«yalpiznamolar qabilasi»
Download 1.09 Mb.
|
«yalpiznamolar qabilasi»
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muxallis barg qisraq (xapri)- Perovskia serophulariifolia Bunge
- Ziziphora 3.3.2
Zarafshon tog‘jambuli-Thymus serpyllum L. Ko‘p yillik, yer bag‘irlab o‘suvchi, ildizlari oldidagi qismlari yog‘ochlangan chala buta. Yangi novdalari tuklangan, balandligi 5-10 (15) sm. Barglari teskari tuxumsimon o‘troq. 3-4 tadan tomirlangan, tuksiz, chetlari tekkis. Gullari poyalarini uchki joylashgan boshoqsimon to‘p gullardir. Kosachasi 4-5 mm uzunlikda. Tojbarglari 5-7 mm uzunlikda pushti-qizg‘ish, pushti-qizil ranglarda. Iyun-avgust oylarida gullab, iyul-sentyabrda urug‘lari yetiladi. Tog‘larning o‘rta va yuqori mintaqalaridagi toshli va mayda shag‘alli tuproqlarda o‘sadi. Toshkent, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida o‘sadi. Yer ustki qismi damlamasi og‘riq qoldiruvchi, radikulitda, yo‘talga qarshi, ich burug‘da qo‘llaniladi.
45 Muxallis barg qisraq (xapri)-Perovskia serophulariifolia Bunge. Ko‘p yillik, yo‘g‘onlashuvchan poyali, qo‘ng‘ir qobiqli chala buta, balandligi 60-120 sm. Barglari uzunchoq yoki tuxumsimon, to‘ntoq tishchali, Gullari kalta tutqichli kam gulli, halqasimonga o‘xshash joylashgan shingili to‘pgul hosil qiladi. Kosachasini uzunligi 5-6 mm, binafsha rangli, barcha qismi uzun tuklar bilan qoplangan. Tojibarglari binafsha rangda, uzunligi 11-12 mm, siyrak momiq. Iyun-iyulda gullab, iyul–avgust oylarida yetiladi. Xalq tabobatida yer ustki qismi ishlatiladi. Yer ustki qismidan tayyorlangan qaynatmasi xalq orasida qo‘tir va teri kasalliklarini davolash uchun qo‘llaniladi. Yer ustki qismining surmasi (nastoykasi) va damlamasidan tayyorlangan surtmasi bakteritsid ta’siriga hamda yaralarni davolash xossasiga ega ekanligi tajribada aniqlangan va shu maqsadda ilmiy tibbiyotda ishlatishga tavsiya etilgan. 3.2.1-rasm. Ziziphora 3.3.2-rasm.Z. tenuior L. pedicellata Pazij. et Vved. 3.2.3-rasm. Prunella vulgaris L 3.2.4-rasm. . Origanum tytthanthum Gontsch. 46
Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha ilmiy tibbiyotda va halq tabobatida 120 mingdan ortiq o‘simliklar turlari ishlatiladi. Jumladan O‘zbekiston florasida 1000 dan ortiq turlarning dori–darmonlik xususiyatlariga ega ekanliklari to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Yalpizdoshlar – Lamiaceae oilasi shifobaxsh va dorivor o`simliklarini o`rganish boyicha tadqiqot ishi birinchi marotaba qilindi. Lamiaceae oilasi shifobaxsh va dorivor o`simliklarining 26 turkum va 69 turdan iborat ekanligi aniqlandi. Turkumlar bo‘yicha turlar bir hil tarqalmagan. Turlarning ko‘pligi jihatidan Phlomoides Moench. turkumi vakillari (45) ajralib turadi. Ikkinchi o`rinda Scutellaria L. (38), uchinchi o`rinda esa Salvia L. turkumi (21) turlari ko`p tarqalishi jihatidan yetakchi o`rinlarda turadi. O`zbekistonda tarqalgan Lamiaceae -Yalpizdoshlar oilasiga mansub turkum va turlar tahlil qilinganda Phlomoides Moench. turkumining 45 turi oilaga mansub turlarning 19 %, Scutellaria L. 38 turi 16%, Salvia L. 21 turi 8,9 %, Nepeta L. 19 turi 8%, Lagochilus Bunge ex Benth. 18 turi 7,5 %, Dracocephalum L. 16 turi 6,7%, Phlomis L. 15 turi 6,3%, Ziziphora L. 8turi 3,3 %, Lophanthus Adans. 6 turi 2,5 %, Otostegia Benth. 5 turi 2,1 %, Leonurus L., Stachys L., Perovskia Kar., Thymus L.turkumlarining 4 tadan turlari 1,7 % dan 6,8% ni, Mentha L. 3 turi 1,3%, Lycopus L., Hypogomphia Bunge, Lamium L., Stachyopsis Popov et Vved. turkumlari 2 tadan turga ega bo`lib 0,8 % dan 3,2% ni, qolgan 20 ta turkum faqat 1 tadan turga ega bo`lib 0,4 % dan 8% ni tashkil qildi. Lamiaceae oilasining O`zbekiston “Qizil Kitobi”ga kiritilgan 30 tur o`simligidan Farg`ona vodiysi florasida faqat 1 turi ya‘ni, Salvia margaritae Botsch. uchraydi xolos. Yalpizdoshlar oilasiga mansub 238 turdan 144 ta ko`p yillik o`t, 73 ta chala buta, 20 ta bir yillik, faqat 1 ta ikki yillik hayotiy shaklga ekanligi, oilada fanerofitlar uchramasligi aniqlandi. 47
Lamiaceae oilasi turlarining xalq xo`jaligida foydalanilishi va ishlatilishi bo`yicha tahlil qilinganda quyidagilar ma`lum bo`ldi, 238 turdan eng ko`p 143 tur asal-shirali 60%, 69 ta dorivor 29%, 100 ta efir moyli 42%, 27 ta dekorativ, ya`ni manzarali 11,3%, 19 ta oziq-ovqat 8% ni tashkil qildi. Oilaga mansub 74 tur o`simlikdan esa hozircha foydalanilmasligi ma`lum bo`ldi. Lamiaceae oilasining 26 turkumga mansub 69 turi dorivor shifobaxsh xususiyatga ega bolib, turkumlar orasida Lagochilus Bunge ex Benth. 11 ta, Ziziphora L. 8 ta, Salvia L. 7 ta, Dracocephalum L. 7 ta turga ega bo`lib yetakchilik qiladi. Perovskia Kar., Stachys L. 4 tadan, Mentha L., Nepeta L. 3 tadan, Lycopus L., Lamium L., Scutellaria L. 2 tadan, qolgan 14 turkumning faqat 1 tadan dorivor vakillari borligi ma`lum bo`ldi. Lamiaceae oilasi dorivor o`simliklarning taksonomik tarkibi aniqlanib keng tarqalgan turlarining konspekti tuzildi. Lamiaceae oilasi shifobaxsh va dorivor o`simlik turlari taksonomik, geografik va fitotsenologik tahlil qilindi. Ularning turli guruhchalari o‘rtasidagi nisbati aniqlandi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling