Yangi davrda osiyo mamlakatlarining rivojlanish xususiyatlari


Download 87.5 Kb.
bet3/8
Sana24.12.2022
Hajmi87.5 Kb.
#1053090
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yangi davrda Osiyo mamlakatlarining rivojlanish xususiyatlari

Aholisi Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari aholisi uchun etnik xilma-xillik xos bo‘lsa-da, keyingi chorak asrdan ortiq vaqt mobaynida murakkab milliy-etnik muammolarning yechimida sezilarli yutuqlarga erishildi Tailand va Birmada eng yirik siam (tay) va birma (90% dan ortiq) xalqlari negizida millatlar shakllanmoqda, ularning tili davlat tilidir Fillippinda eng ko‘p “tekislik xalqlari”-tagal tili, Idoneziyada kichik xalqlar malayya tilida gaplashadi va ularga davlat tili maqomi berilgan Singapur g‘oyat ko‘p xalqlar (qo‘shni davlatlardan) to‘plangan hudud bo‘lib, xitoy tili va ingliz tillari rasmiy davlat tilidir Bu jarayon diniy xilma-xillik va animistik qarashlar bilan yanada ayqash-uyqash bo‘lib ketgan
Tabiiy o‘sish sur’atlari yuqori, .,6-3,7%ni tashkil qiladi Aholi juda notekis joylashgan, tog‘li hududlar, kichik orollardan . km. ga 3-5 kishidan to daryo vodiylari va deltalarida 500-600 kishi va undan ortadi Birma va Tailandda 70% aholi Iravadi va Mekong daryo vodiysi va deltalarida, Indoneziya (Yava oroli), Filippinda 80%ga yaqin aholi Mindanzo, Luson, Palavan, Negros, Sebu, Samar orollari va tekisliklarda joylashgan Ayni vaqtda ko‘pgina orollarda deyarli aholi yashamaydi
Qishloq aholisi ko‘pchilikni tashkil qiladi va qishloqlar joylashuviga ko‘ra bir-biridan deyarli farq qilmaydi Malayziyada ./5 qism aholi shaharlarda yashasa, Singapur (9/.0 qism aholi yashaydi) shahar-davlatdir Shahar aglomeratsiyasi rivojlangan Manila, Jakarta va Bangkok, Rangun va Singapur yirik millioner shaharlar qatoriga kiradi
XX asr oxirida mintaqa mamlakatlari “inson kapital” sohasida katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi Ta’lim, fan va madaniyatga davlat xarajatlarining .5-.0%i ajratilmoqda (Tayvan, Malayziya, Singapur, Indoneziya va Filippin) va YAIM 3-5% to‘g‘ri keladi Aholi ma’lumoti va intallektual salohiyati iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar darajasiga yaqinlashib bormoqda
Xo‘jaligi Mustamlaka davrida mintaqa iqtisodiyotining rivojlanishi agrar xom ashyo yo‘nalishida, ko‘p ukladli mayda tovar ishlab chiqarish va eksport ekinlari yetishtirish (yirik plantatsiya xo‘jaligi), qazib beruvchi sanoat rivojlangan bo‘lib, murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tarkibga ega edi
XX asrning 70-yillaridan boshlab mintaqa iqtisodiyoti mamlakatlarida muhim tarkibiy o‘zgarishlar yuz bergan YAIM tarkibida qishloq xo‘jaligi ulushining qisqarishi va bir vaqtning o‘zida zamonaviylashuvi, ishlov beruvchi sanoatning diversifikatsiyasi, yangi o‘ta zamonaviy tarmoqlarning yuzaga kelishi, imltalab va kapitaltalab ishlab chiqarishning doimiy va barqaror o‘sib borishi harakterli bo‘lib qoldi Jumladan, keyingi .5 yilda YAIM o‘rtacha o‘sish sur’atlari Indoneziyada 6-7%, Filippinda 885% va Singapurda 7-8%ni tashkil qildi
Iqtisodiyot sektorlari, bo‘limlari o‘rtasidagi o‘zgarishlar murakka yuksak texnologiya va yuqori malakali ishchi kuchi talab qiluvchi sektorlar hissasining ortishi hisobiga yuz bermoqda
XX asrning 70 – yillaridan boshlab esa mintaqa mamlakatlari (Indoneziyada “Yangi tartib”, Filippinda “Yangi jamiyat”, Malayziyada “Yangi iqtisodiy siyosat”) davlat dasturlari va rejalari, bandlik darajasini oshirish, aholi daromadlari o‘rtasidagi farqlarni kamaytirish, iqtisodiy siyosatdi aholi ishtirokini ta’minlashdan iborat sotsial yo‘nalish kuchaydi

Download 87.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling