“yangi hayot uchun, yangi o‘zbekiston uchun!”
“YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN!”
Download 71.35 Kb. Pdf ko'rish
|
MUSTAQILLIK BAYRAMI SSENARIYSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2023-yil tarix zarvaraqlariga alohida
- 2023- yil 9- iyul
“YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN!”
IMTI 2023 yil 27 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori e’lon qilindi. Mazkur qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramini “YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy- ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘zida aks ettirgan alohida Dastur asosida o‘tkazilishi belgilandi. Darhaqiqat, mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligini katta tantana sifatida nishonlandi. Shuningdek, 2023-yil tarix zarvaraqlariga alohida qayt etiladigan yil bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil 30-aprelda o‘tkazilgan umumxalq referendumi asosida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni 2023-yil 1- maydan e’tiboran kuchga kirdi hamda mana shu qabul qilingan Qonun asosida 2023- yil 9- iyul kuni muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkazildi. Bugun mamlakatimiz yangi davr ostonasida turibdi. Ya’ni, o‘ttiz ikki yildan ziyod vaqt mobaynida mustaqil O‘zbekiston davlatimizning huquqiy asosini ta’minlab kelgan, bugungi farovon hayotimiz uchun mustahkam omil bo‘lgan Konstitutsiyamizni yangi davr ruhiga monand yangi tahrirda qabul qildik. Yangilanayotgan O‘zbekistonda o‘tgan davr mobaynida ta’lim-tarbiya sohasini tubdan isloh etish maqsadida bir qator islohatlar amalga oshirilib kelinmoqda. Farzandlarimizning har tomonlama barkamol shaxs etib tarbiyalashda sifatli ta’lim- tarbiyaning o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, o‘tgan qisqa davr mobaynida maktabgacha va maktab ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi. “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” degan shior asosida maktab ta’limini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylandi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling