1.6-chizma
Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat
Yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizig’i kesishgan nuqta umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli real hajmi orqali erishiladi.
Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat qiladi va ma’lum darajada bu tenglik ta’minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillarning o’zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi.
Yalpi talab va yalpi taklif muvozanati yalpi taklif egri chizig’ining qaysi kesmasida ro’y berishiga qarab o’ziga xos xususiyat kasb etadi.
Yalpi talab egri chizig’i yalpi taklif egri chizig’ini yotiq kesmada kesib o’tsa, narx darajasi milliy ishlab chiqarish muvozanatli real hajmining shakllanishiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Bunda yalpi talab miqdorining o’sishi milliy ishlab chiqarish real hajmining oshishiga, uning kamayishi esa bu hajmning kamayishiga olib keladi. Biroq, bu o’zgarishlar iqtisodiyotdagi umumiy narx darajasining o’zgarishisiz ro’y beradi (1.7-chizma).
1.7-chizma
Yotiq kesmada yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining o’zgarishi
Chizmadan ko’rinadiki, yotiq kesmada yalpi talabning o’sishiga taklif egri chizig’i bo’yicha muvozanat nuqtasining o’ng tomonga silijishi orqali javob beriladi. Ya’ni, ADidan AD2ga qadar o’sgan talab miqdori iqtisodiyotda to’liq foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quwatlarining ishga tushirilishi orqali milliy ishlab chiqarish hajmini Qidan Q2ga qadar o’stirish orqali qondiriladi.
Tik kesmada ishchi kuchi va ishlab chiqarish quwatlaridan to’liq foydalaniladi, shu sababli yalpi talabning kengayishi faqat narx darajasiga ta’sir ko’rsatadi, ya’ni uni oshiradi. Milliy ishlab chiqarishning real hajmi esa o’zgarishsiz qoladi (1.8-chizma).
Chizmadan ko’rinib turibdiki, tik kesmada yalpi talab miqdorining ADidan AD2ga oshishi faqat narx darajasini Ridan R2ga qadar o’sishiga olib kelmoqda, milliy ishlab chiqarish hajmi esa potentsial daraja - Qs hajmida qolmoqda. Chunki bu chegarada iqtisodiyot o’zining barcha ishlab chiqarish imkoniyatlarini ishga solib bo’lgan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |