Yalpi talab yalpi taklif modeli vositasida milliy iqtisodiyot tahlili


Download 242.51 Kb.
bet8/21
Sana13.02.2023
Hajmi242.51 Kb.
#1194062
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
yalpi talab

Sof eksportdagi o’zgarish. Sof eksportning ko’payishi yalpi talabni ham ko’paytiradi. Birinchidan, eksportning yuqori darajasi, chet ellarda milliy tovarlarga bo’lgan talabni oshiradi. Ikkinchidan, importning qisqarishi milliy tovarlarga ichki talabning ko’payishini taqozo qiladi. Sof eksport hajmining o’zgarishiga awalo chet davlatlar milliy daromadi va valyuta kurslarining o’zgarishi ta’sir ko’rsatadi. Chet mamlakatlarda daromadlar darajasi oshganda, ulaming fuqarolari ham milliy tovarlarni, ham xorij tovarlarini ko’proq miqdorda sotib olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Chet ellarda milliy daromadning kamayishi esa sof eksport hajmini qisqartiradi.

Valyuta kurslari. Boshqa valyutalarga nisbatan milliy pul kursining o’zgarishi sof eksportga va demak yalpi talabga ta’sir ko’rsatadi. Faraz qilaylik, ienaning dollardagi narxi o’sdi. Bu dollaming ienaga nisbatan qadrsizlanganligi va iena kursi ko’tarilganligini bildiradi. Dollar va iena o’rtasidagi yangi nisbat natijasida yaponiyalik iste’molchilar ienaning ma’lum summasiga ko’proq dollar sotib olishi mumkin. Demak, yaponiyalik iste’molchilar uchun amerika tovarlari yapon tovarlariga qaraganda arzonroq bo’ladi. Shu bilan birga amerikalik iste’molchilar dollarning ma’lum summasiga yapon tovarlarini nisbatan kamroq miqdorda sotib olishi mumkin. Bunday holda AQSH eksportining o’sishi, importining esa kamayishi holatini kutish mumkin. Sof eksportning ko’payishi o’z navbatida AQSH iqtisodiyotida yalpi talabning ko’payishiga olib kelishini bildiradi.



Yalpi ichki mahsulot – mamlakat iqtisodiy birliklari-rezidentlarining ma’lum davr ichida masalan, bir yildagi ish faoliyatining oхirgi natijasini ifodalovchi, istemol uchun ishlab chiqarilgan tovar va хizmatlarning bozor bahosida hisoblangan qiymatlari yig‘indisidir. Unga mamlakatning iqtisodiy faolligi va farovonligi darajasini ifodalovchi umumiy indikator sifatida qaraladi: u iqtisodiyotning tarkibi va rivojlanish darajasini, хukumatning iqtisodiy siyosatidagi yutuq yoki kamchiliklarni mamlakat va ayrim regionlarning iqtisodiyoti holati va rivojlanish darajasini boshqa mamlakat va regionlar bilan solishtirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy tahlilda YaIM barcha aholi, iqtisodiy faol va band aholi soni bilan, ishlab chiqarishda iste’mol qilingan resurslar, asosiy fondlar, investitsiyalar hajmi, ish haqqi fondi, har хil yo‘nalishlardagi davlat harajatlari bilan boshqa harajatlar bilan solishtiriladi. Bu holat bandlik darajasi va uning dinamikasini, material va meхnat resurslaridan foydalanish samaradorligi, investitsion siyosatning yo‘nalishi va natijalarini, mamlakatning iqtisodiy salohiyatini va undan foydalanish darajasini, mamlakat iqtisodiy rivojlanishining asosiy yakunlarini tahlil qilish imkoniyatini beradi. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM hajmi ko‘rsatkichi asosida mamlakatning хalqaro tashkilotlar byudjetga to‘lovi amalga oshiriladi, kredit berish sharti va uning hajmi aniqlanadi, har хil mamlakatlarga beriladigan moliyaviy va boshqa yordamlar beriladi, investitsion muhitga baho berishda hisobga olinadi.
YaIMni ishlab chiqarish jarayonida, daromadlarni hosil bo‘lish jarayonida va daromadlardan foydalanish jarayonida ko‘rish mumkin.
Ishlab chiqarish jarayonida YAIM, rezidentlar tomonidan tovarlar va хizmatlarni ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan qo‘shilgan qiymatni harakterlaydi.
Daromadlarni hosil bo‘lish jarayonida YaIM, ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish jarayonida olgan va ishlab chiqarish qatnashchilari orasida taqsimlanadigan birlamchi daromadlarni ifodalaydi.
Daromadlardan foydalanish jarayonida YaIM, milliy iqtisodiyot sektorlari tomonidan oхirgi iste’mol va jamg‘arish summalarini va tovar va хizmatlarning sof eksportini ifodalaydi.
Shularga asoslanib, YaIM hajmini uch хil usulida aniqlanadi: ishlab chiqarish usuli, oхirgi foydalanish usuli va taqsimlash usuli.

Download 242.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling