Yalpi talab yalpi taklif modeli vositasida milliy iqtisodiyot tahlili


Yalpi taklif hajmiga ta’sir qiluvchi omillar


Download 242.51 Kb.
bet15/21
Sana13.02.2023
Hajmi242.51 Kb.
#1194062
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
yalpi talab

Yalpi taklif hajmiga ta’sir qiluvchi omillar. Yalpi taklifga narxdan tashqari bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Bu omillardan bir yoki bir nechtasining o’zgarishi yalpi taklifning o’zgarishiga sabab bo’ladi. Yalpi taklifning narxdan tashqari bu omillari bitta umumiy xususiyatga ega: agar ular o’zgarsa, mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi ishlab chiqarish xarajatlari ham o’zgaradi. Natijada yalpi taklif egri chizig’i joyini o’zgartiradi.

  1. Resurslar narxining o’zgarishi. Resurslar narxi tayyor mahsulot narxidan farq qilib, yalpi taklifning muhim omili hisoblanadi. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, resurslar narxining oshishi mahsulot birligiga xarajatlaming ko’payishiga, resurs narxlarining pasayishi esa xarajatlaming kamayishiga olib keladi. Resurs narxlariga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Resurslar taklifining ko’payishi ular narxini pasaytiradi va natijada mahsulot birligiga xarajatlar kamayadi. Resurslar taklifining kamayishi esa qarama-qarshi natijaga olib keladi. Endi alohida resurslar taklifi o’zgarishining yalpi taklifga ta’sirini qarab chiqamiz.

Yer resurslari taklifi yangi yerlarning ochilishi, sug’orish inshootlarining qurilishi, yerga ishlov berish texnik imoniyatlarining takomillashuvi tufayli ko’payishi mumkin. Yer resurslari taklifining ko’payishi yerga bo’lgan sarflarning kamayishiga olib keladi va shu orqali mahsulot birligiga to’g’ri keladigan xarajatlarni pasaytiradi. Irrigatsiya qurilmalari shoxobchalarining kengayishi, dehqonchilikning intensiv usullarini qo’llash tufayli yer resurslarining kamayishi qarama-qarshi natijaga olib keladi.
Ishchi kuchi resurslari. Korxona xarajatlarining asosiy qismi ishchi va xizmatchilarga ish haqi to’lash uchun ketadigan xarajatlar hisoblanadi. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, ish haqining o’zgarishi mahsulot birligiga to’g’ri keladigan xarajatlar darajasiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Mavjud ishchi kuchi resurslarining ko’payishi ish haqining pasayishiga, ularning kamayishi esa ish haqining oshishiga olib keladi.
Kapital. Agar jamiyat asosiy kapital zaxirasini o’stirib borsa, yalpi taklif o’sish tamoyiliga ega bo’ladi. Masalan, agar jamiyat o’z daromadining asosiy qismini tejab, uni investitsion tovarlar sotib olishga yo’naltirsa, yalpi taklif o’sadi. Xuddi shunday asosiy kapital sifati yaxshilanganda ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va yalpi taklif ko’payadi. Korxona o’zining eski, sifati past bo’lgan qurilmalarini yangi va ancha takomillashgan qurilmalar bilan almashtirishi bunga misol bo’la oladi. Agar mamlakat asosiy kapitalining miqdori kamaysa va sifati yomonlashsa, yalpi taklif qisqaradi.

Download 242.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling