Yangi davrda osiyo va afrika mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishi


Download 94 Kb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi94 Kb.
#1053089
1   2   3
Bog'liq
1-mavzu yangi davrda osiyo va afrika mamlakatlarining iqtisodiy

Xitoy

Rim imperiyasi

Aholi jon boshiga mahsulot

340-440 dollar (1980y baho)

300-400 dollar (1980y baho)

Donli ekin hosildorligi

8-10 s/gektar

6-8 s/gektar

Urbanizatsiya (5 ming aholidan ortiq shaharlar)

11 - 12 %

9 - 10%

Umr ko‘rish uzunligi

24 - 28 yil

22 - 26 yil










Eramizning birinchi ming yilligida bir qator voqealar sodir bo‘lgan, ularga misol qilib imperiyalarning halokati, xalqlarning ko‘chishlari, ommaviy epidemiyalar kabilarni ko‘rsatish mumkinki, ular o‘z navbatida bir qator hududlarda turg‘unlikni (Xitoy, Hindiston, G‘arbiy Yevropa) keltirib chiqargan bo‘lsa, ba’zi mintaqalarda (YAqin SHarq) aholi umumiy sonining kamayib ketishiga olib kelgan.


SHarq va G‘arb mamlakatlarida aholi sonining o‘sishi (mln kishi)1

Mamlakat, mintaqa

Milodning
1-yili

1000-yil

1800-yil

Xitoy

60-70

60-70

320-330

Hindiston

45-75

55-75

180-200

YAqin SHarq

38-42

28-32

28-34

G‘arbiy Yevropa

28-30

28-30

114-118

SHu bilan birga birinchi ming yillikda, ayniqsa uning so‘nggi uch asri davomida bir qator SHarq mamlakatlari, shu jumladan Xitoy, Hindiston va musulmonlar dunyosi ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyotida katta yutuqlarga erishdilar. Bu davrda texnik, texnologik, tashkiliy va madaniy yangiliklar keng yoyildi, ularning ko‘pchiligi Yevropada faqat 300-500-1000 yillardan keyin paydo bo‘ldiki, ularning bir qismi SHarq mamlakatlaridan o‘zlashtirib olingan edi.


Xitoyda Xan sulolasidan Sun sulolasi hukmronligi davrigacha o‘tgan 10 asrlik davr davomida (ilk Xan – mil.avv.202 y- mil.9 y; Sun sulolasi davri – 960 – 1279 yy) bu yerda g‘alla hosildorligi o‘sib, aholi boshiga hisoblaganda kamida 1,5 baravarga o‘sib, hosildorlik gektariga 8-10 sentnerdan 14-16 sentnerga etdi. Birinchi va ikkinchi ming yillik chegarasida bu ko‘rsatkich YAqin SHarq va SHimoliy Afrika, shuningdek Hindistonning markaziy rayonlarida taxminan gektariga 10-13 sentnerni tashkil qilib, bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha G‘arbiy Yevropadan kamida 4-5 marta yuqori turar edi.
Taxminiy baholashlarga ko‘ra Xitoyda aholi jon boshiga temir ishlab chiqarish 3 asr davomida 5-6 baravar o‘sib (806 y – 0,2 -0,3 kg, 998 y – 0,5 – 0,6 kg, 1064 y – 1,2 -1,4 kg), X1 asr oxirlariga kelib (1078 y) 1,3-1,5 kg ni tashkil qilardi. Bu ko‘rsatkich Yevropaning (Rossiyasiz) XVI asr – XVII asr birinchi yarmidagi o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan ( 1500 y – 1,2-1,3 kg, 1530 y – 1,3 – 1,5 kg, 1700 y – 1,6 -2,0 kg, 1750 y – 2,1 -2,4 kg) kam emas edi.
Tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Xitoyda milliy mahsulotning aholi jon boshiga o‘sishi 750-800/1050-1100 yillar davomida taxminan 1,6 – 2,0 baravar o‘sgan, yoki yiliga o‘rtacha 0,15 – 0,25 % ni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich butun bir g‘arbiy Yevropa mintaqasi ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lib, lekin G‘arbiy Yevropaning eng rivojlangan mamlakatlari bo‘lgan Gollandiya va Angliyaning XVI –XVIII asrdagi ko‘rsatkichlariga mos keladi.
Tadqiqotchilarning taxminiy baholashlariga ko‘ra g‘alla ekinlari yetishtirish, temir ishlab chiqarish va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha X1 asrda aholi jon boshiga yalpi milliy mahsulot hajmi 1980 yil baholari bo‘yicha Xitoyda 600-700 dollar, Hindistonda 550-650 dollar, YAqin SHarqda (Misr) 470-530 dollarni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkichlarni Yevropa davlatlari ko‘rsatkichlari bilan qiyoslagan holda shuni aytish mumkinki, ikkinchi ming yillik boshida SHarq mamlakatlarining rivojlanish ko‘rsatkichlari G‘arbiy Yevropaga nisbatan 2 baravar yuqori bo‘lgan.
Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohadagi quyidagi ko‘rsatkichlar ham SHarq bilan G‘arb o‘rtasidagi farqlarni yaqqol ko‘rsatadi. Ikkinchi ming yillik boshida Xitoyda aholisi 2 ming kishidan ortiq bo‘lgan shaharlarda aholining deyarli 20 % i yashagan (5 ming kishidan kam bo‘lmagan shaharlarda 10-14 % aholi yashagan), musulmon dunyosida shaharlarda 15-20 % aholi yashagan (“5 ming kishidan kam bo‘lmagan shaharlarda” 10-13 % aholi), G‘arbiy Yevropada bu ko‘rsatkich 11-13 % dan oshmagan ((“5 ming kishidan kam bo‘lmagan shaharlarda – 8-9 % aholi yashagan).
Ikkinchi ming yillik boshida aholi savodxonligi bo‘yicha Xitoyda aholisining 20-30 % i, Hindiston aholisining 10-15 % i, Misr va Suriya aholisining 8-12 % i savodxon bo‘lgan. G‘arbiy Yevropada esa savodxon aholi umumiy aholining 2-3 foizini tashkil qilgan. Bularning hammasi SHarqning ming yillar davomida to‘plagan madaniy, ishlab chiqarish, va ilm fan sohasidagi yutuqlari bilan G‘arbdan ancha yuqorida turishini ko‘rsatadi.
SHu bilan birga yana bir muhim kshrsatkich – aholining o‘rtacha umri bo‘yicha SHarq G‘arbiy Yevropadan biroz orqada qolgan – SHarqda o‘rtacha umr ko‘rish 23-27 yil, G‘arbiy Yevropada 26-30 yil bo‘lgan. SHarqda tez-tez sodir bo‘lib turadigan tabiiy ofatlar, shu jumladan toshqinlar, qurg‘oqchilik, zilzilalar, epidemik (yuqumli) kasalliklar bunga ta’sir ko‘rsatgan.
SHunday yuqori taraqqiyot ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan SHarq mamlakatlari qachon, nima uchun orqada qola boshladi degan savol tug‘iladi. Bunga umumiy holda quyidagicha javob berish mumkin.
SHarq mamlakatlarida aholi soni tez o‘sib bordi. Masalan, Xitoyda 1000-1800 yillar davomida aholi deyarli 5 baravar o‘sdi. Lekin ishlab chiqarish imkoniyatlari o‘sishi yuqori bo‘lmadi.
X11-X1X asrlarda SHarq mamlakatlarida takror ishlab chiqarish jarayonlarida yuqori darajadagi beqarorlik yuz berdi (aholi sonining keskin qisqarishi, ishlab chiqarish darajasidagi pasayishlar, tabiiy resurslar hajmining qisqarishi). Mo‘‘tadil iqlim sharoitlarida joylashgan Yevropa mamlakatlaridan farq qilgan holda, sharq xalqlari va mamlakatlari tez-tez tabiat injiqliklari bilan duch kelishar, ko‘plab ekologik va ijtimoiy halokatlarni boshdan kechirar edilar. Qurg‘oqchilik, toshqinlar, zilzilalar, tayfunlar, sunami, shuningdek ko‘chmanchilarning vayron qiluvchi bosqinlari SHarqdagi ishlab chiqaruvchi kuchlarni davriy ravishda izdan chiqarib turardi.
Ommaviy ravishda yuz beradigan epidemiyalar SHarq mamlakatlarida o‘z miqyosi bo‘yicha G‘arbiy Yevropa davlatlariga qaraganda dahshatli tus olib, yuz minglab odamlarni hayotdan olib ketardi. Ayniqsa tropik va subtropik iqlimda joylashgan mamlakatlar aholisi bunday kasalliklardan juda ko‘p aziyat chekardi. Sog‘lig‘ining izdan chiqishi, jazirama issiq va to‘yib ovqat emaslik natijasida Janubiy, Janubi-SHarqiy Osiyo va SHimoliy Afrikada ishlab chiqarish sur’atlari 1,5-2 baravar kamayib ketdi.
Ikkinchi ming yillik boshiga kelib G‘arbiy Yevropa o‘zining asosiy hudularini mustahkamlab olib, chekka hududlarni o‘zlashtirishga kirishgan bir vaqtda SHarqning etakchi mamlakatlari o‘sha davrdagi harbiy texnika va texnologiyalari bilan ularning taziyqiga qarshi turishi qiyin bo‘lib qolgan edi.
Ko‘chmanchilarning vayronalik keltiruvchi urushlari oqibatlarini hozir ham tasavvurga sig‘dirish qiyin. Masalan, mo‘g‘ullar XIII asrda, manjurlar XVII asrda Xitoy ustidan o‘z hukmronliklarini o‘rnatish jarayonida Xitoy aholisining mos ravishda 1/3 va 1/6 aholisini qirib tashladilar. SHarq mamlakatlaridagi samarali lekin nozik ishlab chiqarish kuchlarini vayron qilish, jumladan, sug‘orish inshootlarini vayron qilinishi gullab-yashnab turgan hudularni sahroga yoki botqoqlikka aylantirar edi. Urush natijasida kelib chiqqan ochlik va kasalliklar halokatni yanada kuchaytirardi. Aholining malakali qismini asirlikka olinib, olib ketilishi aholi sonini kamayishiga, vayron qilingan xo‘jalikni qayta tiklanishini yanada qiyinlashtirardi.
YUqorida aytib o‘tilgan tabiiy va harbiy-siyosiy omillar SHarq mamlakatlaridagi ijtimoiy tuzumlar va ishlab chiqaruvchi kuchlar evolyusiyasiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Qudratli tabiat kuchlarini jamoa bo‘lib bo‘ysundirish va ichki hamda tashqi dushmanga qarshi turish uchun hamda ortiqcha mahsulotning ma’lum bir qismiga egalik qilish uchun, hali bozor munosabatlari tashkil topishidan ancha oldin SHarqda Osiyo va SHimoliy Afrikada davlatlar tashkil topdi. Bu davlatlar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularni ko‘pincha
Download 94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling