma orqali osonroq tushunish mumkin (15.3-chizma). 15.3-chizma Narx darajasi oshishining Yalpi talabga ta'siri Bu erda biz narx oshgan holatda pulga bo‘lgan talabning, foiz stavkasining oshishini va, nihoyat, Yalpi talab miqdorining kamayishini ifoda etdik. Narx pasaysa, shu holatning teskarisi, ya'ni pulga bo‘lgan talab hamda foiz stavkasining pasayishi va oqibatda Yalpi talab miqdorining oshishi ro‘y beradi. Download 93.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling