Янги даврда ғазал жанрининг тарақҚиёт тамойиллари
II BOB BO„YICHA XULOSALAR
Download 0.75 Mb.
|
mustaqillik davri ozbek sheriyatida gazal janri taraqqiyoti (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA
II BOB BO„YICHA XULOSALAR.90 yillar o‗zbek she‘riyatida ijod qilgan shoirlarning aruzdagi she‘rlari bilan barmoqdagi asarlari shakl, vazn e‘tiboridan farqlanadi; obrazli fikrlash, falsafiylik jihatidan umumiylik kasb etadi. G‗azallarning mavzu yo‗nalishi va tuzilishiga ko‗ra turlari: Keyingi davrlarda g‗azalning mavzu yo‗nalishi kengayib borgan.: Shu tariqa, g‗azal mavzusi insonning keng, intim tuyg‗ulari bilan birga ijtimoiy-hayot muammolarini ham qamrab oladigan bo‗ldi. Aruz bugungi davr she‘riyatida yetakchi o‗rinni egallamasa ham, kitobxon ehtiyojiga javob bera oladigan, iste‘dodli shoirlar tomonidan qo‗llanilayotgan adabiy vosita. XULOSAO‗tgan asr boshlarida − hayotdagi ijtimoiy o‗zgarishlar tufayli Yevropa va rus lirikasi janrlarning adabiyotimizga kirib kelishiga yo‗l ochildi. Xorijiy janr o‗qish yo‗li bilan, to‗g‗ridan-to‗g‗ri andoza olish va tarjima qilish qilish orqali kirib keldi. Demak, har bir davr va adabiy jarayonning o‗z janrlar tarkibi bo‗ladi. Bunday xususiyat har bir katta-kichik shoir ijodi uchun ham xos. Janr adabiy jarayonda quyidagi olti xil holatni boshidan kechiradi: An‘anaviylik; Boshqa xalqdan o‗tish; Yangidan tug‗ilish; Eski janrning goho ―o‗lishi‖; Janrning lirik belgilariga ega yoki ega bo‗lmaslik; Janrlikka intilayotgan she‘rlarning mavjudligi; Yangi davr she‘riyatida g‗azalchilik an‘analari Habibiy, Charxiy, Chustiy, E.Vohidov, J.Kamol kabi o‗nlab shoirlarimiz tomonidan muvaffaqiyatli davom ettirildiki, g‗azalni hozirgi she‘riyatda ham nisbatan faol bo‗lgan janrlardan sanash uchun yetarli asos bor. 60-yillarga kelib aruzga munosabat o‗zgara boshladi. Uning o‗zbek adabiyoti, she‘riyatidagi o‗rni tiklanibgina qolmay, E.Vohidov, J.Kamol A.Oripov, J.Jabborov kabi shoirlar ijodida yuksak bosqichga ko‗tarilgan. E.Vohidovning mumtoz adabiyotning bugungi kunda yangilangan janri bo‗lmish g‗azaldagi merosi A.Oripovnikidan miqdor jihatidan salmoqliroq. Shoir bu janrga ko‗p va xo‗b murojaat etadi. A.Oripov ijodida g‗azallar miqdori kam bo‗lsa-da, shoir g‗azal janriga oz va soz murojaat etadi. Ikki ijodkor ushbu janrda ham xaqiqiy iste‘dod namunasini ko‗rsata olgan. 90 yillarga kelib g‗azallarning mavzu yo‗nalishi va tuzilishiga ko‗ra turlari: Keyingi davrlarda g‗azalning mavzu yo‗nalishi kengayib borgan. Shu tariqa, g‗azal mavzusi insonning keng, intim tuyg‗ulari bilan birga ijtimoiy- hayot muammolarini ham qamrab oladigan bo‗ldi. Aruz bugungi davr she‘riyatida yetakchi o‗rinni egallamasa ham, kitobxon ehtiyojiga javob bera oladigan, iste‘dodli shoirlar tomonidan qo‗llanilayotgan adabiy vosita. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RUYXATI. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling