1.Yalpi ichki mahsulotning va baholar darajasining bir vaqtda pasayishi klassik model bo’yicha quyidagicha tushuntiriladi:
a)faqat AD egri chizig’in chapga siljiydi; b)faqat AD egri chizig’i o’ngga siljiydi;
v)faqat potensial YaIM darajasi pasayadi; g)AS egri chizig’i o’ngga siljiydi..
2.Baho darajasi o’zgarmagan holda YaIMning pasayishi klassik model buyicha quyidagicha tushuntiriladi:
a) potensial YaIM o’zgarmagani holda yalpi talab o’sadi;
b) bir vaqtning o’zida yalpi talab va potensial YaIM kamayadi;
v) yalpi talab o’zgarmagani holda potensial YaIM o’sadi;
g) potensial YaIM pasaygani holda yalpi talab o’sadi.
3.AD egri chizig’ining chap va o’ng tomonga siljishi baholar darajasiga ta’sir etmaydi, agar:
a) bu siljish A S egri chizig’ining gorizontal kesimida bulsa;
b) bu siljish AS egri chizig’ining vertikal kesimida bo’lsa;
v) bu siljish AS egri chizig’ining oraliq kesimida bo’lsa;
g) iqtisodiyot to’liq bandlik sharoitida bo’lsa.
4. Agar baho darajasi oshsa, ishlab chiqarish pasayadi, bu holat AD –AS modelida izohlanadi:
a) AD egri chizig’ining o’ngga siljigani bilan;
b) AD egri chizig’ining chapga siljigani bilan;
v) AS egri chizig’ining chapga siljigani bilan;
g) AS egri chizig’ining o’ngga siljigani bilan;
5. AS egri chizig’i Keyins kesimida:
a)ijobiy egilishga ega; b)salbiy egilishga ega;
v)vertikal ko’rinishga ega; g)gorizontal ko’rinishga ega.
6.Iqtisodiyot ASning klassik kesimida bo’lganda, AD ning o’sishi quyidagiga olib keladi:
a) baholarning o’sishiga, lekin real YaIM (darajasi) dinamikaga tasir qilmaydi;
b)YaIMning o’sishiga olib keladi, lekin baholar darajasiga ta’sir qilmaydi;
v)baholar darajasi va real YaIMning o’sishiga;
g)baholar darajasining pasayishiga va real YaIM o’sishiga.
Do'stlaringiz bilan baham: |