4
-XX asrning 30-70-yillarida o‗zbek she‘riyatining ko‗p asrlik she‘r sistemasi
aruzga bo‗lgan munosabat;
-Yangilangan g‗azalchilik davrining eng faol ijodkorlarining g‗azalchilikdagi
mahoratini kuzatish;
-Lirikada g‗azalning asosiy mohiyati va an‘anaviy
jozibasi
saqlanganligini tahlil qilish;
-90-yillar o‗zbek she‘riyatida g‗azal janriga munosabat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi; Aruz bugungi davr she‘riyatida
yetakchi
o‗rinni egallamasa ham, kitobxon
ehtiyojiga javob bera oladigan, iste‘dodli
shoirlar tomonidan qo‗llanilayotgan adabiy vosita ekanligini E.Vohidov, A.Oripov,
J.Jabborov, S.Sayyid ijodlari misolida o‗rganilishi ishning yangiligini belgilaydi.
Mavzuning o„rganilganlik darajasi: O‗zbek she‘riyatida aruz she‘riy
tizimiga, g‗azal janri taraqqiyoti xususida adabiyotshunos olimlarimizdan I.Sulton,
T.Boboyev,U.To‗ychiyev, A.Hayitmetov, N.Karimov, B.To‗hliyev, B.Qodirov,
R.Orzibekovlar tomonidan ilmiy nazariy fikrlar bildirilgan.
Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati: Ushbu ish xulosalari o‗zbek
she‘riyatining janrlar taraqqiyotiga xos izlanishlar, zamonaviy she‘riyatda g‗azal
janrining taraqqiyot xususiyatlarini kuzatish va bu davr she‘riyatini baholashning
qoidalarini ishlab chiqishda katta ilmiy ahamiyatga egadir.
Ishning qoida va
xulosalari XX asr o‗zbek she‘riyatining taraqqiyotida g‗azal janrining umumiy
manzarasini ilmiy tasavvur qilish va sharhlashga yordam beradi.
Ish kollej, litsey talabalari va maktablar uchun
zamonaviy shoirlar ijodiga
tegishli maxsus kurs va seminarlar o‗tkazishda foydalanishda, ayni paytda, hozirgi
o‗zbek she‘riyatidagi janriy va mavzuviy izlanishlar bo‗yicha talabalarga ixtisoslik
kurslari olib borishda yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: